Chiqindilarni olib ketish xizmatida yangi toʻlov tizimi joriy etildi
Endi isteʼmolchilar faqat amalda koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlov qiladi, barcha hisob-kitoblar esa onlayn tizim orqali yuritiladi.
Iqtisodiyot
22.02.2026, 14:36
Ulashish:

2026 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish xizmatida yangi toʻlov tartibi amalga kiritildi.
Onlayn tizim afzalliklari
Yangi tizim foydalanuvchilarga toʻlovni istalgan vaqt va joyda amalga oshirish imkonini beradi. Bankka borish talab etilmaydi. Shuningdek, hisoblarni tekshirish va toʻlov cheklarini yuklab olish osonlashadi. Natijada noqonuniy toʻlovlar va mablagʻlarni yashirish holatlari bartaraf etiladi.
Mablagʻlar davlat nazoratiga olindi
Yangi tartibga koʻra, aholidan tushgan mablagʻlar toʻgʻridan-toʻgʻri sanitar korxonalarga emas, balki davlat nazoratidagi maxsus hisob raqamiga yoʻnaltiriladi. Ushbu hisob raqami Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan yuritiladi.
Operatorlarga toʻlov faqat haqiqiy bajarilgan ish hajmi — chiqindi tonnasi va maxsus texnikaning bosib oʻtgan masofasi asosida amalga oshiriladi.
Korxonalar faoliyati reyting asosida baholanadi
Sanitar korxonalar har oy “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilib baholanadi. Past sifatli xizmat koʻrsatganlarga nisbatan jarima qoʻllanadi yoki shartnoma bekor qilinadi.
Hozirga qadar 14 ta korxona “qizil” toifaga tushib jarimaga tortilgan, ikki korxona bilan esa shartnoma bekor qilingan. Amalda koʻrsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan 11,9 milliard soʻmlik noreal qarzdorliklar tizimdan chiqarildi.
Raqamli nazorat kengaymoqda
“Toza Makon” yagona elektron billing tizimiga 9 430 ta mahalla va 7,1 million abonent ulangan. Shuningdek, 3 606 ta chiqindi yigʻish joyi elektron xaritaga kiritilgan.
Chiqindi tashishda foydalanilayotgan 3 230 ta maxsus texnika (94 foiz) GPS orqali kuzatilmoqda. 846 ta chiqindi yigʻish maydonchasi va 645 ta texnika onlayn kameralar bilan nazoratga olingan.
2030 yilgacha nazoratni 100 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, billing tizimi elektr taʼminoti tizimi bilan integratsiya qilingan boʻlib, xizmat sifati ustidan nazorat yanada kuchaytirilgan.
Iqtisodiyot
22.02.2026, 14:36
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Chiqindi qarzdorligi boʻyicha 5 kunda 1,6 mlrd soʻm undirildi
Oʻzbekiston
11.11.2025, 15:30

2026 yildan chiqindi xizmatlari uchun toʻlovlar faqat onlayn amalga oshiriladi
Oʻzbekiston
04.11.2025, 13:28
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
