AQSh prezidenti raisligida “Tinchlik kengashi” tashkil etildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Gʻazo boʻyicha “Tinchlik kengashi” nizomini imzoladi va uning raisiga aylandi. Yangi tuzilma xalqaro tashkilot sifatida faoliyatini boshladi.
Jahon
22.01.2026, 16:25
Ulashish:

AQSh prezidenti Donald Tramp rasman Gʻazo boʻyicha “Tinchlik kengashi” nizomini imzoladi va uning raisiga aylandi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levittning maʼlum qilishicha, nizom rasman kuchga kirgan va “Tinchlik kengashi” xalqaro tashkilot sifatida faoliyatini boshlagan.
Nizomni imzolash marosimida 19 ta davlat vakillari ishtirok etdi. Ular orasida AQSh, Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston prezidentlari, shuningdek, Pokiston, Indoneziya va Vengriya yetakchilari bor. Shu bilan birga, kengashga qoʻshilishga rozilik bildirgan ayrim davlat rahbarlari, jumladan, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko marosimda qatnashmadi.
Imzolash marosimida soʻzga chiqqan Donald Tramp butun dunyoda tinchlikka erishish maqsad qilinganini taʼkidladi.
“Biz butun dunyoda tinchlikka erishamiz va bu barchamiz uchun tarixga qoʻshilgan ulkan hissa boʻladi. Bu zaldagi har bir inson — yulduz. Aks holda, siz bu yerda boʻlmas edingiz”, — dedi AQSh prezidenti.
Tramp “Tinchlik kengashi” BMT bilan hamkorlikda ishlashini maʼlum qildi. Shuningdek, u Ukrainadagi mojaroni hal etishda sezilarli siljish borligini, Gʻazo sektoridagi mojaro yakuniga yaqinlashayotganini, Eron esa muzokaralarga tayyor ekanini aytdi. AQSh ham bunday muloqotga ochiq ekani bildirildi.
Maʼlum qilinishicha, kengashga doimiy aʼzo boʻlishni istagan davlatlar 1 milliard dollar miqdorida badal toʻlashi lozim. AQSh maʼmuriyati ushbu mablagʻlar Gʻazo hududini tiklashga yoʻnaltirilishini vaʼda qilmoqda.
Kengash nizomiga muvofiq, aʼzo davlatlar yetakchilari yilda bir marta AQSh prezidenti raisligida yigʻiladi. Kengash raisi — yaʼni AQSh prezidenti — tashkilotni boshqarishda keng vakolatlarga ega. U har qanday qarorga veto qoʻyishi, shuningdek, kengashga kim aʼzo boʻlishi yoki aʼzolikdan chetlatilishini yakka tartibda belgilashi mumkin.
Jahon
22.01.2026, 16:25
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

“Oʻzbekiston Gʻazoda maktab va shifoxonalar qurishga tayyor” — Mirziyoyev
Oʻzbekiston
20.02.2026, 08:09

Gʻazo uchun qaysi davlat qanday yordam beradi?
Jahon
21.02.2026, 07:37

Oʻzbekiston – AQSh: ikki tomonlama bitimlar toʻplami imzolandi
Siyosat
19.02.2026, 13:57

Yaqin Sharqda yangi harbiy keskinlik: AQSh floti Fors koʻrfazi tomon yoʻl oldi
Jahon
26.01.2026, 11:35

Oʻzbekiston nima sababdan «Tinchlik kengashi»ga qoʻshildi?
Oʻzbekiston
24.01.2026, 15:33

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Ibrohim kelishuvlariga qoʻshilishi mumkin – Reuters
Siyosat
08.11.2025, 15:19
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
