updated: 09.03.2026, 07:37

YaNGI AVLOD BIZNESINI ShAKLLANTIRAYoTGAN RAQAMLI ShERIK

Raqamli transformatsiya davrida biznes muvaffaqiyati raqamli yechimlarni toʻgʻri tatbiq etishga bevosita bogʻliq. AQSh, Fransiya va Oʻzbekiston davlatlarida ofislari mavjud boʻlgan Support Solutions kompaniyasi oʻnlab startaplar va shakllangan korxonalar uchun muhim hamkorga aylangan boʻlib, ularni samarali IT-mahsulotlar orqali barqaror oʻsishga erishishida koʻmaklashmoqda.

Ulashish:

YaNGI AVLOD BIZNESINI ShAKLLANTIRAYoTGAN RAQAMLI ShERIK

Biz kompaniya direktori Sardorbek Rizayev bilan suhbatlashib, ular mijozlar eʼtirofini qanday qozonayotgani va dasturiy taʼminot sohasida nufuzli mukofotlarni qanday qoʻlga kiritayotgani haqida soʻradik.

 

-Sardorbek, Support Solutions korxonasining missiyasi haqida gapirib bersangiz.

-Bizning asosiy missiyamiz – mijozlarimiz biznesining oʻsishini tezlashtiruvchi individual raqamli yechimlarni yaratishdan iborat. Biz yuqori malakali mutaxassislar, dasturchilar, dizaynerlar, loyiha menejerlari va marketing boʻyicha ekspertlardan iborat jamoani yigʻamiz. Maqsadimiz – texnik talablarni qondirish bilan birga, mahsulot sifati va funksionalligi boʻyicha mijoz kutganidan ham yuqori natijani taqdim etish.

 

-Siz qaysi yoʻnalishlarni eng istiqbolli deb hisoblaysiz?

- Bugungi kunda asosiy eʼtiborimiz quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi: veb-ishlanmalar, mobil ilovalar yaratish, samarali va intuitiv UI/UX dizayn ishlab chiqish, shuningdek, maxsus texnologik yechimlar, jumladan telegram botlar va avtomatlashtirilgan CRM tizimlari.

Bu yoʻnalishlarning har birida bizda muvaffaqiyatli loyihalar mavjud boʻlib, ular nufuzli xalqaro tanlovlar va koʻrgazmalarda eʼtirof etilib, mukofotlarga sazovor boʻlgan. Bu esa jamoamizning yuqori darajadagi professionalligi va innovatsion yondashuvini tasdiqlaydi.

Veb-ishlanmalar sohasida biz oddiy yechimlardan tortib, uchinchi tomon tizimlari va servislarini integratsiya qilgan murakkab veb-platformalargacha taklif etamiz. Bu yerda barqarorlik, xavfsizlik va ishlash tezligiga alohida eʼtibor qaratamiz.

Mobil dasturlar yaratishda biz krossplatforma yechimlari va Android hamda iOS qurilmalari uchun moʻljallangan nativ ilovalarga urgʻu beramiz, bu esa foydalanuvchilar uchun maksimal qulay va silliq tajriba yaratadi.

UI/UX dizayni biz uchun har qanday mahsulotning ajralmas qismi hisoblanadi. Biz foydalanuvchilar ehtiyojlarini chuqur oʻrganib, nafaqat estetik, balki intuitiv tushunarli interfeyslar yaratamiz, bu esa yuqori konversiya va mijozlar qoniqishini kafolatlaydi.

Biz ishlab chiqayotgan telegram botlar mijozlarimizga auditoriya bilan muloqotni avtomatlashtirish, ish jarayonlarini optimallashtirish va xodimlar vaqtini tejash imkonini beradi. Ushbu botlar turli biznes vazifalarida toʻlaqonli raqamli yordamchiga aylanadi.

Vanihoyat, bizning avtomatlashtirilgan CRM tizimlarimiz korxonalarga mijozlar bilan munosabatlarni samarali boshqarish, maʼlumotlarni tahlil qilish va aniq hamda tezkor maʼlumotlarga asoslangan oqilona qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

Doimiy innovatsiyalar va bozor ehtiyojlarini aniq tushunish orqali Support Solutions kompaniyasi raqamli transformatsiya sohasida oʻz mavqeyini mustahkamlab, yetakchilik obroʻsini yana bir bor tasdiqlamoqda.

 

-Muvaffaqiyatli loyihalaringizdan misollar keltira olasizmi?

