Samarqandlik olima qurilish chiqindilaridan qurilishbop material ixtiro qildi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti dotsenti, ekologiya jonkuyari Gulmira Keldiyorova ana shunday natijaga erishdi.
Fan-texnologiya
09.09.2025, 16:27
Ulashish:

Olima ilmiy tadqiqotlarining asosini atrof-muhit musaffoligini saqlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalaridan atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalar taʼsirini kamaytirish kabi masalalar tashkil etadi.
Bu boradagi izlanishlari tufayli bir qator natijalarga erishdi. Misol uchun, korxonalarda changni tozalash uchun yangi turdagi uskunalar yaratdi va ayni paytda ulardan shifer, asfalt beton ishlab chiqarish korxonalarida ikkinchi bosqichli tozalash uskunasi sifatida foydalanilmoqda. Shu kabi ixtiro va yangi loyihalari uchun 3 ta patent, bir nechta xalqaro va mahalliy grantlar sohibi boʻlgan.
– Yurtimizda qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati rivojlanib, ishlab chiqarish quvvatlari oshib bormoqda, – deydi Samarqand davlat universiteti dotsenti G.Keldiyorova. – Shu bilan birga bu korxonalarning atrof-muhitga salbiy taʼsiri ham koʻpaymoqda. Ana shu taʼsirni kamaytirish va chiqindisiz texnologiyalardan keng foydalanishda ishlab chiqarish chiqindilarini saralash muhim ayamiyatga ega. Shu maqsadda olib borilayotgan ilmiy izlanishlarimda qurilish chiqindilarini qayta ishlagan holda ikkilamchi mahsulot sifatida qurilish sohasida foydalanishni tadqiq qildim. Yaxshi bilamiz, hozir qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida yoki maxsus chiqindi poligonlarida bir necha ming kvadrat metr maydonda qurilish chiqindilari toʻplanib qolgan. Afsuski, ulardan foydalanish yoki qayta ishlash boʻyicha koʻzga koʻrinarli loyihalar mavjud emas. Bizning tadqiqotimiz aynan shu chiqindilarni qayta ishlab ikkilamchi mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan. Bu borada olib borgan izlanishlarimiz, turli sohalar vakillarining xulosalari asosida chiqindidan qurilish materiali tayyorlashga erishdik. Yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarishda suv va tuproq resurslariga ehtiyoj boʻlmaydi. Lekin mahsulotning sifati va foydalanish davrining uzoq muddatliligi va, eng muhimi, arzonligi unga talabni oshiradi.
G.Keldiyorova yangi mahsulotni yaratish, sinov jarayonlarida vaqtini laboratoriyalarda, ishlab chiqarish korxonalarida, olima ayollar granti hisobiga tashkil etilgan ustaxonalarda oʻtkazdi. Lekin olima boshqa paytlarda ham yonida qandaydir chiqindi qotishmasi yoki konteynerchada chiqindilar qorishmasini koʻtarib yurganida ayrimlar unga boshqacha qaragani, uddasidan chiqib boʻlmaydigan ishga urinyapsiz, deb ochiqcha aytganlarida ham izlanishlardan toʻxtamadi. Tadqiqotlar natija berib, chiqindidan mahsulot ishlab chiqarilib, uch marta eksperimentdan muvaffaqiyatli oʻtgach, patent olish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga hujjat topshirdi.
– Mahsulot patentlashtirilgach korxona ochib, ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchimiz, – deydi Gulmira Keldiyorova. – Kelgusida qurilish chiqindilaridan yana bir necha turdagi ikkilamchi mahsulotlar olish borasida izlanishlarni davom ettiramiz. Bunday ixtirolarim orqali tabiiy resurslarni tejash, chiqindisiz texnologiyalarni yanada takomillashtirishni keng yoʻlga qoʻymoqchiman.
Fan-texnologiya
09.09.2025, 16:27
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35
So'nggi yangiliklar

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda
Oʻzbekiston
21.09.2026, 09:42

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

Xitoydagi choʻl ostida ulkan suv manbalari topildi
Jahon
19.09.2026, 11:14

Rossiyada saylovlardan keyin yangi safarbarlik bo‘lishidan xavotir kuchaymoqda
Jahon
19.09.2026, 10:02

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
18.09.2026, 15:25

iPhone 18 Pro Maxning Rossiyada 18 ta funksiyasi çeklangan
Iqtisodiyot
18.09.2026, 15:13

O‘tgan yili 124 nafardan ortiq ekologiya himoyachisi o‘ldirilgan
Jahon
18.09.2026, 15:10

Andijonda ilk bor "Yashil uyim" ekologik festivali ötkaziladi
Oʻzbekiston
17.09.2026, 16:39

Netanyahu G‘azo haqidagi “NAZA” filmi ijodkorlariga qarshi yangi qonunlarni ilgari surmoqda
Jahon
17.09.2026, 16:19

Turkiya 2040-yilgacha tamaki mahsulotlari savdosini taqiqlashni rejalashtirmoqda
Jahon
16.09.2026, 16:46

Trampning boyligi 7 mlrd dollarga yetdi — Forbes
Iqtisodiyot
16.09.2026, 16:16

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

Rossiya droni Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga zarba berdi: 5 kishi halok bo‘ldi
Jahon
16.09.2026, 14:20

Tibbiyot xodimlariga 2027 yildan har oy ustamalar tölanadi
Iqtisodiyot
16.09.2026, 14:18

Chempionlar ligasida oʻzbek klublari uchun necha million dollar tikilgan?
Sport
16.09.2026, 12:07

Islom Karimov shaxsi va Yelizaveta II bilan uchrashuv | Beruniy Alimov
Madaniy
16.09.2026, 11:29

Bahsli xarita: Xitoyning qo‘shnilariga hududiy da’volari
Jahon
15.09.2026, 17:16

Qamashida 2 ming yildan ortiq tarixga ega mehrob va ostodon topildi
Madaniy
15.09.2026, 12:32

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi shaharsozlik va ekologik muammolarni muhokama qildi
Oʻzbekiston
15.09.2026, 11:46
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35
