Oʻzbekistonda biznes muhiti rekord darajada yaxshilanmoqda
2025 yil iyun oyida Oʻzbekistonda biznes muhiti indeksi 63 punktni tashkil etadi, Bu koʻrsatkich soʻngi ikki yil ichida eng yuqori koʻrsatkich sifatida baholanmoqda. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi oʻtkazgan tadqiqotida maʼlum qildi.
Iqtisodiyot
28.07.2025, 11:54
Ulashish:

Iyun oyida Oʻzbekistondagi biznes muhit oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 10 bandga oshib, 63 bandni tashkil etgan. Shuningdek, oʻtgan oyga nisbatan 2 bandga oʻsish qayd etilgan. Bu joriy yil boshidan beri eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.
Iyun oyida biznes muhiti indeksining joriy holati 47 bandni tashkil etdi, bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 13 bandga oshganligini koʻrsatadi.
Shu bilan birga, biznesning istiqboldagi kutilmalar indeksi 6 bandga oshib, 80 bandni tashkil etdi. Bu esa tadbirkorlarning barqarorlikka boʻlgan ishonchini namoyon etmoqda.

Natijalarga koʻra, tadbirkorlarning 38% soʻnggi uch oyda oʻz biznesi holatining yaxshilanganini maʼlum qilgan, 38% talab oʻsganligini qayd etgan, 24% esa ishchilar sonining koʻpayganini bildirgan. Shu bilan birga, soʻrovda ishtirok etganlar tadbirkorlarning 71% kelgusida talab oʻsishini, 59% ishchilar soni koʻpayishini, 21% esa narxlar oʻsishini kutmoqda.
2025 yil iyun oyida sanoatda biznes muhiti indeksi ijobiy dinamikani namoyon etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5 bandga yaxshilandi va 59 bandni tashkil etdi. Shu bilan birga, istiqboldagi kutilmalar indeksi 73 banddan 83 bandgacha oʻsdi. Joriy holat indeksi 37 band darajasida oʻzgarishsiz qoldi.
Soʻrov natijalariga koʻra, sanoatdagi tadbirkorlarning 38% soʻnggi uch oyda biznesi yaxshilanganini maʼlum qilgan (2024 yil iyun oyida bu koʻrsatkich 32%ni tashkil etgan edi). Shuningdek, korxonalarning 79% kelgusida biznes holati yanada yaxshilanishini kutmoqda, bu oʻtgan yilgi 71%ga nisbatan yuqori koʻrsatkichdir.
Qishloq xoʻjaligida biznes muhiti oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3 bandga yaxshilandi va 59 bandni tashkil etdi. Shu bilan birga, joriy holat indeksi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6 bandga (35 banddan 41 bandga) oshdi, istiqboldagi kutilmalar indeksi esa 3 bandga (80 banddan 83 bandga) oʻsdi.
Natijalarga koʻra, qishloq xoʻjaligidagi tadbirkorlarning 49% oʻz faoliyatining joriy holatini “qoniqarli” deb baholagan. Shu bilan birga, 22% soʻnggi uch oyda ishchilar soni oʻsganligini, 79% esa kelgusida biznes holati yanada yaxshilanishini qayd etdi.
Xizmatlar sohasida biznes muhiti indeksi oʻtgan yilga nisbatan 17 bandga yaxshilandi va 68 bandni tashkil etdi. Istiqboldagi kutilmalar indeksi 11 bandga (68 banddan 79 bandgacha) oshdi, joriy holat indeksi esa 22 bandga (34 banddan 57 bandgacha) oʻsdi.
Xizmatlar sohasidagi tadbirkorlarning 47 % joriy holatni «yaxshi» deb baholagan, 39 % soʻnggi uch oyda biznes sharoitlarining yaxshilanganini qayd etgan, 71 % esa kelgusida talab oʻsishini kutmoqda.
Qurilish tarmogʻida biznes muhiti indeksi oʻtgan yilga nisbatan 4 bandga oʻsib, 61 bandni tashkil etdi. Joriy holat indeksi 15 bandga oʻsib, 49 bandga yetdi. Shu bilan birga, istiqboldagi kutilmalar indeksi 9 bandga kamayib, 73 bandni tashkil etdi.
Shu bilan birga, qurilishda soʻnggi uch oyda biznes holati “yaxshilandi” deya 36% respondent qayd etgan, kelgusida biznes holati oʻzgarmasligini kutayotganlar 21% tashkil etgan. Qurilish tarmogʻi amaldagi oʻzgarishlarga moslashib, barqarorlikni namoyon etmoqda.
Iqtisodiyot
28.07.2025, 11:54
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Meksika JCh–2026 oʻyinlarini oʻtkaza olmasligi mumkin
Jahon
24.02.2026, 10:39

Oʻzbekistonning davlat qarzi 46,85 mlrd dollarni tashkil etdi
Iqtisodiyot
23.02.2026, 08:10

«Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston – Tojikiston» yoʻnalishi boʻylab ilk yuk poyezdi yoʻlga chiqdi
Iqtisodiyot
20.02.2026, 10:10

“Oʻzbekiston Gʻazoda maktab va shifoxonalar qurishga tayyor” — Mirziyoyev
Oʻzbekiston
20.02.2026, 08:09
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari nega boʻrtma?
Fan-texnologiya
18.03.2026, 12:44

Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
Ta'lim
18.03.2026, 11:20

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
18.03.2026, 10:06

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi
Oʻzbekiston
18.03.2026, 09:46

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi
Madaniy
17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 10:18

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
