Gateway cherkovi asoschisi 12 yoshli qizga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qilganini tan oldi

Texas shtatidagi Gateway yirik cherkovining asoschisi va sobiq bosh pastori Robert Morris 12 yoshli qizga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qilganini sudda tan oldi. Robert Morrisga Oseydj okrugi prokuraturasi tomonidan bolaga nisbatan besh epizod boʻyicha axloqqa zid harakatlar sodir etganlik ayblovi qoʻyildi. Tergovga koʻra, zoʻravonlik 1982 yil dekabrida boshlangan — oʻshanda jabrlanuvchi 12 yoshda, Morris esa taxminan 21 yoshda boʻlgan.

Jahon

26.11.2025, 12:22

Ulashish:

Ayblov materiallarida qayd etilishicha, u oʻsha paytda Morris Injil targʻibotchisi sifatida Xomini shahridagi qizaloq oilasi uyida turgan va jinsiy zoʻravonlik bir necha yil davom etgan. Hodisalar jabrlanuvchi 16 yoshga toʻlguncha toʻxtamagan.

2025 yil 2 oktabr kuni Morris Oseydj okrugi sudida barcha besh ayblov boʻyicha oʻzini aybdor deb tan oldi. Sud prokurorlik bilan kelishuv asosida unga quyidagi jazolarni tayinladi:

  • 10 yil shartli jazo
  • 6 oylik qamoq (okrug hibsxonasida)
  • umrbod jinsiy jinoyatchi sifatida roʻyxatdan oʻtish
  • jabrlanuvchi Sindi Klemishirga 250 000 dollar tovon puli toʻlash

Jabrlanuvchi Sindi Klemishir sud jarayonida shaxsan ishtirok etdi.

Jahon

26.11.2025, 12:22

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Epshteynga oid hujjatlar internetdan olib tashlandi

AQSh Adliya vazirligi Jeffri Epshteyn ishi boʻyicha eʼlon qilingan minglab hujjatlarni internetdan olib tashladi. Bu kamida 100 nafar jabrlanuvchining hayotini jiddiy izdan chiqargan. 

Jahon

06.02.2026, 17:04

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar

Yuzlab bolalar va ayollarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etganlikda ayblangan marhum milliarder Jeffri Epshteyn soʻnggi kunlarda yana jahon axborot makoni markazida turibdi.

Jahon

03.02.2026, 16:44

Angrenda zoʻravonlikka uchragan 15 yoshli qizning ahvoli haqida xabar berildi

2025 yil iyul oyida Angrenda toʻrt nafar yigit tomonidan voyaga yetmagan qizga nisbatan zoʻravonlik sodir etilgan edi. Qiz maxsus maktabda taʼlim olgan va buvisi bilan yashagan. Onasi uning hayotida ishtirok etmagan, otasi esa boʻlmagan. Taʼkidlanishicha, qiz 2024 yil avgust–oktabr oylarida bir necha bor zoʻravonlikka duch kelgan. Gumonlanuvchilardan biri voyaga yetmagan oʻsmir boʻlgan. 

Oʻzbekiston

19.11.2025, 13:27

Oʻzbekistonda oilaviy zoʻravonlikka doir qancha ish sudda koʻrilgani aytildi

Oʻzbekistonda oilaviy zoʻravonlikka doir qancha ish sudda koʻrilgani aytildi

Oʻzbekistonda oilaviy (maishiy) zoʻravonlik holatlaridan qanchasi sudda koʻrib chiqilgani hamda taraflarga qanday jazolar berilgani boʻyicha "Sukut saqlama" ("NeMolchi.uz") loyihasi oʻzining olib borgan tadqiqotini eʼlon qildi. Mazkur oʻrganish Oʻzbekiston Oliy sudi tomonidan internetda eʼlon qilingan sud qarorlarining ochiq bazasiga tayangan holda amalga oshirilgan.

Oʻzbekiston

11.12.2024, 11:57

Buxoroda ayol qizining yuz-qoʻliga qizigan kapgirni bosdi

Buxoroda ayol qizining yuz-qoʻliga qizigan kapgirni bosdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida istiqomat qiluvchi ayol toʻqqiz yoshli qizining qoʻllari va yuz qismiga qizigan oshxona temir kapgirini bosib, farzandiga tan jarohati yetkazgani tasvirlangan video tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi. 

Oʻzbekiston

04.11.2024, 11:38

Оилада болаларга нисбатан зўравонлик содир этганлар жавобгарликка тортилади

Oilada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlar javobgarlikka tortiladi

Kecha, 21-oktyabr kuni Prezident tomonidan bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Bu haqda "Huquqiy axborot" Telegram-kanalida ma’lum qilindi. 

Oʻzbekiston

22.10.2024, 11:50

So‘nggi yangiliklar

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?

Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.

Jahon

10.03.2026, 13:04

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 12:26

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak

AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya hukumatini Eron ayollar terma jamoasi futbolchilariga siyosiy boshpana berishga chaqirdi. Agar Avstraliya sportchilarga boshpana bermasa, buni AQSh amalga oshiradi, dedi u. 

Jahon

10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi

London xalqaro moliyaviy birjasida 2026 yil may oyida yetkazib beriladigan Brent nefti fyucherslari narxi 2022 yil 30 avgustdan beri ilk bor bir barrel uchun 102 dollardan oshdi.

Iqtisodiyot

10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda

Baxtiyor Shuhratovich Fozilov Eriell Group, Enter Engineering, Saneg va Ferkensco kabi yirik kompaniyalarning asosiy aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.

Oʻzbekiston

09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov

Hurmuz boʻgʻozida yuzaga kelgan keskin vaziyat global savdo va energetika bozorlariga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirda Fors koʻrfazi hududida 250 ga yaqin kema toʻxtab qolgani dunyo taʼminot zanjirlari va neft narxlariga bosimni kuchaytirmoqda.

Iqtisodiyot

09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda jazo oʻtayotgan ayollarga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarosining TikTok tarmogʻiga joylagan videosi hamda uning politsiya tomonidan ushlangani haqida turli xabarlar tarqaldi. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg

Gʻarbiy Osiyodagi beqarorlik kuchayib, Eronning AQSh va Isroil zarbalariga javob qaytarishi logistika muammolarini keltirib chiqardi.

Iqtisodiyot

08.03.2026, 07:43

Qashqadaryoga 800 ta kitobdan iborat sepi bilan kelgan kelin

Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumaniga Andijondan kelin boʻlib tushgan Nasibaxon Ibrohimova kelinlik sepiga odatdagidek turli maishiy buyumlar emas, balki 800 ta ilmiy va badiiy kitob qoʻshib olib keldi.

Madaniy

08.03.2026, 07:37

Vengriya konfiskovala ukrainskiye millionы i zoloto: diplomaticheskiy skandal mejdu Kiyevom i Budapeshtom.

Vengriya zaderjala sem ukrainsev i dva bronirovannыx avtomobilya s millionami yevro i 9 kg zolota, otkrыv rassledovaniye po otmыvaniyu deneg. Kiyev obvinyayet Orbana v politicheski motivirovannoy provokatsii, Zelenskiy prigrozil premeru, vыzыvaya shok i napryajeniye v Vengrii. 

Iqtisodiyot

07.03.2026, 14:42

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.

1–5 martda Yaqin Sharqdan Oʻzbekistonga 9 361 nafar, Qozogʻistondan esa 4 700dan ortiq fuqaro evakuatsiya qilindi. Evakuatsiya aviareyslar va nazorat yoʻllari orqali tizimli va bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirilmoqda. 

Siyosat

07.03.2026, 14:19