Ar-Riyodda Jahon iqtisodiy forumining maxsus sessiyasi boʻlib oʻtdi

Jahon Iqtisodiy Forumining (WEF) Global hamkorlik, oʻsish va rivojlanish uchun energiya boʻyicha maxsus yigʻilishi Saudiya Arabistoni poytaxti  Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtdi va unda koʻplab davlat raxbarlari hamda 1000 dan ortiq jahon investorlari ishtirok etdi.

Ulashish:

28 aprel, Ar-Riyod. Jahon iqtisodiy forumining maxsus sessiyasi /foto: Sinxua/

28 aprel, Ar-Riyod. Jahon iqtisodiy forumining maxsus sessiyasi /foto: Sinxua/

“Bugun biz dunyo koʻplab oʻzgarishlarga duch kelayotgan, iqtisodiyotlarimiz, jamiyatlarimiz va tarmoqlarimiz misli koʻrilmagan muammolar va ulkan imkoniyatlarga duch kelayotgan bir paytda yigʻilyapmiz”, - dedi Saudiya Arabistoni Iqtisodiyot va rejalashtirish vaziri Faysal bin Fadl al-Ibrohim maxsus sessiya ochilishida. Shuningdek, u barcha tomonlar manfaati uchun ishlaydigan global iqtisodiyotda faol ishtirok etish muhimligini taʼkidladi.

WEF prezidenti Borxe Brende sessiyani Yaqin Sharqdagi mojarolarni yumshatish imkoniyatlari, Gʻazodagi gumanitar vaziyat va boshqa muhim mintaqaviy va xalqaro masalalarni koʻrib chiqish uchun muhim voqea deb atadi.

Ikki kunlik tadbirning asosiy maqsadlari iqtisodiy rivojlanish uchun global hamkorlikdan foydalanish, barqaror rivojlanishni taʼminlovchi global energiya oʻtishini ragʻbatlantirish va texnologik taraqqiyotni ilgari surish orqali yanada barqaror va inklyuziv iqtisodiy kelajakka hissa qoʻshishga qaratildi. Bundan tashqari, tobora parchalanib borayotgan geosiyosiy va iqtisodiy muhitdan kelib chiqadigan eng dolzarb muammolar muhokama qilindi.

Uchrashuvda 60 dan ortiq davlatdan 200 dan ortiq jamoat arboblari, 10 dan ortiq global tashkilotlar va koʻplab banklar vakillari ishtirok etdi.

So‘nggi yangiliklar

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari nega boʻrtma?

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari ostidagi kichik boʻrtma tepalikchalar bejiz joylashtirilmagan. Ularning asosiy vazifasi — qoʻl barmoqlarini klaviaturaga qaramasdan toʻgʻri joylashtirishga yordam berish.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 12:44

Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin

Oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash tizimini takomillashtirish maqsadida amaldagi tartibga muhim oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

18.03.2026, 11:20

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti sanasiga oid dastlabki maʼlumotlar eʼlon qilindi. Unga koʻra, bayram 20 mart kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 10:06

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi

Ishdan noqonuniy boʻshatilgan fuqaro oʻz huquqlarini tiklash yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga murojaat qildi. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 09:46

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 13:40

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57