Xorijiy tajribalardan kelib chiqib, ilk bor uncha ahamiyatli boʻlmagan huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarga jarima emas, balki «ogʻzaki ogohlantirish» chorasi qoʻllaniladi. Bu yondashuv fuqarolarga oʻz xatti-harakatlarining oqibatini anglatish va qonunbuzarlikni takrorlamaslikka undash maqsadida joriy etilmoqda.