updated: 22.03.2026, 14:40

Energetika vaziriga parlament soʻrovi yuborildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida energetika vaziri J.Mirzamahmudovga “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, shu jumladan quyosh panellarini oʻrnatish borasidagi ishlar koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi parlament soʻrovini yuborish haqidagi masala koʻrib chiqildi.

Ulashish:

Energetika vaziriga parlament soʻrovi yuborildi

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilib, ekologik barqarorlikni taʼminlash va iqlim oʻzgarishining oldini olish borasida sezilarli yutuqlarga erishildi.

Prezidentning 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalari hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etishda muhim huquqiy asos boʻlmoqda. 

Mazkur hujjat ijrosi boʻyicha oʻtgan davrda respublikada 133 ming 786 ta obʼektga oʻrnatilgan umumiy quvvati 1 ming 748 MVt quvvatli quyosh panellari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yashil energiya” axborot tizimida tasdiqlandi. Ijtimoiy soha va davlat idoralarining 20 ming 416 ta obʼektiga 385 MVt, tadbirkorlik subʼektlarining 30 ming 713 ta obʼektiga 948 MVt, koʻp qavatli 2 ming 155 ta uylarga 27,5 MVt, aholining 80 ming 502 ta xonadonlariga 388 MVt quvvatga ega boʻlgan quyosh panellari oʻrnatildi.

Shu bilan birga, oʻrganishlar ushbu sohada hali oʻz yechimini kutayotgan qator masalalar borligini koʻrsatmoqda. Xususan, 2 ming 139 ta obʼektga 29 MVt quvvatga ega boʻlgan quyosh panellari oʻz muddatida oʻrnatilmagan, 281 ta obʼektga oʻrnatilgan 6,1 MVt quvvatga ega panellar esa ishchi holatda emas.

Bugungi kunda respublikada 7 ta korxonada yillik quvvati 770 MVt hajmga ega boʻlgan quyosh panellari, 5 ta korxona tomonidan esa yillik hajmi 200 mingdan ziyod quyosh suv isitish kollektorlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan boʻlsada, shamol generatorlari ishlab chiqarilmayapti.

Shuningdek, respublikada quyosh panellaridan foydalanish hajmi keskin ortib borayotganiga qaramay, hozirga qadar faoliyat muddati tugagan yoki yaroqsiz holga kelgan quyosh panellarini qayta ishlash va utilizatsiya qilish mexanizmi yoʻlga qoʻyilmagan. 

Majlisda shundan kelib chiqib, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, respublikamizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, faoliyat muddati tugagan yoki yaroqsiz holga kelgan quyosh panellarining atrof-muhitga zararining oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar berish haqida energetika vaziriga parlament soʻrovi yuborildi.

Iqtisodiyot

23.09.2025, 20:05

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Avgust oyida noqonuniy energiya isteʼmoli tufayli tizimga 86,5 milliard soʻm zarar yetdi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda oʻtkazilgan tekshiruvlarda 179 ta holatda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish aniqlandi.

Oʻzbekiston

08.09.2025, 12:05

Buxoro shahrida 1,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasi talon-toroj qilganligi aniqlandi

Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Oʻzbekiston

19.08.2025, 20:35

Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qayta ulanish amalga oshadimi?

14 avgust kuni Soʻgʻd viloyatining Guliston shahrida Oʻzbekiston Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov va Tojikiston Energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Iqtisodiyot

15.08.2025, 14:34

Buxoroda “Data Center” loyihasini amalga oshirish boʻyicha memorandum imzolandi

Kelgusida Surxondaryo viloyatida yana 300 MVt yuklamaga ega “Data centr” barpo etish rejalashtirilgan.

Iqtisodiyot

26.07.2025, 14:32

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasida muhim shartnomalar imzolandi

Loyiha mintaqadagi eng yirik loyihalardan biri boʻlib, yuz minglab xonadonlarni toza energiya bilan taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Iqtisodiyot

25.07.2025, 18:36

Samarqandda yigʻilish davomida 7 kishi qamoqqa olindi

Samarqandda yigʻilish davomida 7 kishi qamoqqa olindi

Samarqandda energetika sohasida korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha yigʻilishda 7 nafar soha xodimi qamoqqa olindi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

17.02.2025, 11:33

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45