DXXga ishga kiritishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Qashqadaryo va Samarqandda davlat xavfsizlik organlariga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib pul olgan shaxslar qoʻlga olindi.
Oʻzbekiston
06.09.2025, 21:30
Ulashish:

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi, 1988 y.t., muqaddam firibgarlik bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan shaxs oʻz xatosidan toʻgʻri xulosa chiqarmasdan, qayta jinoyatga qoʻl uradi.
U oʻzini DXX xodimi deya tanishtirib, 1997 y.t. mahalliy fuqaroni davlat xavfsizlik organlariga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, 2024 yilning sentabr oyidan 2025 yilning iyun oyiga qadar turli bahonalar bilan aldab jami 30 ming AQSh dollari va 510 mln. soʻm pul mablagʻlarini oladi.
Bundan tashqari, mazkur fuqaroning qarindoshini Qurolli Kuchlar akademiyasiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qilib, hozirga qadar 4 ming AQSh dollari oladi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Qarshi shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u soʻralgan 10 ming AQSh dollari hisobidan yana 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Samarqand viloyatining Pastdargʻom tumanida istiqomat qiluvchi, 1961 y.t. shaxs oʻzganing ishonchiga kirib, uni Davlat xavfsizlik xizmati idoralariga ishga kiritib qoʻyish evaziga 7 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXX hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʻzbekiston
06.09.2025, 21:30
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

"Pikovit" - Pivovit nomi bilan chiqarilgan. Namanganda qalbaki dori vositalari fosh etildi
Siyosat
01.11.2025, 11:31

Toshkentda xususiy universitet xodimi qoʻlga olindi
Oʻzbekiston
17.10.2025, 16:21

Buxoro sud tizimidagi xodim pora olayotgan vaqtida ushlandi
Oʻzbekiston
16.10.2025, 11:34

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qamoqqa olindi
Oʻzbekiston
13.10.2025, 14:19

Andijonda hokim oʻrinbosari 15 000 AQSh dollar olayotgan vaqtida qoʻlga tushdi
Oʻzbekiston
11.10.2025, 12:00

DXX: Toshkent viloyatida prokuratura xodimlari 25 ming dollar bilan ushlandi
Oʻzbekiston
09.10.2025, 13:21
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
