Oʻzbekistonda jurnalistlarni himoya qiladigan qonun bor, ammo tazyiq va bosimlar, jurnalistik faoliyatga aralashgan holatlarga nisbatan yetarlicha jazo chorasi yoʻq. Prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalist haq boʻlsa uni fikrini maʼqullash kerakligi, mediada "Milliy kontent" yaratish haqida gapirgan edi. Ammo senzura va bosim ostidagi jurnalistika milliy kontent yarata oladimi?