"iPhone 17" olib kirmoqchisizmi? Bojxonada yangi qoidalar kuchga kirdi
Mobil qurilmaning bojxona qiymati chek, kvitansiya yoki boshqa tijorat hujjatlarida koʻrsatilgan narxlardan kelib chiqib belgilanadi.
Iqtisodiyot
06.10.2025, 12:18
Ulashish:

Maʼlumki, soʻngi vaqtlarda bojxona chegarasi orqali notijorat maqsadida mobil qurilmalarni olib kirish jarayonida toʻlovlar bilan bogʻliq savollar koʻpaymoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 19 apreldagi 244-son qarori bilan jismoniy shaxslar shaxsiy ehtiyoji uchun olib kiradigan tovarlar uchun bojsiz olib kirish meʼyorlari quyidagicha belgilangan.
Havo transporti orqali — 1000 AQSh dollarigacha, Temir yoʻl va daryo transporti orqali — 500 AQSh dollarigacha, avtomobil yoki piyoda oʻtkazish punktlari orqali — 300 AQSh dollarigacha belgilangan.
Agar mobil qurilmaning qiymati belgilangan normadan oshsa, meʼyordan ortiq qismga nisbatan 30 foiz miqdorida yagona bojxona toʻlovi undiriladi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 31 yanvardagi 55-son qaroriga muvofiq, bojxona organlari tomonidan bojxona kirim orderini toʻldirish va rasmiylashtirish uchun BHMning 25 foizi (103 000 soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.
Mobil qurilmaning bojxona qiymati chek, kvitansiya yoki boshqa tijorat hujjatlarida koʻrsatilgan narxlardan kelib chiqib belgilanadi.
Agar shaxs tovar qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasa, bojxona organi mustaqil ravishda qiymatni belgilaydi. Bu holda ular qoʻlidagi elektron deklaratsiya bazasi maʼlumotlari yoki muqobil manbalar (ishlab chiqaruvchi kompaniyalar narxlari, rasmiy preys-listlar, byulletenlar va boshqalar)dan foydalanadi.
Masalan, fuqaro tomonidan "iPhone 17" olib kirilganda, agar chegarada chek yoki kvitansiya taqdim etilsa, bojxona qiymati aynan shunday hujjatlardagi summa asosida belgilanadi.

Agar hujjatlar boʻlmasa, narx ishlab chiqaruvchi "Apple" kompaniyasining fuqaro kelgan davlatdagi rasmiy saytidagi maʼlumotlar asosida hisoblanadi.
Shuningdek, qurilmaning bojxona qiymati uni olib kirilayotgan davlatdagi bozor narxlari bilan ham bogʻliq boʻladi.
Bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, "iPhone 17" modelini bojxona rasmiylashtirishda qoʻllanilayotgan qiymatlar fuqarolar uni asosan olib kelayotgan davlatlar kesimida aniqlanmoqda.
Yangi maʼlumotlar va davlatlar boʻyicha narxlar yangilanganda qoʻshimcha rasmiy axborot taqdim etiladi.
Fuqarolar uchun mobil qurilmalarni olib kirishdagi bojxona tartiblari aniqlashtirildi. Asosiy tavsiya — chek va tijorat hujjatlarini saqlash hamda bojxonada ularni taqdim etish. Bu orqali ortiqcha toʻlov va noaniqliklarning oldi olinadi.
Iqtisodiyot
06.10.2025, 12:18
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekistonda taqiqlangan va cheklov qoʻyilgan tovarlar roʻyxati ochiqlanadi
Iqtisodiyot
08.12.2025, 10:15

Chet eldan olib kelingan dorilar tarkibida xavfli moddalar aniqlandi
Oʻzbekiston
27.09.2025, 10:01

Bojxona va soliq qoʻmitalari xodimlarining noqonuniy harakatlari fosh etildi
Oʻzbekiston
20.09.2025, 12:25

Davlat byudjetiga 34,2 milliard soʻm zarar yetkazilishining oldi olindi
Oʻzbekiston
19.08.2025, 12:28

Bojxonada 8 ming 860 quti tamaki mahsuloti ushlandi
Oʻzbekiston
23.07.2025, 10:03

Porani naqdda emas plastik karta orqali olgan inspektor qoʻlga olindi
Oʻzbekiston
18.07.2025, 14:36
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
