Shavkat Mirziyoyev “Fishvel Norin” korxonasi faoliyati bilan tanishdi
Norin tumanida baliqchilik rivojlangani yana bir yoʻnalishni vujudga keltirdi – korxona yonida zamonaviy restoran ham barpo etildi. Unda baliqdan turli xil taomlar tayyorlanib, mehmonlarga taklif qilinadi.
Iqtisodiyot
17.09.2025, 10:15
Ulashish:

“Fishvel Norin” korxonasi 3 million dollar hisobiga loyiha boshlagan. Ikki gektardan ziyod hududda 76 ta innovatsion havza tashkil etilgan. Hozirgi kunda shundan 40 tasi ishga tushirilgan boʻlib, super intensiv usulda gulmohi baligʻi yetishtirilmoqda. Umuman, bu yerda yiliga 2 ming tonna tansiq goʻsht yetishtirib, 5 million dollarlik eksport qilish moʻljallangan.
Muhim tomoni, korxona mahalliy aholini baliq yetishtirishga oʻrgatyapti. Xoʻjaqoʻrgʻoncha mahallasidagi 25 ta xonadon klaster bilan kooperatsiya qilib, har biri yiliga 150 million soʻmgacha daromad koʻryapti.
Buni yanada kengaytirib, Norin va Uchqoʻrgʻon tumanlaridagi 100 ta oilani baliqchilikka jalb etish rejalashtirilgan. Jumladan, 2 ming tonna gulmohidan 500 tonnasi xonadonlarda yetishtiriladi. Natijada 300 dan ziyod kishi ish bilan taʼminlanadi.
Baliqchilik rivojlangani yana bir yoʻnalishni vujudga keltirdi – korxona yonida zamonaviy restoran ham barpo etildi. Unda baliqdan turli xil taomlar tayyorlanib, mehmonlarga taklif qilinadi. Bu turizm va boshqa xizmatlar kengayishiga ham hissa qoʻshyapti.
Prezident mutasaddilarga respublika boʻyicha gulmohi yetishtirish mumkin boʻlgan tumanlarni aniqlab, mazkur tizimni ommalashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Niderlandiyalik hamkorlar bilan baliq ozuqasi ishlab chiqarish, Norindagi tik quduqlar yonida sunʼiy hovuzlar oʻrnatib, aholiga boʻlib berish boʻyicha vazifalar belgilandi.
Ayni paytda Namangan viloyatida meliorativ quduqlar atrofida davlat-xususiy sheriklik asosida yana 34 ta intensiv basseyn barpo etilgan. Yana bir jihat shundaki, baliq boqilgan suv minerallarga boyishi evaziga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda ishlatilmoqda. Bunda xorijlik mutaxassislar tajribasiga tayanilmoqda.
Shu yerda davlat rahbariga “Islohotlar shtabi” faoliyati yuzasidan axborot berildi. Qayd etilganidek, tadbirkorlar bilan birgalikda 1 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Ularning natijasida jami 12 ming ish oʻrni, byudjetga qoʻshimcha 200 milliard soʻm tushum, 160 million dollar eksport manbai paydo boʻladi.
Jumladan, shunday manzilli ishlar orqali Mingbuloq va Norin tumanlari iqtisodiyotini yaxshilash koʻzda tutilgan. Aholiga tayyor loyihalar berib hamda kasbga yoʻnaltirib, bandligini taʼminlash choralari belgilangan.
Prezident Norin tumanidagi “Rasulov Gʻofurjon oʻgʻli Bahodir” fermer xoʻjaligi dalasida ham boʻlib, paxta terimini koʻzdan kechirdi. Bu yerda xorijiy goʻza navi ekilib, yuqori hosil yetishtirilgan. Kimyoviy ishlov berishga uchuvchisiz apparatlar, terimga zamonaviy mashinalar jalb etilgan. Ular yordamida paxta nest-nobud qilinmay, toza terib olinyapti.
Iqtisodiyot
17.09.2025, 10:15
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev OTB bilan sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi
Oʻzbekiston
18.09.2025, 10:30

Boʻstonliqda “Chimyon” umummavsumiy kurorti barpo etilmoqda
Iqtisodiyot
16.09.2025, 20:34

Yangi Toshkent hududida “Peterburg mavzesi”ni barpo etiladi
Siyosat
11.09.2025, 09:01

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida muhim hujjatlar qabul qilindi
Siyosat
02.09.2025, 10:16

Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Oʻzbekiston
24.07.2025, 11:24

Shavkat Mirziyoyev Agʻdamdagi majmuaga tashrif buyurdi
Oʻzbekiston
04.07.2025, 10:40
Mashhur yangiliklar

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi
Ta'lim
15.06.2026, 14:23

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi
Jahon
26.05.2026, 10:27
So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarini almashdi
Oʻzbekiston
24.06.2026, 10:10

Yangi Namanganda yangi IT-park qurilishi boshlandi
Oʻzbekiston
23.06.2026, 16:05

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyuradi
Oʻzbekiston
23.06.2026, 12:58

Shimoliy Kaliforniya kutubxonasida otishma sodir bo‘ldi
Jahon
23.06.2026, 12:32

23-iyun – Xalqaro beva ayollar kuni
Jahon
23.06.2026, 11:13

Starmer ketdi. Britaniya yana bosh vazir izlayapti
Jahon
22.06.2026, 19:58

Sadir Japarov O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi
Oʻzbekiston
22.06.2026, 17:22

Tyumen hududiga berilgan dron zarbalari qaytarildi — Rossiya
Jahon
22.06.2026, 16:54

Ikkinchi jahon urushidagi yo'qotishlar
Jahon
22.06.2026, 15:18

Toshkent davlat pedagogika universiteti binosi sotuvga qo‘yildi
Oʻzbekiston
22.06.2026, 11:51

Surxondaryoda xalqaro ahamiyatga ega ko‘prikka talafot yetdi
Oʻzbekiston
22.06.2026, 10:24

Buyuk Britaniya Yevropa Migratsiya Tarmog‘iga kuzatuvchi davlat sifatida qo‘shildi
Siyosat
21.06.2026, 10:04

Yevropa Ittifoqi Armanistonga yordam tariqasida 34 million yevro ajratdi
Siyosat
20.06.2026, 14:34

Isroil Livanga yana hujumlar uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon
20.06.2026, 12:31

Toshkentda gumanoid robotlar zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot
20.06.2026, 10:59

Dominikan Respublikasida hashamatli kurort yonib ketdi
Jahon
20.06.2026, 10:31

Rossiya Yevropa bilan muzokaralarga tayyor – Dmitriy Peskov
Siyosat
19.06.2026, 17:59

Poytaxtdagi ba’zi armatura mahsulotlari talablarga javob bermaydi – Nazorat qo‘mitasi
Oʻzbekiston
19.06.2026, 16:09

“Butun Livan yonishi, minglab livanlik onalar yig‘lashi kerak” — Itamar Ben Gvir
Jahon
19.06.2026, 15:12

O‘zbekiston — Afg‘onistonning Markaziy Osiyoda eng yirik iqtisodiy hamkori
Oʻzbekiston
18.06.2026, 15:45
Mashhur yangiliklar

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi
Ta'lim
15.06.2026, 14:23

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi
Jahon
26.05.2026, 10:27
