Hongkongda yongʻin qurbonlari kamida 94 nafarga yetdi, oʻt oʻchiruvchilar ikkinchi kun ham yongʻin bilan kurashmoqda
Hongkongning Tay Po tumanidagi Wang Fuk Court koʻp qavatli uylar majmuasida sodir boʻlgan yongʻinni oʻchirish ishlari ikkinchi kun davom etdi. Shaharning zamonaviy tarixidagi eng dahshatli yongʻinlardan biri hisoblanayotgan hodisada halok boʻlganlar soni 94 nafarga yetdi.
Jahon
28.11.2025, 09:49
Ulashish:

Qorayib ketgan minoralarda qutqaruvchilar fonar yorugʻida xonama-xona yurib, tirik qolganlarni izladi. Ayrim oynalardan tutun chiqishda davom etdi. Wang Fuk Court majmuasi minglab aholi yashaydigan zich turar-joy hududi hisoblanadi.
Rasmiylarga koʻra, oʻt oʻchiruvchilar hali ham bir necha xonadonda ish olib bormoqda va yettita minoraning barcha xonalariga kirib, yangi qurbonlar yoʻqligini tekshirishmoqda.
Hozircha qancha odam bedarak ekani aniq emas. Hongkong yetakchisi Jon Lining xabar berishicha, payshanba kuni ertalab holatida 279 kishi bilan aloqa uzilgan. Ayni paytda rasmiylar yangilangan raqamlarni bildirmadi.
Ayrim xonalarda qidiruvchilar qorongʻuda izlashda davom etdi. Bir necha oyna ortida hali ham olov koʻringan boʻlsa-da, butun majmua asosan kuyib ketgan qora vayronalarga aylangan.
Yongʻin chorshanba kuni tushdan keyin boshlangani, u avvalo bambuk toʻrlari va qurilish qoplamalarida kelib chiqqan boʻlishi mumkinligi aytilmoqda. Olov kompleksdagi sakkiz binodan yettitasiga tarqaldi.
Channing aytishicha, yongʻin «juda tez» yoyilgan. Qutqaruvchilar bino ichiga kirishda qiyinchilikka uchragan — yuqori qavatlardan konstruksiyalar tushib, yoʻllarni toʻsib qoʻygan, harorat yuqori, qorongʻi muhit esa ishni qiyinlashtirgan.
70 dan ziyod odam yaralangan, ular orasida 11 nafar oʻt oʻchiruvchi ham bor. Taxminan 900 kishi tun davomida vaqtincha joylarga evakuatsiya qilindi.
Yongʻinga bogʻliq ravishda qurilish kompaniyasining uch xodimi — direktorlar va muhandis maslahatchisi — ehtiyotsizlik orqali odam oʻlimiga sabab boʻlish gumoni bilan qoʻlga olindi. Politsiya kompaniya nomini oshkor qilmadi.
Maʼlum qilinishicha, qurilishga masʼul Prestige Construction & Engineering kompaniyasi ofisida qidiruv oʻtkazilgan, hujjatlar musodara qilingan. Bino tashqi devorlaridagi baʼzi materiallar yongʻinga chidamli standartlarga javob bermagan boʻlishi mumkinligi aytildi. Shuningdek, oʻta yonuvchan penoplast panellari ham topilgan.
Kompleks 1980-yillarda qurilgan boʻlib, taxminan 4 800 aholi yashaydigan 2 000 ga yaqin xonadondan iborat. U qayta taʼmirlanish jarayonida boʻlgan. Gongkongning korrupsiyaga qarshi xizmati taʼmirlash loyihasida korrupsiya alomatlari boʻyicha surishtiruv boshlaganini bildirdi.
Yongʻin 1996 yildan buyon Gongkongda sodir boʻlgan eng halokatli yongʻin boʻldi. 1996 yil noyabrida Koulundagi savdo binosida yuz bergan yongʻinda 41 kishi halok boʻlgan edi.
Jahon
28.11.2025, 09:49
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Oy borib omon qaytmayotgan oʻgʻlonlar...
Oʻzbekiston
17.11.2025, 17:41

Ramazon oyi 2026 yil 19 fevraldan boshlanishi kutilmoqda
Madaniy
11.11.2025, 09:23

Tolibon Oʻzbeksiton chegarasida nima qurmoqda?
Jahon
06.11.2025, 12:11

Isitish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha baʼzaviy meʼyor 5 barobarga oshiriladi
Oʻzbekiston
30.10.2025, 17:05

Yangi aeroport qurilishi uchun aholi uylari buziladimi?
Oʻzbekiston
30.10.2025, 12:33

Isitish tizimi qachon yoqiladi va harorat qanday boʻlishi kerak?
Oʻzbekiston
29.10.2025, 14:57
So‘nggi yangiliklar

Elektron sigaretalarni oʻtkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
Oʻzbekiston
28.11.2025, 10:01

Ekoreydlar natijasida chiqindi yoqayotgan korxonalar aniqlandi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 16:20

Moskva viloyatidagi masjidda OMON reyd oʻtkazdi
Jahon
27.11.2025, 14:24

Toshkent IES boʻyicha video haqiqatga toʻgʻri kelmaydi — Energetika vazirligi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 11:41

Aliment toʻlovchilar chet davlatga chiqishi mumkin boʻladi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 09:55

Oʻzbek—fransuz universiteti tashkil etiladi
Oʻzbekiston
27.11.2025, 09:38

Gateway cherkovi asoschisi 12 yoshli qizga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qilganini tan oldi
Jahon
26.11.2025, 12:22

Qaddofiyning yoʻqolgan boyliklari qayerda? 14 yillik qidiruv va hanuz ochilmagan sirlar
Jahon
26.11.2025, 10:42

Eron–Turkiya Janubiy Yoʻlagi Markaziy Osiyo uchun nega muhim?
Iqtisodiyot
26.11.2025, 09:23

Saudiya Arabistoni ikki yangi alkogol doʻkonini ochadi — Reuters
Jahon
26.11.2025, 08:26

Avtomobillar uchun toq va juft sanalarda harakatlanishni cheklash amaliyoti joriy etiladi
Oʻzbekiston
25.11.2025, 17:11
Mashhur yangiliklar

Oy borib omon qaytmayotgan oʻgʻlonlar...
Oʻzbekiston
17.11.2025, 17:41

Ramazon oyi 2026 yil 19 fevraldan boshlanishi kutilmoqda
Madaniy
11.11.2025, 09:23

Tolibon Oʻzbeksiton chegarasida nima qurmoqda?
Jahon
06.11.2025, 12:11

Isitish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha baʼzaviy meʼyor 5 barobarga oshiriladi
Oʻzbekiston
30.10.2025, 17:05

Yangi aeroport qurilishi uchun aholi uylari buziladimi?
Oʻzbekiston
30.10.2025, 12:33

Isitish tizimi qachon yoqiladi va harorat qanday boʻlishi kerak?
Oʻzbekiston
29.10.2025, 14:57
