Oʻzbekiston soʻz erkinligi reytingida yana 11 pogʻona pastladi
Oʻzbekistonda jurnalistlarni himoya qiladigan qonun bor, ammo tazyiq va bosimlar, jurnalistik faoliyatga aralashgan holatlarga nisbatan yetarlicha jazo chorasi yoʻq. Prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalist haq boʻlsa uni fikrini maʼqullash kerakligi, mediada "Milliy kontent" yaratish haqida gapirgan edi. Ammo senzura va bosim ostidagi jurnalistika milliy kontent yarata oladimi?
Oʻzbekiston
03.05.2024, 12:48
Ulashish:

"Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotining 2024-yil jahon matbuot erkinligi indeksida Oʻzbekiston 37,27 ball bilan (100dan) 180 davlat ichidan 148-oʻrinni egalladi. Mamlakatda matbuot erkinligi bilan bogʻliq vaziyat "juda jiddiy" deb baholangan. Maʼlumot uchun, oʻtgan yili bu reytingda Oʻzbekiston 45,37 ball bilan 137-oʻrinni egallagan edi. Bir yil ichida matbuot erkinligi indeksida bu koʻrsatgich 11 pogʻonaga pasaygan.

Tashkilotning taʼkidlashicha, sobiq prezident Islom Karimovning 2016 yilda vafotidan soʻng OAV uchun sharoitlar deyarli yaxshilanmadi va hokimiyatdagilarni tanqid qilish murakkabligicha qolgan. Oʻzbekistonda xususiy televideniye tarmogʻi yoʻq. Davlat radiosi rasmiy targʻibotni olib boradi, xususiy radiostansiyalar yopilishdan qoʻrqib, har qanday tanqiddan oʻzini tutadi, yozma matbuot esa davlat manfaatlariga xizmat qiladi. Baʼzilari xorijda joylashgan 15 ga yaqin onlayn OAV sifatli kontentni nashr etadi. Ular orasida Ozodlik radiosi, Amerikaning Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining oʻzbek tilidagi xizmati mamlakatda bloklangan.
Rasmiylar ommaviy axborot vositalariga qarshi repressiv qonunlarni tugatish uchun zarur boʻlgan islohotlarni hali amalga oshirmagan. Senzura hali ham kuchli. Oʻz mustaqilligini saqlab qolish uchun ayrim mahalliy internet nashrlari jarimaga tortilish xavfi ostida OAV sifatida rasman roʻyxatdan oʻtishni istamaydi. Tovlamachilik va soxta ayblovlar sabab baʼzi blogerlar faoliyatini yakunladi va qamoqqa olindi. Qamoqqa olingan oxirgi jurnalistlarning baʼzilari ozod qilingan, ammo reabilitatsiya qilinmagan.
Oʻzbekiston
03.05.2024, 12:48
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Ramazon saxovati: arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etiladi
Madaniy
13.02.2026, 17:31

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09
So‘nggi yangiliklar

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi
Jahon
14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
Jahon
13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi
Oʻzbekiston
13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 16:56
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Ramazon saxovati: arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etiladi
Madaniy
13.02.2026, 17:31

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

