Bosh prokuratura OAV vakillarini ogohlantirdi
Bosh prokuratura OAV vakillari hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan prokuratura faoliyatiga tegishli boʻlgan tergov tadbirlarini yoritishda faqat vakillik organining axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan rasmiy maʼlumotlar asosida yoritishni soʻradi.
Oʻzbekiston
28.10.2024, 09:57
Ulashish:

Bosh prokuratura OAV vakillarini ogohlantirdi
Maʼlum qilinishicha, soʻnggi vaqtlarda prokuratura tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali tasdiqlanmagan va asossiz, shuningdek, ishonchli rasmiy manbalarga tayanilmagan xabarlar keng tarqalgan.
"Misol tariqasida Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan tegishli idoralarning malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, tergov harakatlari davom etmoqda. Biroq tafsilotlar haqida qoʻshimcha ravishda maʼlumot berilmadi. Ammo tarmoqlarda dezinformatsiyalar tarqalgan", deyiladi xabarida.
Shuningdek, Bosh prokuratura haqiqat boʻlmagan xabarlarni tarqatayotgan ijtimoiy tarmoq faollariga mazkur holat yuzasidan qonunchilikda javobgarlik belgilanganini eslatgan.
"Qonunchilikda axborot sohasidagi huquq hamda masʼuliyat aniq belgilangan. Buni, ayniqsa, faol va katta auditoriyaga ega blogerlar, ijtimoiy tarmoqlardagi guruh va kanallar maʼmurlari yaxshi his etishlari lozim. Chunki jamiyatda ular tarqatayotgan har qanday axborotni haqiqat sifatida qabul qiladiganlar koʻp", deyiladi manbada.
Shuningdek, prokuratura media vakillari ham xuddi davlat organlaridan talab etilgani kabi sohaga oid amaldagi qonunchilik meʼyorlariga rioya etishlari shart ekanligini unutmasligini bildirgan.
"Jamoatchilik orasida turli notoʻgʻri talqin va taxminlar tarqalishining oldini olish maqsadida, ommaviy axborot vositalaridan prokuratura organlari xodimlari oʻtkazgan tezkor yoki tergov tadbirlarini yoritishda faqat Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan rasmiy maʼlumotlarga tayanishini va havola keltirishni qatʼiy soʻrab qolamiz", deyiladi prokuratura xabarda.
Bundan tashqari, yuqoridagi holat takrorlansa, yaʼni aholi orasida yolgʻon, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan va vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni har qanday shaklda tarqatish uchun jinoiy javobgarlik mavjudligi taʼkidlagan.
Oʻzbekiston
28.10.2024, 09:57
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Taftish.uz xodimlarining ushlanishi yuzasidan Toshkent shahar IIB rasmiy munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
16.01.2026, 18:45

Oʻzbekistonda OAV va noshirlik sohasi ustidan nazorat boshqa tashkilotga topshirildi
Oʻzbekiston
12.12.2025, 15:29

Yangiyoʻlda 1,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi
Oʻzbekiston
24.10.2025, 15:09

DXX: Toshkent viloyatida prokuratura xodimlari 25 ming dollar bilan ushlandi
Oʻzbekiston
09.10.2025, 13:21

Bosh prokuror: 11,2 milliard soʻmlik ish haqi hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlar talon-toroj qilingani aniqlandi
Oʻzbekiston
05.09.2025, 20:38

Bosh prokuratura: 248 ming nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi
Oʻzbekiston
24.07.2025, 09:02
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40
