updated: 22.03.2026, 11:56

2025 yilning eng yaxshi fotosuratlari eʼlon qilindi

National Geographic jurnali 2025 yil uchun sayyoramizning turli burchaklarida olingan eng yaxshi yovvoyi tabiat fotosuratlaridan iborat anʼanaviy yillik toʻplamini taqdim etdi.

Ulashish:

2025 yilning eng yaxshi fotosuratlari eʼlon qilindi

Nashr maʼlum qilishicha, tanlab olingan har bir surat tabiatning betakror goʻzalligi, uning nozik ekotizimi va inson oldida turgan masʼuliyatni aks ettiradi.

«Har bir surat tabiatning goʻzalligi va uning nozik tuzilishini namoyon etadi. Ularni birgalikda tomosha qilar ekanmiz, yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan flora va fauna boyliklarini asrash naqadar muhim ekanini yana bir bor his qilamiz», — dedi National Geographic bosh muharriri Natan Lamp.

Toʻplamdan joy olgan suratlar orasida Braziliyaning Rio-Dose milliy bogʻida olingan yaguar tasviri alohida eʼtiborga loyiq. Ushbu suratni havaskor fotograf Fernando Fasiole mukammal kadrga olgan. National Geographic maʼlumotlariga koʻra, bu turga mansub yovvoyi mushuksimonlar Braziliyada oʻntadan kam qolgan.

Shuningdek, fotograf Brayan Skari AQShning Men shtati qirgʻoqlarida uch metrga yaqin oq akulani suratga olishga muvaffaq boʻlgan. Mutaxassislar bu hududda akula va boshqa dengiz hayvonlari sonining koʻpayishini 1972 yilda qabul qilingan «Dengiz sutemizuvchilarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonun bilan bogʻlamoqda.

Kaliforniya shtati, Devis shahrida fotograf Karin Ayger gul ustida dam olayotgandek koʻringan asalarini tasvirga olgan. Surat oʻzining soddaligi va tabiiyligi bilan ajralib turadi.

Yana bir diqqatga sazovor fotosurat Janubiy Sudanda millionlab antipolalarning mavsumiy koʻchishini aks ettiradi. Afrika milliy bogʻlari va Juba universiteti tadqiqotlariga koʻra, bu dunyodagi eng yirik quruqlik migratsiyasi hisoblanadi. Ushbu manzarani fotograf Markus Vestberg suratga olgan.

Fotograf Stiven Uilks esa 18–36 soat davomida olingan yuzlab kadrlarni birlashtirib, Botsvanadagi suv havzasining betakror badiiy tasvirini yaratgan. Uning Day to Night («Tongdan tungacha») texnikasidagi yana bir asari Kanadadagi Malaspina boʻgʻozida dengiz sherlarini tasvirlaydi. Ilgari yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan ushbu tur himoya choralari natijasida asta-sekin tiklanmoqda.

National Geographic oʻquvchilar eʼtiboriga ushbu toʻplamdan yana bir qator betakror fotosuratlarni havola etgan.

Madaniy

15.12.2025, 10:06

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45