Ayrim tadbirkorlar import QQSni boşqaça tölaydi
2027 yil 1 yanvardan ayrim tadbirkorlar import QQSini soliq organlaridagi ortiqça tölovlar hisobidan qoplaşi mumkin böladi. Yangi tartib kimlarga tegişli?
Iqtisodiyot
16.11.2026, 15:22
Ulashish:

Rasm AI yordamida yaratildi
Mazkur tartib Adliya vazirligi tomonidan 2026 yil 31 oktyabrda 3966-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan nizomda belgilangan.
Yangi tartib kimlarga tatbiq etiladi?
QQS summalarini özaro hisobga oliş imkoniyati quyidagi toifadagi tadbirkorlik sub’ektlariga beriladi:
Yirik soliq tölovçilar böyiça hududlararo soliq inspektsiyasi ma’murçiligidagi korxonalar;
Işlab çiqariş ehtiyojlari uçun xomaşyo va butlovçi qismlarni import qiluvçi elektrotexnika sanoati korxonalari;
Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingida «BBB» va undan yuqori toifaga ega tadbirkorlar. Davlat korxonalari hamda ustav kapitalida davlat uluşi 50 foiz yoki undan ortiq bölgan yuridik şaxslar bundan mustasno;
Xavf darajasi past bölgan va QQS tölovçisi guvohnomasi faol taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari.
QQSni özaro hisobga oliş jarayoni qanday amalga oşiriladi?
Tadbirkor import uçun bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etiş jarayonida QQSni soliq organidagi ortiqça tölovi hisobidan özaro hisobga oliş istagini bildiradi.
Buning uçun bojxona yuk deklaratsiyasining 47-grafasidagi «TU» ustunida «VZ» kodi körsatiladi.
Şundan söng Bojxona qömitasi axborot tizimlari orqali Soliq qömitasiga elektron sörov yuboradi. Soliq qömitasi soliq tölovçining şaxsiy hisobvarağida import uçun tölanişi lozim bölgan QQSni qoplaşga yetarli ortiqça tölov mavjudligini real vaqt rejimida avtomatik tekşiradi.
Tekşiruv natijasida zarur summa tasdiqlansa, özaro hisobga oliş dalolatnomasi Bojxona va Soliq qömitalarining axborot tizimlarida avtomatik şakllantiriladi.
Qanday hollarda yangi imkoniyatdan foydalanib bölmaydi?
Agar soliq tölovçida soliq qarzi yoki soliq xavfi summalari mavjud bölsa, şuningdek, unga nisbatan soliq nazorati tadbirlari ötkazilayotgan bölsa, belgilangan tartibda özaro hisobga oliş amalga oşirilmaydi.
Bunda soliq qarzi mavjud bölgan holatlarda tegişli qarz summalari çegirilgandan keyin ortiqça tölovning qolgan qismi hisobga olinişi mumkin.
Yangi mexanizm tadbirkorlik sub’ektlariga soliq organlaridagi ortiqça tölovlaridan import operatsiyalarida foydalaniş imkonini beradi. Bu orqali importda QQS tölovlarini amalga oşiriş jarayonini soddalaştiriş va soliq hamda bojxona organlari örtasidagi elektron hamkorlikni rivojlantiriş közda tutilgan.
Iqtisodiyot
16.11.2026, 15:22
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Ehtiyojmand oila farzandlarini bepul öqitadigan tadbirkorlarga yer 1 mln sömdan auksionga çiqariladi
Oʻzbekiston
10.09.2026, 10:06

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi
Oʻzbekiston
18.08.2026, 14:53

"Kafolatlangan birinchi qadam" hamda "Yoshlar mini-franshizasi" dasturlari joriy etiladi
Oʻzbekiston
30.06.2026, 14:37
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13
So'nggi yangiliklar

Özbekistonda noyabr oxirida havo 22 darajagaça isiydi
Oʻzbekiston
16.11.2026, 12:39

Hindistonda musulmonlar deportatsiya va hibs xavfiga duç kelmoqda
Jahon
16.11.2026, 11:02

Bugundan bank ilovalarida P2P ötkazmalar va biometriya talablari özgardi
Iqtisodiyot
16.11.2026, 10:31

Toşkentda 9 oyda 300 dan ortiq OIV yuqtiriş holati aniqlandi
Oʻzbekiston
16.11.2026, 10:21

Şohrux Ğiyosov lavozimidan ozod etildi
Oʻzbekiston
15.11.2026, 17:09

Yamanda qamal sabab kasalliklar tarqalmoqda
Jahon
14.11.2026, 14:21

Jensen Xuang Nvidia’dan ketdi: kompaniyani endi kim boşqaradi?
Jahon
14.11.2026, 13:19

Uç buyuk davlat rahbari Xitoyda uçraşadi
Jahon
14.11.2026, 10:05

AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi
Jahon
13.11.2026, 14:50

Toşkentda avtomobillarni evakuatsiya qiliş tartibi özgardimi?
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:32

Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasi joriy etildi
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:12

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13
