updated: 22.03.2026, 09:57

Bir asrdan ortiq kutilgan chempionlik onlari: Bayer Bundesliga kubogini qoʻlga kiritdi

14- aprel kuni Germaniya Bundesligasi 29- tur doirasida peshqadam Bayer 04 oʻz uyida Verder jamoasini 5 - 0 hisobida magʻlub qilib muddatidan oldin Germaniya chempioniga aylandi.

Sport

15.04.2024, 13:48

Ulashish:

Bayer Bundesliga kubogini qoʻlga kiritdi

Bayer Bundesliga kubogini qoʻlga kiritdi

Bayerga maktub

Bayer sen 1904- yilda tugʻilding. Tugʻilganda ham futbollga oshno boʻlgan, unga millionlab muxlislar sanʼat darajasida qaraydigan yurt, Germaniyada dunyoga kelding. Bayer koʻpchilik jamoalardan yoshsan. Buni albatta taʼsiri bor. Sendan 4 yil oldin tugʻilgan Bavariya deya atalmish akang Germaniya futboli inqilobi boʻlib dunyoga keldi. Ammo sen hecham xavotir olma. Sen uchun hammasi oldinda. Koʻpgina chempionatlarda tengqurlaring, hattoki, sendan kichiklari ham chempionlik kubogini bir necha marotaba qoʻlga kiritdi. Hattoki, sendan yarim asr keyin futboll olamiga kirgan PSG klubi ham bu oʻrinda ancha oldinda. Sen oʻylama, Bundesliga va Liga 1 oʻrtasida ancha farq bor. PSG Liga 1da zeriksa chempion boʻladi , u Fransiyada yakka hukumron. Sen esa Bavariya, Barrusia Dortmund kabi klublar bilan bir chempionatda oʻynaganing chempionlikka asosiy toʻsiq boʻlib keldi, lekin bu sening oʻsishingda juda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Oʻylama hali shunday natija qayd etasanki, Bavariya va Barussia klublarining oʻtgazgan mavsumi sening birgina mavsuming oldida holva boʻladi. Ishonaver buni men aytayapman. Sen esa meni diqqat bilan tinglab bor. Bayer Yevropada sezilarli natijalar qayd etding. Chempionlar ligasi finallarigacha bording. Finalda oʻynaganingda, oʻsha mana man degan PSGga ham bu lahzalar yot edi. Eʼtibor berma hali ulgʻayishing kerak. Germaniyada liga va kubok oʻyinlarida yaxshi ishtirok etding, hattoki, gʻalabaga bir qadam qolgan edi. Yoshliging pand berib, sendanda kuchli va katta boʻlgan oʻgay akang Bavariyaga kubokni, oʻzing qoʻsh-qoʻllab topshirding. Oʻshanda butun Leverkusen koʻz yosh toʻkkan edi, ammo sen oʻylama. Bu futboll, unda hamma narsa boʻladi. Senga bu taʼsir qildimi? Bilmadim! Ancha vaqt voqealar rivojidan chetta qolib ketding. Adashgan oʻgʻilning qaytishi rolida govdalanib futbollda "furvort" koʻtarishingni barcha kutdi, shuningdek, biz ham. Lekin qaytishga qaytding-u , nima uchun ketganingni tushunib yetmasdan kelding. Mayli, bunaqa holatlarga hali koʻp yuzlanasan. Seni bir qancha murabbiylar qabul qildi, sen bilan birga boʻldi, lekin sen kutgan natijani bera olishmadi. Bayer sen aqllisan. Barchasiga sabr qilib, oʻz qahramoningni kutasan. Oʻsha sen kutgan vaqtlar yaqinlashdi. 