-Albatta. Masalan, yaqinda restoran biznesini avtomatlashtirish boʻyicha loyihamiz kichik biznesni raqamlashtirish yoʻnalishida “Eng yaxshi yechim” mukofotini qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, biz HR jarayonlarini avtomatlashtirishga moʻljallangan dastur ishlab chiqdik, bu esa kadrlar boʻlimi ishini sezilarli darajada soddalashtirdi.

Eng faxrlanadigan ikkita yirik loyihamiz bu – Oʻzbekiston davlat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilgan “Bojxona bazasi” tizimi hamda kompaniya resurslarini samarali boshqarish va B2B mijozlar bilan oʻzaro aloqadorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan CRM tizimimizdir.

“Bojxona bazasi” tizimi bojxona nazorati jarayonlarining shaffofligi va tezligini sezilarli darajada oshirdi, shuningdek, davlat miqyosidagi taʼminot zanjiri boshqaruvini optimallashtirdi.

Bundan tashqari, bizning CRM tizimimiz biznesga ichki resurslardan yanada oqilona foydalanish, ish jarayonlarini soddalashtirish va korporativ mijozlar bilan samarali munosabatlar oʻrnatish imkonini beradi.

 

-Ushbu muvaffaqiyatli tizimlar konsepsiyasi qanday shakllangan?

-Konsepsiya, aytish mumkinki, yillar davomida puxta koʻrinishga kelgan. Har tizim murakkab mexanizmga ega boʻlib, maʼlum bir soha ekspertizasini talab qilgan. Boshqacha aytganda, muvaffaqiyatli CRM tizimini faqat dasturchilar bilimiga asoslanib yaratish mumkin, albatta. Biroq, agar tizim maʼlum bir soha ehtiyojlarini toʻliq qondirishi kerak boʻlsa, bu yerda chuqur tarmoq tajribasisiz boʻlmaydi.

Bizning tizimlarimiz misolida tushuntiraman. Oʻzbekistonning logistika korxonalari uchun CRM tizimini ishlab chiqish jarayonida biz texnik murakkablikka duch keldik, soha ogʻriqli nuqtalari va muammolari haqida tasavvurimiz bor edi, lekin bu muammoni butunlay bartaraf eta oladigan aniq texnik yechim yoʻq edi.

Shu sababli biz bozorga murojaat qildik va oʻsha vaqtda allaqachon ishlayotgan tizim – “Inventuz” moduliga eʼtibor qaratdik. Bu ilgʻor innovatsion yechim boʻlib, uning muallifi taʼminot zanjirlarini boshqarish va optimallashtirish sohasidagi ekspert - Salixov Sohibxon hisoblanadi.

Bugungi kunda ushbu modul Oʻzbekistonda mavjud eng inqilobiy mahsulotlardan biri sanaladi va logistika, ombor va taʼminot zanjirlari bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar tomonidan faol qoʻllanilmoqda. Mazkur aqlli kalkulyator ombordagi optimal zaxira darajalarini avtomatik tarzda hisoblaydi, buyurtmaning maqbul hajmi va qayta buyurtma nuqtasini aniqlaydi.

Ushbu modulni joriy etish orqali mijozlarimiz mahsulotlarni saqlash xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirishga va mahsulot tanqisligi xavfini kamaytirishga erishdilar, bu natijalar biznes uchun ham, davlat tashkilotlari uchun ham ijobiy taʼsir koʻrsatdi.

2024 yilda biz “Inventuz” modulining yaratuvchisi Salixov Sohibxon bilan ikki tomonlama litsenziya shartnomasini imzoladik va modulni oʻz CRM tizimlarimiz arxitekturasiga muvaffaqiyatli integratsiya qildik.

Ushbu modul joriy etilgach, koʻplab mijozlarimiz mahsulotlarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni sezilarli kamaytirishga, mahsulot tanqisligi xavfini esa deyarli yoʻq qilishga erishdilar, bu esa nafaqat bir qator tijorat kompaniyalari faoliyatiga, balki davlat muassasalari ishiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatdi.

Zaxiralarni samarali boshqarish esa bevosita xarajatlarni kamaytirish, rejalashtirish aniqligini oshirish, operatsion samaradorlikni kuchaytirish va koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashga olib keladi.

Yana bir muhim hamkorlik namunasi bu – “TISROYN” modulining joriy etilishi boʻldi. Ushbu modul B2B CRM tizimining maxsus komponenti boʻlib, marketing va B2B savdosi boʻyicha yuqori darajadagi ekspertizaga ega yetakchi konsalting kompaniya - “Pro Sales Group” tomonidan ishlab chiqilgan. Modul bizning ish faoliyatimizga moslashtirilib, mijozlar bilan oʻzaro aloqalarni sezilarli darajada yaxshilash, savdo jarayonlarini tizimlashtirish hamda ichki kommunikatsiya samaradorligini oshirishga xizmat qildi.

