Ramzan Qodirovning toʻngʻich oʻgʻli yuqori lavozimga tayinlandi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov oʻzining toʻngʻich oʻgʻli Axmat Qodirov respublika hukumati raisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganini maʼlum qildi. 

Jahon

06.01.2026, 09:19

Ulashish:

Bu haqda The Insider xabar berdi. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov oʻgʻli Axmat Qodirov Checheniston Respublikasi hukumati raisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganini maʼlum qildi.

Shuningdek, Checheniston Respublikasining milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Axmed Dudayev ham hukumat raisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ramzan Qodirovning ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida aytilishicha, 2026 yil Checheniston hukumati tarkibidagi ayrim kadrlar oʻzgarishi bilan boshlangan. Hukumat raisi Magomed Daudov taqdimiga koʻra, Axmat Qodirov Checheniston Respublikasi hukumati raisi oʻrinbosari — jismoniy tarbiya va sport vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Shu bilan birga, Axmed Dudayev hukumat raisi oʻrinbosari — milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri lavozimiga tasdiqlangan.

Axmat Qodirov 2005 yilda tugʻilgan. U 2022 yildan buyon Checheniston rahbari maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan, shuningdek, Rossiya bolalar va yoshlar harakati — “Birinchi harakat”ning mintaqaviy boʻlimi kengashi raisi boʻlgan.

2023 yil noyabr oyida Axmat Qodirov jismoniy tarbiya, sport va yoshlar siyosati boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan. 2024 yil 17 fevral kuni u Checheniston Respublikasi yoshlar ishlari boʻyicha vaziri lavozimini egallagan. 21 may kuni jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlangan, 23 may kuni esa “Axmat” futbol klubi prezidenti boʻlgan.

Shuningdek, Axmat Qodirov Checheniston Respublikasi yoshlar siyosati sohasida xizmat koʻrsatgan xodim faxriy unvoni sohibi hisoblanadi.

So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17