Angrendagi YTHda halok boʻlgan soni 13 kishini tashkil etmoqda

Mudhish YTH oqibatida yana 6 kishi vafot etgan. IIVning soʻnggi maʼlumotida 8 ta avtomobil ishtirok etgan YTHda 7 kishi voqea joyida halok boʻlgani, 9 kishi jarohatlangani va shundan 5 nafari tibbiyot muassasalariga yotqizilgani maʼlum qilingandi.

Ulashish:

7 sentabr kuni Angrenda sodir boʻlgan YTH yuzasidan Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning farmoyishi qabul qilindi. Biroq farmoyish e-qaror.gov.uz platformasida shaxsga doir maʼlumotlar borligi vaji bilan yopib qoʻyilgan.

Daryo.uz nashri xabar qilishicha, hokim farmoyishida YTH oqibatida 11 kishi halok boʻlgani keltirilgan. Unga koʻra, 9 sentabrda imzolangan farmoyishda 6 kishi turli darajada tan jarohatlari olib shifoxonaga joylashtirilgani qayd etilgan.

Shuningdek, hujjatda viloyat hokimi oʻrinbosarlari va tegishli tashkilotlar YTH oqibatida vafot etganlarning shaxsiga aniqlik kiritishi, ularning oila aʼzolariga hamda jabrlanganlarga tibbiy, moddiy, psixologik va boshqa yordamlar koʻrsatishi belgilangan. Halok boʻlganlarning dafn marosimlari bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi qayd etilgan. Jarohat olganlarga Angren shahar tibbiyot birlashmasida zarur tibbiy yordam koʻrsatilayotgani bildirilgan.

Kun.uz’ning ichki ishlar organlaridagi manbasiga koʻra esa bugunga kelib ushbu YTH oqibatida vafot etganlar soni 13 kishiga yetgan.

Eslatib oʻtamiz, 7 sentabr kuni soat 12:20 atrofida Qamchiq dovonidan Angren shahriga kirib kelish joyida dahshatli avariya roʻy bergandi: sement tashuvchi Shacman rusumli yuk avtotransporti boshqaruvni yoʻqotib, harakat yoʻnalishidagi temiryoʻl kesishmasida toʻxtab turgan ikkita yuk avtomashinasi hamda beshta yengil avtotransport vositalari bilan toʻqnashib, yoʻl transport hodisasini sodir etgan. IIV hodisa oqibatida 7 nafar fuqaro voqea joyida vafot etganini, turli tan jarohatlari olgan 5 nafar fuqaro tibbiyot muassasalariga yotqizilganini hamda 4 nafar fuqaroga tibbiy yordam koʻrsatilib, uylariga javob berilganini maʼlum qilgandi.

Oʻzbekiston

10.09.2025, 12:47

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Angrenda fojia: daydi itlar 8 yoshli bolaga hujum qildi

Angren shahrida daydi itlar hujumi oqibatida maktabdan qaytayotgan 8 yoshli bola halok boʻldi.

Oʻzbekiston

07.03.2026, 10:27

Yoʻl-transport hodisalari: dunyo va Oʻzbekistondagi vaziyat

JSST maʼlumotiga koʻra, har yili dunyoda 1,1 milliondan ortiq odam YTHda halok boʻladi, qariyb 30 million kishi jarohat oladi.

Oʻzbekiston

06.03.2026, 09:24

Toshkentda Leapmotor bilan toʻqnashgan Lacetti ikkiga boʻlindi

Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati yoʻl-transport hodisasi yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Oʻzbekiston

16.02.2026, 08:44

Toshkentda BYD va Li 9 ishtirokidagi YTH boʻyicha sud qarori bekor qilindi

Apellyatsiya sudi ishni qayta koʻrib, materiallar qoʻshimcha tekshiruv uchun tegishli organga yuborildi. Sudga koʻra, ayrim holatlar yetarlicha toʻliq oʻrganilmagan.

Oʻzbekiston

14.02.2026, 14:19

Jizzaxda yuk mashinasiga urilgan Lacetti yonib ketdi. 5 kishi halok boʻldi

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, 21 noyabr kuni soat taxminan 23:50 da Sharof Rashidov tumani hududidan oʻtuvchi M-39 Toshkent—Termiz avtomobil yoʻlining 989-kilometrida ogʻir yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.

Oʻzbekiston

22.11.2025, 16:40

Angrenda zoʻravonlikka uchragan 15 yoshli qizning ahvoli haqida xabar berildi

2025 yil iyul oyida Angrenda toʻrt nafar yigit tomonidan voyaga yetmagan qizga nisbatan zoʻravonlik sodir etilgan edi. Qiz maxsus maktabda taʼlim olgan va buvisi bilan yashagan. Onasi uning hayotida ishtirok etmagan, otasi esa boʻlmagan. Taʼkidlanishicha, qiz 2024 yil avgust–oktabr oylarida bir necha bor zoʻravonlikka duch kelgan. Gumonlanuvchilardan biri voyaga yetmagan oʻsmir boʻlgan. 

Oʻzbekiston

19.11.2025, 13:27

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45