Ai-80 benzinidan voz kechildi. Ai-92 yoqilgʻisini yetkazib berolamizmi?
Ai-80 markali benzin ishlab chiqarish 2024 yil 1 sentabrdan toʻxtatilgan, 1 dekabrdan esa sotuvdan chiqarilgan. Ushbu markaning oʻrnini qoplash uchun yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish koʻpaytirilgan.
Iqtisodiyot
16.12.2025, 15:43
Ulashish:

Oʻzbekiston qish mavsumida yoqilgʻiga boʻlgan talabni qoplash maqsadida qoʻshimcha choralar koʻrmoqda. Gaz toʻldirish shoxobchalari faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlar va isteʼmolning ortishi sharoitida mamlakat avtomobil benzini, dizel yoqilgʻisi va aviakerosin bilan barqaror taʼminlashni kuchaytirmoqda. Bu haqda 11 dekabr kuni Qonunchilik palatasi yigʻilishida energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov maʼlum qildi.
Vazirning taʼkidlashicha, qishki davrda yoqilgʻi taʼminoti uzluksiz boʻlishi uchun ishlab chiqarish va import hajmlari qayta koʻrib chiqilgan.
Dizel yoqilgʻisiga talab
Maʼlum qilinishicha, dizel yoqilgʻisiga boʻlgan umumiy talab 776 ming tonnaga yetishi kutilmoqda. Ushbu talabni qondirish uchun jami 740 ming tonna dizel yetkazib berish rejalashtirilgan. Jumladan:
- 317 ming tonna — «Oʻzbekneftgaz» tomonidan;
- 196 ming tonna — Saneg kompaniyasi tomonidan;
- 227 ming tonna — import hisobiga.
Aviakerosinga ehtiyoj
Turizm va aviaqatnovlar hajmining oshishi sabab aviakerosinga boʻlgan talab ham ortib bormoqda. Vazirning soʻzlariga koʻra, 223 ming tonna aviatsiya kerosiniga boʻlgan ehtiyojni qondirish uchun 168 ming tonnasi mamlakatda ishlab chiqariladi, 74 ming tonnasi esa import qilinadi.
Ai-80 oʻrniga Ai-92
Eslatib oʻtamiz, Ai-80 markali benzin ishlab chiqarish 2024 yil 1 sentabrdan toʻxtatilgan, 1 dekabrdan esa sotuvdan chiqarilgan. Ushbu markaning oʻrnini qoplash uchun yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish koʻpaytirilgan.
«Ai-92 va undan yuqori benzin ishlab chiqarish hajmini oyiga 80 ming tonnadan 100 ming tonnagacha oshirdik. Shu bilan birga, zaxira ham shakllantirildi», — dedi vazir.
Maʼlumotlarga koʻra, davlat gaz zaxirasidan tashqari, «Oʻzbekneftgaz» hozirda qishki ehtiyoj uchun 85 ming tonna benzin zaxirasiga ega.
Import koʻrsatkichlari
Bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning dastlabki 11 oyida neft mahsulotlari importi 1,42 mlrd dollarga yetgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizga koʻp. Jumladan:
- dizel importi — 500 mln dollar (+70%);
- benzin importi — 441,7 mln dollar (+14,3%).
Dizel yoqilgʻisining fizik hajmi qariyb 1,9 baravarga oshib, 365,2 ming tonnadan 679,5 ming tonnaga yetgan. Benzin importi esa 12,6 foizga oʻsib, 662,4 mln litrdan 746,1 mln litrgacha koʻpaygan.
Shuningdek, Oʻzbekiston aviatsiya kerosini importini 2,6 baravarga oshirib, 28 ming tonnadan 74,1 ming tonnaga yetkazgan. Qiymat jihatidan bu koʻrsatkich 21,4 mln dollardan 65,8 mln dollargacha oʻsgan.
Iqtisodiyot
16.12.2025, 15:43
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