2022-yilda seni bir murabbiy qarshi oladi. Bu Germaniya futboli, unga ancha tanish boʻlgan Germaniya klublarini oʻzi oʻynagan klubi bilan zir titratgan Xabi Alonso edi. U faoliyat yuritgan klubni oʻzing bilasan. Xabi Alonso kelib jamoada tub burilish yasaydi. Bilmadim yangi boshlangan faoliyat bilan butun boshli rahbariyatni oʻziga boʻysundirib , unga qarshi chiqqanlarni isteʼfoga chiqarish uchun yosh murabbiy qayerdan kuch olgan. Muhimi uning natijasi. Xabi bir yil kutdi. Jamoani shakillantirishga shuni oʻzi yetdi. U koʻrsatdiki bir jamoani shakillantirish uchun uzoq yillar shart emas. Tizim yaxshi boʻlsa boʻldi. Manchester City murabiyi Pep Gvardiola ham oʻrnak olsa arziydi. Hademay sen Xabi Alonso bilan birgalikda yangi mavsumni boshlaysan. Ishon sen endi shakillanyapsan. Chempionlik bu murabbiy boshchiligida tushinga ham kirmagan. Balki kirgandir. Endi u oʻz nomi bilan tush. Mavsum boshlandi. Birin ketin gʻalabalarni qoʻlga kiritasan. Uzoq muddat jadval yuqorisidagi oʻrningni hech kimga bermaysan. Bilasanmi? Oʻshanda barcha seni barbir bardosh berolmaydi, Bavariya, Barussia hattoki, Leypsigni oʻljasiga aylanadi deya fikr bildirishadi. Ammo vaqt oʻtgani sari sen hammani tilida doston boʻla boshlaysan. Lekin oʻshanda ham, oxirida barbir Bavariya ilib ketadi degan gap soʻzlar, mishmishlar odamlar orasida yuraverdi. Sen esa bularga parvo qilmading va oʻz oʻyiningni koʻrsatishda davom etding. Odamlar nima deydi? Bavariya bilan oʻzaro soʻngi oʻyining oʻtishi oldidan koʻpchilik shu chempionlik oʻyini boʻladi deya taxmin qildi. Aslida ham shunday edi. Chunki ortingdan kelayotgan, qoqilganingda sendan oʻtib ketishi mumkin boʻlgan yagona jamoa bu dahshatli Bavariya edi. Bayer insofsiz ekansan. Oʻyinda Myunxenliklarni oʻz uyida ham ayab oʻtirmading. Boʻldi endi Bayer hech kimga oʻrnini bermaydi derdim oʻzimga.  Ammo shunday mutaxasislar bor ediki, haliyam senga ishonmasdi. Sen esa jimgina kulib qoʻyaverding. Sen uchun tarixga muhrlanajak onlar keldi. Bitta oʻyin - sen yutasan va chempionsan. Raqib ham qulay Verder. Aqlli Xabi Alonso nima ish qilayotganini, birozdan soʻng qanday ish qilganini yaxshi tushunardi. Tayyormisan? Shoshma bu kunlarni qancha kutding? 1 asrdan ortiq! Shu davrni bor yoʻgʻi 2 soatga almashasanmi?  Yoʻq albatta! Ochigʻi men ham hayajondaman. Seni bu vaziyatingni, holatingni yolgʻiz men va oʻzing tushunasan. Shu oqshom oʻyinga tushding. Seni birinchi yutugʻing agarda gʻolib boʻlsang chempionlikni oʻz muxlislaring qarshisida nishonlaysan. Bu hammaga ham nasib qilmagan. Bilasanmi shu kun hamma narsa senga xizmat qildi. Hattoki raqib Verder ham. Kuchlisan bunga shubham yoʻq. Lekin barbir qiyin edi. Masuliyat, bosim, bardoshning futboldagi oʻrni qay darajada yuqori ekanligini uni hamma ham eplolmasligini narigi tomondagi Liverpull va Arsenal hammaga koʻrsatdi. Sen esa buni uddalading. Verderga goll urding. Aksariyat Liverkusenliklar oʻsha onlardan koʻz yoshlarini toʻxtata olmadi. Inson sezadida barbir. Oʻyinning oxirgi daqiqalari yillarga teng boʻldi. Buni hechkim bilmasa ham oʻzing yaxshi bilasan. Oʻyin yakunlandi. Sen chempion. 118-yillik orzular, tushlar endi roʻyoga aylandi. Bayer sen oddiy chempion boʻlmading. Sen chempionlar havas qiladigan chempionlik yoʻlini bosib oʻtding.  

Maktubim soʻngida shuni aytamanki, hali sen bilan koʻp yozishib turamiz. Hozircha xayr!

 

Temur Suvonov

Sport

15.04.2024, 13:48

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45