Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

Ulashish:

Xitoy falaj boʻlgan odamlarga qoʻl harakatlarini qisman tiklashga yordam beradigan ilk miya implantiga tijoriy ruxsatnoma bergan birinchi davlat boʻldi. Qurilma Xitoyning Neuracle Medical Technology kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, u miya–kompyuter interfeysidan foydalanadi.

Miya–kompyuter interfeysi shunday qurilmaki, u miyadagi signallarni oʻqib, insonga fikr orqali qurilmalarni boshqarish imkonini beradi. Natijada inson shunchaki fikr yordamida kompyuterdan foydalanishi, yaʼni yuqoridagi qurilma yordamida protez qoʻlni harakatlantirishi mumkin.

Neuracle tizimlari boʻyin sohasidagi umurtqa pogʻonasining jiddiy shikastlanishi oqibatida falaj boʻlib qolgan kishilarga moʻljallangan. Bunday shikastlanishlar miya signallarining qoʻllarga yetib borishiga toʻsqinlik qilishi mumkin.

Tizim qoʻlni harakatlantirishga oid miya buyruqlarini aniqlaydi. Soʻngra bu buyruqlar maxsus dastur yordamida qayta ishlanib, bemor taqib olgan robot-qoʻlqopga yuboriladi. Qoʻlqop esa havo kuchi yordamida qoʻlning ochilib-yopilishiga koʻmaklashadi, bu esa foydalanuvchiga narsalarni ushlash imkonini beradi.

Bu qurilmadan hozircha barcha bemorlar ham foydalana olmaydi. Manbalarga koʻra, u 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan, bir yildan ortiq vaqt davomida falaj holatida boʻlib, soʻnggi olti oyda ahvoli barqarorlashgan kattalar uchun moʻljallangan.

Qurilma qoʻli bilan narsalarni ushlay olmaydigan, ammo yelka va bilak qismida maʼlum darajada harakat saqlanib qolgan kishilar uchun ishlab chiqilgan.

Soʻnggi yillarda Xitoy miya–kompyuter interfeysi texnologiyasiga kiritilayotgan sarmoyalar hajmini oshirib bormoqda. “South China Morning Post” nashrining yozishicha, yaqinda mamlakat ushbu texnologiyani milliy strategik ustuvor yoʻnalishlar qatoriga kiritgan. Endi esa uni kelajakdagi iqtisodiy oʻsishning potensial harakatlantiruvchi kuchi sifatida istiqboldagi iqtisodiy rejaga kiritish masalasi koʻrib chiqilmoqda.

Bu yangilik butun dunyo boʻylab kompaniyalar shunga oʻxshash texnologiyalarni bozorga olib chiqish uchun poyga qilayotgan bir paytda yuz bermoqda.

Oʻtgan yili Xitoyning Shanghai NeuroXess kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yana bir miya–kompyuter interfeysi xalqaro eʼtiborni tortgan edi. Oʻshanda orqa miyaning ogʻir jarohati tufayli sakkiz yil davomida falaj boʻlib qolgan 28 yoshli bemor miya implanti oʻrnatilganidan besh kun oʻtib, oʻz fikrlari yordamida raqamli qurilmalarni boshqara olgan edi.

 

Neuralink ham orqada qolmayapti

Ilon Maskning “Neuralink” kompaniyasi yaratgan miya chiplari oʻrnatilgan odamlar faqatgina fikr yordamida robot-qoʻllarni harakatga keltira olishi xabar qilingan. 

Unga koʻra, qurilma odamlarga kompyuter va smartfonlarni boshqarish imkoniyatini berishdan ancha yuqori bosqichga chiqqan.

Muallif: Isomiddin JUMANAZAROV

Mavzuga oid yangiliklar

Xitoyning sunʼiy intellekt dasturlari senzura bosimi ostidami?

Xitoyning sunʼiy intellekt (SI) chat-botlari koʻpincha siyosiy savollarga javob berishdan bosh tortadi yoki rasmiy davlat pozitsiyasini takrorlaydi.

Fan-texnologiya

22.02.2026, 09:08

«Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston – Tojikiston» yoʻnalishi boʻylab ilk yuk poyezdi yoʻlga chiqdi

Xitoy va Markaziy Osiyo oʻrtasida yangi transport yoʻlagi ish boshladi. Uning doirasida ilk sinovdagi yuk poyezdi Lanchjoudan Dushanbe shahriga yoʻl oldi.

Iqtisodiyot

20.02.2026, 10:10

Xitoy Afrikadan olib kiriladigan mahsulotlarga bojlarni bekor qiladi

Xitoy Prezidenti Si Szinpinning bayonotiga koʻra, 1 maydan boshlab Afrika qitʼasining deyarli barcha mamlakatlaridan import qilinadigan mahsulotlarga bojni olib tashlaydi. 

Jahon

16.02.2026, 15:19

Ilon Mask atrofidagi soʻnggi yangiliklar: katta boylik va jiddiy ayblovlar

Soʻnggi kunlarda amerikalik milliarder Ilon Mask haqida bir vaqtning oʻzida ham ijobiy, ham salbiy xabarlar tarqaldi.

Jahon

06.02.2026, 12:01

Xitoy «odamsimon» sunʼiy intellekt uchun qatʼiy qoidalar joriy qilmoqda

Qoidalar inson xislatlari, fikrlash modellari va muloqot uslublarini taqlid qiluvchi, shuningdek, matn, tasvir, audio yoki video orqali foydalanuvchilar bilan hissiy aloqa oʻrnatuvchi mahsulot va xizmatlarga nisbatan qoʻllaniladi.

Jahon

05.02.2026, 12:27

Xitoyda prezervativlar uchun soliq oshirildi

Xitoy aholisi soʻnggi uch yil davomida muntazam kamayib bormoqda. 2024 yilda mamlakatda atigi 9,54 million chaqaloq tugʻilgan boʻlib bu koʻrsatkich oʻn yil oldingi darajaning taxminan yarmiga teng.

Jahon

03.01.2026, 14:55

So‘nggi yangiliklar

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi

Shahar chorrahalari yagona sunʼiy intellektli tizimga ulanib, transport oqimini samarali tartibga solish va tirbandliklarni kamaytirish imkoni paydo boʻladi. 

Oʻzbekiston

13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi

JIB Mirobod tumani sudi sudyasi M. Axmedov Abduraxmon Tashanovga nisbatan Respublika Harbiy prokurori tomonidan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish materiallarini rad etdi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 16:56