 

-Sizningcha, yirik tashkilotlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik siri nimada?

Menimcha, muvaffaqiyat kaliti, bu mijoz ehtiyojlarini chuqur anglash va haqiqatan ham ularning biznes muammolarini samarali hal qiladigan yechimni taklif qila olishdir. Muhimi, faqat sifatli mahsulot yaratish emas, balki uni mijozning mavjud ish jarayonlariga toʻgʻri integratsiya qilishdir. Aynan shu yondashuv bizni bozorning boshqa ishtirokchilaridan ajratib turadi.

 

-Support Solutions kompaniyasining kelajak rejalari qanday?

Biz raqamli transformatsiya va biznesni avtomatlashtirish sohasidagi tajribamizni yanada rivojlantirishda faol boʻlishni rejalashtirmoqdamiz. Maqsadimiz - bozorga eng yuqori xalqaro standartlarga mos innovatsion yechimlarni taklif etish.

Yaqin yillarda strategik eʼtiborimiz kompaniya faoliyati geografiyasini kengaytirishga qaratiladi. Xususan, AQSh va Yevropadagi istiqbolli bozorlarimizdagi pozitsiyalarni mustahkamlash rejalashtirilgan.

Ushbu hududlarda biz muvaffaqiyatli loyihalar sonini koʻpaytirish va muhim hamkorliklarni rivojlantirishni maqsad qilganmiz.

Xalqaro kengayish bilan bir qatorda, biz Oʻzbekistondagi mutaxassislar jamoamizni kengaytirishga ham alohida eʼtibor qaratmoqdamiz, eng yaxshi mutaxassislarni jalb etamiz va ularning malakasini oshirishga intilamiz. Ishonamizki, muvaffaqiyatning asosiy omili bu - bizning xodimlarimiz. Shu sababli ularning kasbiy oʻsishi va rivojlanishiga faol sarmoya kiritamiz.

Bizning global maqsadimiz, biznes uchun ishonchli va sinovdan oʻtgan raqamli hamkor boʻlib qolish, mijozlarimizga kelajakni bugundan yaratishda yordam berish. Har bir Support Solutions loyihasi nafaqat mijozlarning joriy ehtiyojlarini qondirishi, balki ularning kutganidan ham ortiq boʻlishi va biznesni rivojlantirish hamda gullab-yashnashi uchun yangi imkoniyatlar ochishi kerak.

Support Solutions kompaniyasi oʻzining strategik yondashuvi, yuqori sifat standartlari va mijozga individual yondashuvi orqali biznesni yangi bosqichga olib chiqish mumkinligini isbotladi. Jamoaga katta muvaffaqiyatlar va yangi, ahamiyatli loyihalarni tilaymiz!

 

Baxtiyor Ahmedov suhbatlashdi.

Iqtisodiyot

07.08.2024, 16:35

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

F1 çempioni Lyuis Hemilton Ğazo çegarasida

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi

Yetti karra Formula-1 çempioni Hemilton «Rafah» çegara punktini oçişga çaqirdi.

Jahon

12.11.2026, 16:42

Толибон эркак шифокорларнинг аёлларни даволашини чекламоқда

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda

Erkak şifokorlarga ayol bemorlarni mahramsiz körikdan ötkaziş taqiqlangan. Çeklovlar tibbiy yordam oliş imkoniyatini yanada qiyinlaştirmoqda.

Jahon

12.11.2026, 15:46

Ğazodagi 70 mingga yaqin çodirni suv bosdi

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti

Ğazo sektoridagi 70 mingga yaqin çodirni suv bosgan, 350 ming atrofidagi aholi toşqinlardan zarar körgan. BMT Isroilni gumanitar yordam yetkaziş uçun barça çegara ötiş punktlarini oçişga çaqirmoqda.

Jahon

12.11.2026, 12:36

Фазлиддинхон Меҳмонов ҳамда блогер Азиз Ғоипназаров

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi

«Demokrat.uz» rahbari va bloger Aziz Ğoipnazarov qanday jinoyatda ayblandi va sud ularga qanday jazo tayinladi? Iş tafsilotlari ma’lum böldi.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 12:27

Янги Тошкент шаҳрининг меъморий макети.

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?

