Xitoyning sunʼiy intellekt dasturlari senzura bosimi ostidami?
Xitoyning sunʼiy intellekt (SI) chat-botlari koʻpincha siyosiy savollarga javob berishdan bosh tortadi yoki rasmiy davlat pozitsiyasini takrorlaydi.
Fan-texnologiya
22.02.2026, 09:08
Ulashish:

Bu holat senzura mavjudligidan dalolat berishi mumkin.
PNAS Nexus jurnalida eʼlon qilingan tadqiqotda Xitoyning BaiChuan, DeepSeek va ChatGLM kabi yetakchi chat-botlarining davlat siyosatiga oid 100 dan ortiq savolga bergan javoblari boshqa mamlakatlar ishlab chiqqan modellar bilan taqqoslangan.
Tadqiqotchilarga koʻra, chat-botning javob berishdan bosh tortishi yoki notoʻgʻri axborot taqdim etishi senzuradan darak beradi. Masalan, Tayvan maqomi, etnik ozchiliklar yoki taniqli demokratik faollar haqidagi savollarga Xitoy modellari yo javob berishdan qochgan, yoki hukumatning rasmiy pozitsiyasini takrorlagan.
Bunday holatlarda javoblar qisqaroq, baʼzan xatolar bilan berilgan, ayrim asosiy maʼlumotlar esa chiqarib tashlangan yoki savolning oʻzi shubha ostiga olingan.
Tadqiqot mualliflari Xitoy yaratgan katta til modellariga (LLM) qoʻllanadigan senzura foydalanuvchilarning axborot olishi va senzurani anglashiga qanday taʼsir koʻrsatishini oʻrganish muhimligini taʼkidlagan. Shuningdek, Xitoy AQShdan tashqari sunʼiy intellekt sohasida yetakchi dasturlar yarata olayotgan kam sonli davlatlardan biri ekani qayd etilgan.
Tahlillarga koʻra, BaiChuan va ChatGLM modellarida noaniqlik darajasi 8 foizni tashkil etgan. DeepSeek modelida esa bu koʻrsatkich 22 foizga yetgan boʻlib, boshqa davlatlar modellari uchun qabul qilingan 10 foizlik chegaradan ancha yuqori.
Masalan, internet senzurasi haqidagi savolga javobda “Buyuk Xitoy xavfsizlik devori” (Great Firewall) tizimi tilga olinmagan. Ushbu tizim Xitoyda internet kontentini davlat nazorati va filtratsiyasi orqali cheklash mexanizmi sifatida taʼriflanadi. Masalan, uning doirasida Google, Facebook va Yahoo kabi qator xorijiy saytlar bloklangan.
Tadqiqotchilarning fikricha, bunday senzurani aniqlash qiyin, chunki chat-botlar koʻpincha uzr soʻrash yoki umumiy izoh berish orqali toʻgʻridan-toʻgʻri javobdan qochadi.
2023 yilda Xitoyda sunʼiy intellektga oid yangi qonunlar kuchga kirdi. Unga koʻra, SI bilan ishlovchi kompaniyalar “asosiy sotsialistik qadriyatlar”ga rioya qilishi, milliy suverenitetga putur yetkazuvchi yoki davlat tuzumini agʻdarishga chaqiruvchi kontent yaratmasligi shart. Ijtimoiy taʼsir koʻrsatish imkoniga ega platformalar xavfsizlik tekshiruvidan oʻtishi va algoritmlari haqidagi maʼlumotlarni davlat organlariga taqdim etishi lozim.
Ayni paytda, tadqiqotchilar farqlar faqat davlat bosimi bilan izohlanmasligini ham qayd etadi. Chunki Xitoy modellari mamlakatning madaniy, ijtimoiy va lingvistik xususiyatlarini aks ettiruvchi maʼlumotlar bazasi asosida yaratilishi mumkin.
Boshqa davlatlarda ishlab chiqilgan SI dasturlari esa bunday maʼlumotlardan foydalanmasligi mumkin.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Fan-texnologiya
22.02.2026, 09:08
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Xitoy «odamsimon» sunʼiy intellekt uchun qatʼiy qoidalar joriy qilmoqda
Jahon
05.02.2026, 12:27

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi
Jahon
11.03.2026, 14:17

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda
Jahon
04.03.2026, 13:11

SI strategiyasi: urush vaziyatida sunʼiy intellekt 95 % hollarda yadro qurolidan foydalanishi mumkin
Fan-texnologiya
28.02.2026, 13:12
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41
So'nggi yangiliklar

Nemis “gepard”lari Ukrainada ishonchni oqladi
Jahon
17.04.2026, 15:49

Rossiya 200 nafar tojikistonlik mahkumani vataniga qaytaradi
Jahon
17.04.2026, 12:19

9 viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
Oʻzbekiston
17.04.2026, 11:12

Isroil Livanga yana zarbalar berdi
Jahon
17.04.2026, 10:29

Qamchibek Tashiyev yana bir lavozimni tark etdi
Jahon
16.04.2026, 17:27

Buxoroda “Leapmotor” avtomobillari ishlab chiqariladi
Oʻzbekiston
16.04.2026, 16:23

Eronga muzlatilgan 100 milliard dollarlik aktivlari zarur
Jahon
16.04.2026, 14:58

BBC 2000 tagacha ish o‘rnini qisqartiradi
Jahon
16.04.2026, 10:14

“Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi noqonuniy bannerlar olib tashlandi
Oʻzbekiston
15.04.2026, 17:16

“Ular iqtisodiyotimizni yuksaltiradi” — Ispaniya immigratsiya siyosatini yumshatmoqda
Jahon
15.04.2026, 16:29

Markaziy Osiyo davlatlari YaIMining 130 foizini iqlim xavflari tufayli yo‘qotishi mumkin
Iqtisodiyot
15.04.2026, 11:46

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring
Oʻzbekiston
14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida
Iqtisodiyot
14.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi
Jahon
13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi
Fan-texnologiya
11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda
Madaniy
11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti
Siyosat
11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz
Jahon
10.04.2026, 12:32
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41
