#bojxona

Porani naqdda emas plastik karta orqali olgan inspektor qoʻlga olindi

Porani naqdda emas plastik karta orqali olgan inspektor qoʻlga olindi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi "Uchqoʻrgʻon" chegara bojxona postining bojxona nazorati va rasmiylashtiruv guruhi inspektori xorijdan olib kelingan 57 dona "Iphone 16 PRO MAX" qurilmalarini tanishlari orqali IMEI-kodi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazib berish evaziga har bir qurilma uchun 100 AQSh dollaridan jami 5700 AQSh dollari hamda muqaddam fuqaro tomonidan chet eldan deklaratsiyada koʻrsatmagan holda kiyim-kechaklarni olib kelganligi yuzasidan chora koʻrmaganligi evaziga 400 AQSh dollari talab qiladi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston

18.07.2025, 14:36

Oʻzbekistonda 6 oyda qancha bojxona toʻlovlari oʻtkazilgani ochiqlandi

Oʻzbekistonda 6 oyda qancha bojxona toʻlovlari oʻtkazilgani ochiqlandi

Bojxona qoʻmitasi 6 oy ichida 11 mingdan ortiq tadbirkorlarga 24,6 trln soʻm bojxona toʻlovlaridan imtiyoz va preferensiyalar qoʻllanildi, 2,8 trln soʻm bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlashga ruxsat berildi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston

11.07.2025, 13:54

Oʻzbekistonga yarim tonnadan ortiq "gashish" olib kirmoqchi boʻlganlar ushlandi

Oʻzbekistonga yarim tonnadan ortiq "gashish" olib kirmoqchi boʻlganlar ushlandi

Surxondaryoda supurgilar dastasida yashirilgan 612 kg "gashish" giyohvandlik vositasini olib kirishga uringanlar qoʻlga olindi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

10.02.2025, 17:20

"Gʻishtkoʻprik" posti toʻrt oyga yopiladi

"Gʻishtkoʻprik" posti toʻrt oyga yopiladi

Joriy yilning 5 fevralidan boshlab "Gʻishtkoʻprik" chegara bojxona posti toʻrt oy muddatga yopiladi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

03.02.2025, 11:09

Buxoroda chegaradan katta miqdorda pul oʻtkazmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Joriy yilning 25 sentabr kuni Buxoro viloyati Olot tumanida joylashgan bojxona chegara postidan yashirincha 50 ming AQSh dollari miqdoridagi pulni olib oʻtmoqchi boʻlgan fuqaro ushlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasining axborot xizmati maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

02.10.2024, 11:46