Yangi Toşkentda hokim kimga böysunadi, şaharni kim boşqaradi va davlat idoralari qayerda joylaşadi? Prezident farmoni bilan yangi şaharning boşqaruv tizimi belgilandi.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 11:08

Cохта IMEI код

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari

IMEI kodlarini soxtalaştiriş, noqonuniy import sxemalari va iPhone importi 6,2 barobar oşgan.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:51

Блогернинг ижтимоий саҳифасидан

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida öziga mutlaqo begona qizning suratini uning roziligisiz joylaştirib, unga nisbatan asossiz ayblovlar bildirganlikda gumon qilinmoqda.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:35

Блогер Феруза Норматованинг ижтимоий тармоқдаги саҳифасида эълон қилинган видеосидан лавҳа.

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida öziga mutlaqo begona qizning suratini uning roziligisiz joylaştirib, unga nisbatan asossiz ayblovlar bildirganlikda gumon qilinmoqda.

Oʻzbekiston

12.11.2026, 10:35

Kiberhujum

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi

Xakerlar Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid 2 000 dan ortiq hujjatni öğirlagan. Şuningdek, Özbekiston örmon xöjaligiga aloqador tizimga ham kirgan.

Jahon

12.11.2026, 10:18

“Aytmatov” va “Kulpaş” filmlari posteri

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi

Qozoğistonda 1930-yilgi oçarçilik va Stalin qatağonlari aks etgan ikki film namoyişi qoldirildi. Bu holat mamlakatda senzura va ijod erkinligi borasidagi bahslarni kuçaytirmoqda.

Madaniy

11.11.2026, 15:53

Rossiya IIV: migrantlar orasida jinoyatçilik yarim yilda 40 foizga kamaydi

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Rossiyada xorij fuqarolari 20 mingdan ortiq jinoyat sodir etgan. IIV migrantlarga nisbatan çeklovlar jinoyatçilikni kamaytirganini da’vo qilmoqda.

Jahon

11.11.2026, 12:17

GTL

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?

Qariyb 3,42 milliard dollarlik majmua import örnini bosişi kerak edi, ammo işlab çiqariş va import körsatkiçlari loyihaning samaradorligi haqida jiddiy savollarni yuzaga keltirmoqda.

Oʻzbekiston

11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi

Eron inqilobi qöriqçilari korpusining Harbiy-havo va kosmik kuçlari tasarrufidagi yangi raketa majmuasida ballistik va qanotli raketalar joylaştirilgan.

Jahon

11.11.2026, 11:36

Европа Иттифоқи ҳарбийлари Украинада

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi

Qaror Yevropa Ittifoqining Ukrainaga kömaklaşiş böyiça harbiy yordam missiyasi faoliyati yuzasidan ötkazilgan sönggi strategik tahlildan keyin qabul qilindi.

Jahon

11.11.2026, 10:09

Çegara mojarosida zarar körgan uy

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi

Tojikiston bilan çegara hududlari almaşinuvi natijasida Qirğiziston tasarrufiga ötgan 213 ta uyning 170 tasi yaşaş uçun yaroqli deb topildi. Ularni 2021–2022-yillardagi qurolli töqnaşuvlarda uyidan ayrilgan fuqarolarga beriş rejalaştirilmoqda.

Jahon

10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda

Rossiyada millionlab böş iş örinlari mavjud bölsa-da, hukumat xorijliklarning mehnat faoliyatini çeklaşda davom etmoqda. 2027-yildan sakkizta hududda migrantlarga taksiçilik qiliş taqiqlanişi, Sankt-Peterburgda esa çeklovlar boşqa sohalarga ham yoyilişi mumkin.

Siyosat

09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?

Samsung smartfonlar, televizorlar yoki kir yuviş maşinalaridan taşqari osmonöpar binolar ham quradi. Kiyim-keçak sotadi. Bir paytlar harbiy texnika ham işlab çiqargan. 2016-yilda esa “portlaydigan” telefonlar sotgan. Ayrimlar kompaniya rahbarini mamlakat prezidentidan ham qudratliroq deb hisoblaydi.

Fan-texnologiya

09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi

Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar hamda investorlar bilan muloqotida ma’lum qilindi.   

Oʻzbekiston

09.11.2026, 15:16

Лайка Спутник-2 аппаратидаги парвозга тайёрланмоқда. 1957 йил. Фото: Космонавтика музейи

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar

Inson kosmosga uçişidan oldin olimlar hayvonlar iştirokida vaznsizlik va radiatsiya ta’sirini örgandi. Ayrimlari tirik qaytdi, boşqalari esa tajribalar davomida halok böldi.

Madaniy

09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi

Çilonzor tumani IIB xodimlari ALP naşriyotidan 3 nomdagi jami 5 274 dona kitobni olib ketgan. Kitoblar avvalroq tegişli taşkilotda muhokama qilingan, ammo bu haqda noshirga xabar berilmagan.

Madaniy

07.11.2026, 12:05

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →