Ilon Mask atrofidagi soʻnggi yangiliklar: katta boylik va jiddiy ayblovlar
Soʻnggi kunlarda amerikalik milliarder Ilon Mask haqida bir vaqtning oʻzida ham ijobiy, ham salbiy xabarlar tarqaldi.
Jahon
06.02.2026, 12:01
Ulashish:

Mask boyligi keskin oshdi
Ilon Maskka tegishli SpaceX kompaniyasi sunʼiy intellekt va ijtimoiy tarmoqlar sohasida faoliyat yurituvchi xAI kompaniyasi bilan birlashtirildi. Natijada milliarderning boyligi 84 milliard dollarga oshib, 852 milliard dollarga yetdi.
Tahlillarga koʻra, SpaceX kompaniyasi 1 trillion dollarga, xAI esa 250 milliard dollarga baholanmoqda. Ikki kompaniyaning umumiy qiymatidagi 43 foiz ulush, yaʼni 542 milliard dollar Ilon Maskka tegishli.
Shuningdek, uning asosiy aktivlari quyidagilardan iborat:
- Tesla kompaniyasidagi 12 foiz ulushi — 178 milliard dollar;
- Tesla aksiyalari orqali — 124 milliard dollar.
Fransiyada X kompaniyasi ofisi tintuv qilindi
Shu bilan birga, Fransiyada Ilon Maskka tegishli X (sobiq Twitter) kompaniyasining Parijdagi ofisi mahalliy politsiya tomonidan tintuv qilindi. Bu haqda Parij prokuraturasi maʼlum qildi.
Rasmiy maʼlumotga koʻra, tergov quyidagi jinoyatlar boʻyicha olib borilmoqda:
- bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik tasvirlarini saqlash va tarqatishga sheriklik qilish;
- deepfake texnologiyalari orqali shaxslarning roziligisiz jinsiy tasvirlar yaratish;
- insoniyatga qarshi jinoyatlarni inkor etish.
Ilon Mask va X kompaniyasining sobiq rahbari Linda Yakkarino aprel oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan sud majlisiga chaqirilgan.
Mask ijtimoiy tarmoqlarda bu holatni “siyosiy hujum” deb baholab, Fransiya rasmiylari bunday tekshiruvlar oʻrniga jinsiy jinoyatchilarga qarshi kurashga eʼtibor qaratishi lozimligini bildirgan.
Xalqaro tekshiruvlar kuchaymoqda
Soʻnggi kunlarda bir qator Yevropa davlatlari va Avstraliya ham X platformasiga nisbatan tekshiruvlar boshlagan. Bunga platformaning sunʼiy intellekt chat-boti Grok foydalanuvchi soʻrovlariga javob sifatida ayollar va bolalarning shahvoniy tasvirlarini taqdim etgani sabab boʻlgan.
Avstraliyaning kiberxavfsizlik boʻyicha komissari Juli Inman Grant Guardian nashriga bergan intervyusida bu jarayonni “burilish nuqtasi” deb atadi. Uning taʼkidlashicha, jahon hamjamiyati bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik materiallari yaratishi mumkin boʻlgan texnologiyalarga qarshi qatʼiy pozitsiyani shakllantirmoqda.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Jahon
06.02.2026, 12:01
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

Ilon Mask Trampning asosiy qonun loyihasini "jirkanch razolat" deb atadi
Jahon
04.06.2025, 12:40

AQSh Ilon Maskni sudga berdi
Jahon
29.10.2024, 15:47
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
