Davlat byudjetiga 34,2 milliard soʻm zarar yetkazilishining oldi olindi

Bojxona qoʻmitasining tezkor tuzilmalari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash borasida olib borilgan tezkor tadbir natijasida davlat byudjetiga 34,2 milliard soʻm zarar yetkazilishining oldi olindi.

Ulashish:

Bojxona qoʻmitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Andijon, Samarqand, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmalari va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda transchegaraviy jinoiy guruhni fosh qilish maqsadida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Qirgʻiziston Respublikasi bojxona xizmatidan olingan tezkor maʼlumotga asosan havo yoʻllari orqali “Xitoy-Qirgʻiziston” yoʻnalishida Bishkek shahriga olib kelingan xalqaro kurerlik joʻnatmasida Oʻzbekiston Respublikasi aksiz markalarining 2,5 million dona qalbaki nusxalari borligi aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, Xitoyda tayyorlangan ushbu soxta markalar dastlab Qirgʻizistonga, soʻngra Oʻzbekistonga olib kirilishi rejalashtirilgan. Oʻtkazilgan tezkor tadbirning dastlabki bosqichida Bishkek shahrida aksiz markalarni Oʻzbekistonga olib ketish maqsadida qabul qilib olgan qoʻshni mamlakat va Oʻzbekiston fuqarolari bojxona xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

Shundan soʻng, tezkor tadbir Oʻzbekiston hududida, yaʼni Andijon viloyatining Boʻston tumanida davom ettirilib, qalbaki aksiz markalarni qabul qilib olayotgan Oʻzbekiston fuqarosi ham qoʻlga olindi. Ushbu fuqaro qalbaki aksiz markalarni Samarqand viloyatida yashovchi fuqaroga yetkazib berishi kerak edi.

Tezkor tadbirning yakuniy bosqichi Samarqand viloyatida oʻtkazilib, nihoyat qalbaki aksiz markalarni qabul qilib oluvchi asosiy shaxs ham qoʻlga olindi. Ushbu fuqaroning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganida esa u yerda Oʻzbekiston Respublikasi aksiz markalarining 710 ming dona qalbaki nusxalari borligi aniqlandi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 3 million 210 ming dona Oʻzbekistonda alkogol mahsulotlarini qadoqlash uchun foydalaniladigan qalbaki aksiz markalar aylanmasiga chek qoʻyildi.

Buning natijasida esa davlat byudjetiga 34,2 milliard soʻm zarar yetkazilishining oldi olindi. Shu bilan birga, minglab yurtdoshlarimizning salomatligi asrab qolindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Oʻzbekiston

19.08.2025, 12:28

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekistonda taqiqlangan va cheklov qoʻyilgan tovarlar roʻyxati ochiqlanadi

Oʻzbekiston hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzit orqali oʻtkazish taqiqlangan tovarlar boʻyicha yagona elektron ochiq reyestr joriy etiladi. Yangi tizim har bir fuqaro va tadbirkor uchun ochiq tarzda mavjud boʻladi.

Iqtisodiyot

08.12.2025, 10:15

"iPhone 17" olib kirmoqchisizmi? Bojxonada yangi qoidalar kuchga kirdi

Mobil qurilmaning bojxona qiymati chek, kvitansiya yoki boshqa tijorat hujjatlarida koʻrsatilgan narxlardan kelib chiqib belgilanadi.

Iqtisodiyot

06.10.2025, 12:18

Chet eldan olib kelingan dorilar tarkibida xavfli moddalar aniqlandi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasining “Uchqoʻrgʻon” chegara bojxona posti orqali boshqa nom ostida xavfli moddalar olib oʻtilishining oldi olindi.

Oʻzbekiston

27.09.2025, 10:01

Bojxona va soliq qoʻmitalari xodimlarining noqonuniy harakatlari fosh etildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bojxona qoʻmitasining shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

20.09.2025, 12:25

Bojxonada 8 ming 860 quti tamaki mahsuloti ushlandi

Amaldagi tartib bilan jismoniy shaxslarga xorijdan bojxona chegarasi orqali 200 donadan koʻp boʻlmagan miqdordagi tamaki mahsulotini olib kirishga ruxsat etiladi.

Oʻzbekiston

23.07.2025, 10:03

Porani naqdda emas plastik karta orqali olgan inspektor qoʻlga olindi

Porani naqdda emas plastik karta orqali olgan inspektor qoʻlga olindi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi "Uchqoʻrgʻon" chegara bojxona postining bojxona nazorati va rasmiylashtiruv guruhi inspektori xorijdan olib kelingan 57 dona "Iphone 16 PRO MAX" qurilmalarini tanishlari orqali IMEI-kodi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazib berish evaziga har bir qurilma uchun 100 AQSh dollaridan jami 5700 AQSh dollari hamda muqaddam fuqaro tomonidan chet eldan deklaratsiyada koʻrsatmagan holda kiyim-kechaklarni olib kelganligi yuzasidan chora koʻrmaganligi evaziga 400 AQSh dollari talab qiladi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston

18.07.2025, 14:36

So‘nggi yangiliklar

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 13:05

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari nega boʻrtma?

Klaviaturadagi “F” va “J” tugmalari ostidagi kichik boʻrtma tepalikchalar bejiz joylashtirilmagan. Ularning asosiy vazifasi — qoʻl barmoqlarini klaviaturaga qaramasdan toʻgʻri joylashtirishga yordam berish.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 12:44

Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin

Oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash tizimini takomillashtirish maqsadida amaldagi tartibga muhim oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

18.03.2026, 11:20

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti sanasiga oid dastlabki maʼlumotlar eʼlon qilindi. Unga koʻra, bayram 20 mart kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 10:06

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi

Ishdan noqonuniy boʻshatilgan fuqaro oʻz huquqlarini tiklash yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga murojaat qildi. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 09:46

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 13:40

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43