Checheniston va Moskva Ramzan Qodirovning oʻlimiga qanday tayyorgarlik koʻryapti

Soʻnggi haftalarda asosiy savol — Ramzan Qodirov vafot etganidan keyin Chechenistonni kim boshqaradi. Bu muhokamalarga sabab uning salomatligi yomonlashgani haqida tarqalayotgan xabarlar. 

Jahon

26.01.2026, 10:13

Ulashish:

Dekabr oyi oxirida Qodirov Moskvada shoshilinch ravishda kasalxonaga yotqizilgani haqida OAVlar yozdi. Yanvar oyida esa Ukraina ommaviy axborot vositalari razvedka manbalariga tayanib, Checheniston rahbarining buyraklari ishdan chiqqanini xabar qildi.

Kremlga yaqin manbalar Chechenistondagi vaziyatni «juda ogʻir» deb baholamoqda. Aytilishicha, Qodirov tirik ekan, ochiq siyosiy harakatlar boʻlmaydi, ammo respublika ichida kechayotgan jarayonlar qatʼiy ravishda yashirilmoqda. Manbalarga koʻra, mahalliy aholi orasida qoʻrquv muhiti kuchaytirilgan, har qanday maʼlumot tarqalishi qattiq jazo bilan tahdid qilinmoqda.

Qodirovning 18 yoshli oʻgʻli Adam bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisasi ham vorislik haqidagi muhokamalarni yanada kuchaytirdi. Biroq qonunga muvofiq, Adam Qodirov Checheniston rahbari lavozimini egallashi uchun kamida 30 yoshga toʻlishi lozim. Bu esa 2037 yildan oldin mumkin emas.

Eng ehtimoliy ssenariy — Qodirovga mutlaqo sodiq boʻlgan shaxsning rahbar etib tayinlanishi. Manbalarga koʻra, bu shaxs Chechenistondagi eng yirik teyplardan biri — Benoy vakili boʻlishi mumkin. Ushbu teypga Davlat dumasi deputati Adam Delimxanov hamda Checheniston hukumati rahbari Magomed Daudov kiradi. Ikkalasi ham Qodirovning eng yaqin soratchilari sifatida koʻp yillardan beri voris sifatida tilga olinib kelinmoqda.

Moskva uchun asosiy talab — Checheniston yana muammoli hududga aylanmasligi. Qodirov uchun esa — oilasi xavfsizligini taʼminlash va hokimiyatning saqlanib qolishi.

 

Grozniy qanday tayyorgarlik koʻryapti

Ramzan Qodirov hokimiyatni oila ichida saqlab qolishga intilayotgani aytiladi. U oʻgʻli Adam Qodirov atrofida norasmiy kuch markazi shakllantirgan, uni yuqori lavozimlarga koʻtargan va taʼsirli shaxslar bilan bogʻlagan. Shu bilan birga, Qodirov oʻz farzandlarini nufuzli chechen oilalari bilan quda qilgan.

Bundan tashqari, Qodirov oʻz nazoratidagi qurolli tuzilmalarni kengaytirgan. «Qodirovchilar» deb ataladigan kuchlar soni 20–25 ming atrofida baholanadi. Chechenistondan chiqqan jangchilar Ukrainadagi janglarda faol ishtirok etmayapti. Asosiy harbiy harakatlarda Rossiyaning boshqa hududlaridan jalb qilingan «Axmat» maxsus boʻlinmasi qatnashmoqda.

Zaxira reja sifatida Qodirov oilasi xorijga chiqish imkonini ham tayyorlab qoʻygani aytilmoqda. Ayniqsa, Birlashgan Arab Amirliklarida koʻchmas mulk sotib olish va fuqarolik rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilgan.

 

Moskva qanday tayyorgarlik koʻryapti

Moskva uchun asosiy ustuvor vazifa — barqarorlikni saqlash. Manbalarga koʻra, Apti Alaudinov vorislar roʻyxatidan chiqarilgan. Hozirgi kunda eng asosiy nomzodlar sifatida Adam Delimxanov va Magomed Daudov koʻrilmoqda.

Magomed Daudov ikkinchi chechen urushi davrida avval jangarilar tomonida boʻlgan. Keyinchalik asirga tushgach, Ramzan Qodirov tomoniga oʻtgan va uning ishonchini qozongan. Hozirda Daudov Chechenistondagi repressiv siyosat uchun javobgar shaxslardan biri hisoblanadi va Checheniston hukumati rahbari lavozimini egallab turibdi.

 

Qodirovdan keyin nima boʻladi?

Ekspertlar fikricha, Ramzan Qodirov vafot etgan taqdirda ham Chechenistondagi boshqaruv tizimi jiddiy oʻzgarishlarga uchramaydi. Moskva uchun asosiy maqsad — mavjud holatni, yaʼni status-kvoni saqlab qolish.

Ayrim tahlilchilar elitalar oʻrtasida yashirin kurash ehtimolini istisno qilmaydi, ammo keng koʻlamli qoʻzgʻolonlar yoki ommaviy chiqishlar kutilmayapti.

Chechen jamiyatida esa muayyan umidlar mavjud. Biroq koʻpchilik real holatni inobatga olgan holda, hokimiyat almashgan taqdirda ham jiddiy oʻzgarishlar boʻlmasligini tan olmoqda.

So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17