Avtomobillarni Piskent sinov majmuasida sinovlardan oʻtkazish amaliyoti toʻxtatiladi
2025 yil 2 sentabrdan avtomobillarni Piskent avtopoligonida sinovdan oʻtkazish amaliyoti toʻxtatiladi.
Oʻzbekiston
02.09.2025, 11:23
Ulashish:

Respublikada rasmiy dilerlar va servis markazlari soni keskin oshganligi hamda isteʼmolchilarning rasmiy dilerlar bilan ishlash amaliyoti joriy etilganligini inobatga olib, 2025 yil 2 sentabrdan avtomobillarni Piskent avtopoligonida sinovdan oʻtkazish amaliyoti toʻxtatiladi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan isteʼmolchilar manfaatlarini taʼminlash va sifat kafolatiga ega boʻlmagan avtomobillarni respublikaga olib kirilishini hamda jamoat yoʻllarda baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, 2024 yilning 1 noyabridan boshlab Piskent sinov majmuasida avtotransport vositalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan texnik reglamentga muvofiq sinovlardan oʻtkazilgan.
Tahlil natijalariga koʻra, respublikaga texnik reglamentga muvofiq transport turi maʼqullanmagan yengil avtomobillarning import qilingani sababli, ularning sinovlari birma-bir oʻtkazilishiga sabab boʻlgan.
Oʻzbekistonda 2024 yilgacha faqatgina 3 ta dilerlik markazlari faoliyat yuritgan boʻlsa, ular atigi 15 ta avtomodel uchun turini maʼqullash hujjatini olgan edi xolos.
Hozirgi kunda esa, 21 ta xorijiy kompaniyalarning rasmiy dilerlari oʻz faoliyatini boshladi va 100 dan ortiq avtomobil rusumlariga turini maʼqullash hujjatlari rasmiylashtirildi.
Buning natijasida, isteʼmolchilarga sifati va xavfsizligi taʼminlangan, hamda kafolatlangan avtotransport vositalarini yetkazib berish tizimi takomillashtirildi. Natijada isteʼmolchilarga rasmiy dilerlardan turli rusumdagi avtotransport vositalarini xarid qilish imkoniyati yaratildi.
Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekistonga import qilinayotgan avtomobillarning sifati va xavfsizligini taʼminlash doimiy nazorat qilinib, amaldagi talablarga koʻra nomuvofiqliklar aniqlanganda, isteʼmolchilardan eʼtirozlar kelib tushganda ushbu avtomobillarga nisbatan tegishli choralar koʻrilishi taʼminlanadi.
Oʻz oʻrnida yurdoshlarimizga avtomobil xaridini rasmiy dilerlar orqali amalga oshirishlari tavsiya etiladi, deyiladi xabarda.
Oʻzbekiston
02.09.2025, 11:23
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Piskent va Boʻka tumanlaridagi bogʻchalarda bolalar zaharlandi
Oʻzbekiston
25.09.2025, 11:20

Piskentdagi koloniyada qiynoqqa solingani aytilgan mahkumda tan jarohati aniqlanmadi — Bosh prokuratura
Oʻzbekiston
27.03.2025, 10:53
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40
