Oʻzbekistonda islom moliyasi joriy etilsa, sogʻlom iqtisodiyotga yoʻl ochiladi
Oʻzbekiston “Islomiy bank tizimini joriy etish: Barqaror moliyaviy tizim sari yuksalish” mavzusida XX Xalqaro islomiy moliya olimlari forumiga mezbonlik qildi.
Iqtisodiyot
19.09.2025, 14:28
Ulashish:

Forum ikki kunlik muhokamalari davomida islom moliyasi sohasidagi nufuzli olimlar va mutaxassislarni Toshkentda jamladi.
Forumning asosiy mavzusi islomiy moliyani rivojlantirish, ilgʻor amaliyotlarni moliya tizimiga joriy etish, olimlar, regulyatorlar, standartlarni belgilovchi tashkilotlar va soha mutaxassislari oʻrtasida hamkorlikni mustahkamlash hamda islomiy huquqqa oid masalalar yuzasidan fikr almashish maydonini yaratishga qaratildi.
Forum doirasida islomiy bank tizimiga oʻtish jarayoni, bank konversiyasida korporativ boshqaruv, moliyaviy mahsulotlar, huquqiy va meʼyoriy qiyinchiliklar, amaliyotdagi muammolar va ularning yechimlari masalalari muhokama qilindi.
Forumning ikkinchi kunida Xalqaro musulmon ulamolari ittifoqi prezidenti Shayx Ali Muhyiddin Qoradogʻiy maʼruza qildi. U islom bankchiligining barqaror moliya va global iqtisodiyotdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Shuningdek, maʼruzalarda anʼanaviy mahsulotlarni islomiy alternativi bilan almashtirish jarayonida qonunchilik uygʻunligi va global standartlarga moslashish zarurligi qayd etildi. Maʼruzalardan soʻng yangi shartnomalarga oʻtish, man qilingan elementlarni bartaraf etish va xalqaro tajribalarni integratsiya qilish yoʻllari muhokama etildi.
Zakot, vaqf va sadaqa kabi ijtimoiy vositalarni bank mahsulotlari bilan uygʻunlashtirish orqali moliyaviy inklyuziyani kuchaytirish va jamoatchilikni qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlari koʻrsatildi.
– Islom moliyasi aholining turli qatlamlari moliyaviy ehtiyojlarini qondirish va mavjud moliyaviy tizim yukini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega, – deydi xalqaro ekspert Madzlan Hussayn. – Islom moliyasi aktivlar va xizmatlarga asoslangan boʻlib, ichki va tashqi bozordagi moliyaviy resurslarni davlat va jamiyat manfaati yoʻlida samarali yoʻnaltirish imkonini beradi. Soʻnggi yillarda islom moliyasiga boʻlgan talab ortmoqda. Shu oʻrinda ayta olaman, Oʻzbekiston islom moliyasini rivojlantirish potensiali yuqori. Oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, aholining maʼlum qismi anʼanaviy bank xizmatlaridan diniy eʼtiqod nuqtai nazaridan foydalanmaydi. Bu, oʻz navbatida aholi qoʻlidagi boʻsh pul mablagʻlari, jamgʻarmalarining iqtisodiyotda faol harakatsiz, qoʻshilgan qiymat yaratmasdan turganini bildiradi. Islom moliyasi bu mablagʻlarning aktiv harakatini taʼminlash evaziga faol iqtisodiy investitsiyalarning paydo boʻlishiga xizmat qiladi.
Forum yakunida rezolyutsiya eʼlon qilindi. Forum Oʻzbekiston uchun inson kapitalini rivojlantirish, huquqiy asoslarni takomillashtirish va islomiy bankchilikni joriy etishda muhim bosqich boʻldi.
Iqtisodiyot
19.09.2025, 14:28
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27
So'nggi yangiliklar

Rossiyada ishlab chiqarilgan samolyot Hindistonda falokatga uchradi
Jahon
13.06.2026, 13:47

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Ukraina Rossiyaga qarshi urush uchun 20 mlrd dollar so‘ramoqchi
Jahon
13.06.2026, 09:46

Kongo terma jamoasi Ebola karantinidan so‘ng AQShga yetib keldi
Sport
12.06.2026, 14:57

Qozog‘istonda milliy valyuta (Тенге) nomi o‘zgarmoqda
Jahon
12.06.2026, 13:29

Yevropa Ittifoqi migratsiya masalasida Tolibon bilan muzokara o‘tkazmoqchi
Jahon
12.06.2026, 11:37

Jeffri Epshteyn menga shantaj qilgan — Bill Geyts
Jahon
11.06.2026, 16:29

“Biz hukumatlar qarorini bekor qiloladigan qirol emasmiz” – Infantino
Sport
11.06.2026, 14:44

Shri-Lanka davlat tadbirlarida bir martalik plastik idishlardan foydalanishni taqiqladi
Jahon
11.06.2026, 12:11

Shvetsiya va O‘zbekiston migratsiya sohasida bitim imzoladi
Oʻzbekiston
11.06.2026, 10:11

Ozarbayjon muxolifat yetakchisi Ali Karimli “davlat to‘ntarishiga urinish”da ayblanmoqda
Jahon
10.06.2026, 17:42

Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron, avans - bo‘nak: yuridik atama va tushunchalar o‘zgartirilmoqda
Oʻzbekiston
10.06.2026, 15:26

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi
Fan-texnologiya
10.06.2026, 11:35

Yana Pokiston Afg‘onistonga halokatli zarbalar berdi. Qurbonlar bor
Jahon
10.06.2026, 10:07

“Shippaklar mamlakati” – isroillik vazir Italiyani haqorat qildi
Jahon
09.06.2026, 17:36

Shifokorlar sun’iy intellekt yordamida yiliga 132 soat vaqt tejamoqda – tadqiqot
Fan-texnologiya
09.06.2026, 16:34

Latviya osmonida Rossiya droni urib tushirildi
Jahon
09.06.2026, 15:23

“Soliq Mobile” orqali 3,2 mlrd so‘m keshbek talon-toroj qilindi
Oʻzbekiston
09.06.2026, 12:21

Bukmekerlikni reklama qilish qonunchilikka zid – Raqobat qo‘mitasi ogohlantirdi
Oʻzbekiston
09.06.2026, 11:54

“Zudlik bilan to‘xtang“ – Tramp Eron va Isroildan o‘t ochmaslikni so‘ramoqda
Jahon
08.06.2026, 17:33
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27

