Dunyoning eng boy Top 5 sportchilari haqida bilasizmi?

Dunyoda boy insonlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Ularning koʻpchiligi tanlagan kasbi va sohasidagi muvaffaqiyati evaziga shuhrat qozongan. Kino, sport  va shunga oʻxshagan bir qancha yoʻnalishlar egalari yuqorida aytilgan mashhur va katta daromadga ega shaxslarning asosini tashkil qildi. Paradigma.uz shular orasidan  sportda faoliyat yuritgan va yuritayotgan dunyoning eng boy shaxslari reytingini tuzib chiqdi.

Sport

04.09.2024, 16:18

Ulashish:

Roʻyxatning en yuqori qismini koʻpchilikka mashhur futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu egallab turibdi.

1.  Krishtianu Ronaldu

Portugaliyalik futbolchi  dunyoning eng koʻp maosh oluvchi va boy sportchisi sifatida toʻrtinchi marta bu roʻyxatni eng yuqori qismini egallab turibdi. U umumiy 260 million dollarlik daromadga ega. Yillik daromadning 200 million dollari Saudiya Pro-ligasidagi "Al Nassr" klubi bilan shartnomasiga toʻgʻri keladi. Qolganlari esa Ronalduning maydondan tashqari reklama, instagram va boshqa bizneslari hisobiga keladi. Yaqinda portugaliyalik yulduz oʻz You Tube kanalini ochdi va juda qisqa vaqtda millionlab obunachiga ega boʻldi. Bu degani endi Ronaldu oʻzining You Tube platformasidan ham ancha daromad qiladi. 

Maʼlumot uchun, Krishtianu Ronalduni instagramdagi obunachilari 638 million, You Tube kanalidagi obunachilari 55,9 millionni tashqil qiladi.

2.  Jon Rahm

1994 yilda Amerikada tugʻilgan Jon Rahm reytingda ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Havaskor Golfchi hozirda Ispaniyada istiqomat qiladi. Uning asosiy daromad manbayi Golf sporti hisoblanadi. 2022 yil fevral oyida Saudiya Arabistoni tomonidan qoʻllab-quvvatlangan professional golf ligasini tashkil etilishi uning hayotida katta ahamiyat kasb etdi. Jon Rahm 2023 yilda ligaga qoʻshildi va LIVning 13-jamoasi tarkibida oʻynay boshladi. Shundan soʻng Jon Rahmning daromadi koʻtarilib ketdi. Hozirda u Legion 12 sardori etib tayinlangan. Golf olamidagi eng yuqori daromadga ega sportchining yillik foydasi 218 million dollarga teng. Daromadning 20 millionini u Golfdan tashqari bizneslaridan oladi. 

3.  Lionel Messi

Reytingning kuchli uchligidan Argentinalik futbolchi Leo Messi oʻrin oldi. Messining "Inter Mayami"ga oʻtishi unga bir qancha eshiklarni ochib berdi. Futbolchi AQSh klubidagi bir necha million dollarlik maoshidan tashqari koʻplab brendlar bilan tuzgan shartnomasi orqali ham katta daromadga ega. Misol uchun ulardan biri Royal Caribbean. Bundan tashqari, u Apple, Adidas va Konami kabi homiylar bilan kelishuvlar tuzgan. Leo Messining umumiy daromadi 135 million dollorni tashkil qiladi. Futbolchi klubidan 65 million dollor olsa, sportdan tashqaridagi bizneslaridan 70 million dollar daromad qiladi. Bundan koʻrinib turibdiki Messining asosiy daromad manbayini futbol emas, reklama va tashqi bizneslar tashkil qiladi.

4. Lebron Jeyms

Toʻrt karra NBA chempioni, ikkita Olimpiya medali sohibi va NBAtarixidagi eng koʻp ochko toʻplagan basketbolchi hozirda "Los-Anjeles Leykers" jamoasi aʼzosi Lebron Jeyms reytingda toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Uning umumiy daromadi 128 million dollarni tashkil etadi. 40 yoshli amerikalik basketbolchi oʻzi shugʻullanayotgan sport turidan yilliga 48 million dollar daromad qiladi. Jeymsning sportdan tashqari keladigan yillik foydasi 80 million dollarga teng. Lebron Jeyms oʻz boyligini koʻpaytirish maqsadida yanvar oyida DraftKings bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.

5.  Jannis Antetokounmpo

Umumiy yillik daromadi 111 million dollarni tashkil qiluvchi basketbolchi Jannis Antetokounmpo reytingni yakunlab beradi. Gretsiyada tugʻilgan asli kelib chiqishi Afrika millatiga mansub bu sportchi hozirda dunyoning birinchi raqamli basketbolchilaridan biri hisoblanadi. Jannis basketboldan tashqari ham faol shaxs. U Nigeriyadagi bir qancha xayriya fondlari aʼzosi hisoblanadi. Jannis shu yil fevral oyida Pepsi kompaniyasining Starry alkogolsiz ichimliklari bilan kelishuvga erishdi. Hozirda 30 yoshni qarshilagan basketbolchi daromadining asosiy ulushini katta kompaniyalar va tashkioltlar bilan tuzilgan shartnomalar tashkil etadi. U sportdan tashqari yiliga 65 million dollar foyda koʻradi.

Sport

04.09.2024, 16:18

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi

Davlatlar va ularning harbiy salohiyatini baholab boradigan Global Firepower portali 2026 yil uchun reytingini eʼlon qildi. 

Oʻzbekiston

24.01.2026, 09:57

Yevropa mamlakatlari AQShdagi Jahon chempionatini boykot qilishni muhokama qilmoqda

2026 yilda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati atrofida siyosiy muhokamalar keskinlashdi. AQSh, Kanada va Meksika qoʻshma mezbonlik qiladigan mazkur turnir ayrim Yevropa mamlakatlarida boykot qilinishi mumkinligi haqida ochiq bahslar paydo boʻldi.

Jahon

21.01.2026, 11:22

Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi

Numbeo portali 2025 yil yakunlariga koʻra dunyodagi eng xavfsiz shaharlar reytingi natijalarini eʼlon qildi. Abu-Dabi jahon boʻyicha  eng xavfsiz shaharlar roʻyxatida peshqadam.

Jahon

17.01.2026, 12:23

Dunyodagi eng qulay aeroportlar

Hozirgi zamonaviy aviatsiya tizimida aeroportlar faqat samolyot qoʻnadigan joy emas, balki millionlab yoʻlovchilar uchun xizmat, qulaylik va xavfsizlik markaziga aylangan.

Jahon

14.01.2026, 18:04

“World Boxing” reytingi: 6 ta vaznda oʻzbek bokschisi tengsiz

Boks boʻyicha xalqaro musobaqalarni tashkil etuvchi “World Boxing” tashkiloti oʻzining 10 ta vazn toifasi boʻyicha yangilangan reytingini eʼlon qildi.

Sport

28.10.2025, 19:21

Oʻzbekiston delegatsiyasi Ar-Riyoddagi Islom birdamlik oʻyinlariga 194 nafar sportchi bilan boradi

7–21 noyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahri VI Islom birdamlik oʻyinlariga mezbonlik qiladi.

Sport

27.10.2025, 09:01

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45