Bosh prokuratura: 248 ming nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi
Aybdor shaxslardan fuqarolar va davlat manfaatlariga yetkazilgani aniqlangan 1,3 trillion soʻmlik zararning undirilishi taʼminlangan.
Oʻzbekiston
24.07.2025, 09:02
Ulashish:

Joriy yil 6 oyida prokuratura organlari tomonidan aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 102 mingga yaqin nazorat hujjatlari qoʻllanilib, 248 ming nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan.
Nazorat tadbirlari va dastlabki tergov davomida aybdor shaxslardan fuqarolar va davlat manfaatlariga yetkazilgani aniqlangan 1,3 trillion soʻmlik zararning undirilishi taʼminlangan.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, yoshlar va xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga oid qonunchilik ijrosini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, prokurorlar tashabbusi bilan 842 marotaba boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkalari oʻtkazilib, ularda 5 ming 389 nafar ishsiz fuqaro ishga joylashtirilgan.
Tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, eksport hajmini oshirish kabi iqtisodiyot rivojidagi dolzarb yoʻnalishlarda tizimli tadbirlar amalga oshirilib, qariyb 9 ming nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklangan. 18 ming nafardan ortigʻiga muammolarini bartaraf etishda koʻmaklashilgan.
Aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obʼektlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida prokuratura organlari aralashuvi natijasida koʻplab muammolar bartaraf etilishiga erishilgan. Yoqilgʻi-energetika sohasida qonuniylikni taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan qariyb 70 mingta reyd tadbirlari davomida 67 mingdan ortiq noqonuniy holatlar fosh etilib, 758 milliard soʻm zarar undirilgan.
Prokuror nazorati tadbirlari oʻlaroq, davlat dasturlariga kiritilgan 5 ming 661 qurilish obʼektining oʻz muddatida foydalanishga topshirilishi, 3,7 trillion soʻm mablagʻlar tejalishi taʼminlangan.
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, xufiyona aylanmalar koʻlamini keskin qisqartirish, moliya tizimi barqarorligini yanada mustahkamlash borasida yuklatilgan vazifalar ijrosi ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatilmoqda.
Yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida oʻzboshimchalik bilan egallangani aniqlangan 861 gektar yer maydonlari zaxiraga qaytarilishi taʼminlangan. Shuningdek, 626 gektar yer maydonlarini talon-toroj qilish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan 977 jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Xalq bilan ochiq muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishga ustuvor ahamiyat qaratilib, hisobot davrida 120 ming murojaat bevosita prokuraturada hal etilgan va 29 ming nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan.
Oʻzbekiston
24.07.2025, 09:02
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Yangiyoʻlda 1,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi
Oʻzbekiston
24.10.2025, 15:09

DXX: Toshkent viloyatida prokuratura xodimlari 25 ming dollar bilan ushlandi
Oʻzbekiston
09.10.2025, 13:21

Bosh prokuror: 11,2 milliard soʻmlik ish haqi hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlar talon-toroj qilingani aniqlandi
Oʻzbekiston
05.09.2025, 20:38

Piskentdagi koloniyada qiynoqqa solingani aytilgan mahkumda tan jarohati aniqlanmadi — Bosh prokuratura
Oʻzbekiston
27.03.2025, 10:53

Bosh prokuratura OAV vakillarini ogohlantirdi
Oʻzbekiston
28.10.2024, 09:57

Prokuratura 87,7 mlrd. soʻmlik energiya resurslari tolon-toroj qilinganligini fosh etdi
Oʻzbekiston
02.05.2024, 16:10
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40
