updated: 22.03.2026, 18:46

Dunyodagi eng qattiq rejimli 10 ta qamoqxona

Jinoyat sodir etgan shaxslarni jamiyatdan ajratish va davlat barqarorligini saqlash maqsadida turli darajadagi qamoqxonalar faoliyat yuritadi. Biroq dunyoda shunday muassasalar ham borki, ular oddiy jazoni ijro etish joyi emas, balki qattiq rejim, total nazorat va psixologik bosimning eng yuqori nuqtasiga aylangan tashkilotlardir.

Jahon

09.12.2025, 19:00

Ulashish:

Quyida Amnesty International va Human Rights Watch kabi xalqaro tashkilotlar manbalari asosida dunyodagi eng qattiq 10 ta qamoqxona haqida sizning eʼtiboringizga havola qilamiz.

1. ADX Florence (AQSh) — “beton qutilar shaharchasi”

Kolorado choʻllarida joylashgan ADX Florence dunyodagi eng yuqori xavfsizlikka ega qamoqxona sifatida tanilgan. Mahkumlar kuniga 23 soatni tang, devorlari qattiq beton bilan oʻralgan kamerada oʻtkazadi.

Derazalar yerdan balandda joylashgani uchun mahkum tashqi manzaralarni koʻrolmasligi — ruhiy izolyatsiyaning asosiy omili sanaladi. Ularning har bir harakati kameralar, sensorlar va avtomatik eshiklar orqali kuzatiladi. Bu yerda terrorchilikda ayblanganlar, ommaviy qotillar va mafiya yetakchilari saqlanadi.

 

2. La Santé Prison (Fransiya) — Parijning qora nuqtasi

Parij markazidagi La Santé qamoqxonasi Yevropadagi eng qattiq rejimli muassasalardan biri sifatida tanilgan.

Tarixiy hisobotlarga koʻra, kameralar nam, tor va antisanitar holatda boʻlgan, mahkumlar havoga chiqish imkonidan deyarli mahrum etilgan. Oʻz joniga qasd qilish holatlari koʻpaygani ham aynan izolyatsiya va sharoitlar ogʻirligidan dalolat beradi. Soʻnggi islohotlarga qaramay, La Santé hali ham qattiq rejim ramzi sifatida tilga olinadi.

 

3. “Qora Delfin” (Rossiya) — umrbod mahkumlarning majburiy intizomi

Orenburg viloyatidagi ushbu muassasa Rossiyadagi eng qattiq rejimli qamoqxonalardan biri.

Umrbod jazoga hukm qilingan mahkumlar doimo qoʻllari orqaga qayrilgan holatda yurishi shart. Kameradan chiqishda ularni bir nechta qoʻriqchi kuzatib boradi. Kameradagi barcha jihozlar betonga mahkamlangan. Yoritish chiroqlari tunda ham oʻchirilmaydi — bu ruhiy bosimning bir qismi hisoblanadi.

 

4. Carandiru (Braziliya) — tarixdagi eng qonli qamoqxona fojeasi

2002 yilda yopilgan boʻlsa-da, Carandiru qamoqxonasi hali ham dunyodagi eng shafqatsiz turmalardan biri sifatida tilga olinadi.

Past sanitariya darajasi, zoʻravonlik, tibbiy yordam yetishmasligi bu yerda oddiy holat boʻlgan. 1992 yildagi qoʻzgʻolonni bostirish paytida politsiya 111 mahkumni otib oʻldirgan — Lotin Amerikasi tarixidagi eng yirik turma qon toʻkishi hisoblanadi.

 

5. Alcatraz (AQSh) — “qochib boʻlmaydigan orol”

San-Fransisko qadogʻidagi Alkatras oroli oʻz zamonida AQShning eng qoʻrqinchli qamoqxonasi boʻlgan.

Suvning muzdekligi, kuchli oqimlar va orolning ajralgan joylashuvi sabab qochish deyarli imkonsiz sanalgan.
Tarixiy manbalarga koʻra, mahkumlar qattiq intizom, qattiq jazo usullari, hatto ruhiy segregatsiya bilan yuzma-yuz boʻlishgan. Al Kapone kabi mashhur jinoyatchilar ham shu yerda saqlangan.

 

6. Bang Kwang Prison (Tailand) — “Bangkok Hilton” nomiga loyiq emas

Rasmiy nomi Bang Kwang boʻlsa-da, mahkumlar uni hazilomuz tarzda “Bangkok Hiltoni” deb atashadi — ammo sharoitlar hech qanday mehmonxonaga oʻxshamaydi.

Temir zanjirlarda yurish amaliyoti, oziq-ovqat tanqisligi, tibbiy xizmatning yetishmasligi va intizomni buzganlarga nisbatan elektr shoki qoʻllanishi bilan mashhur.

 

7. Tadmor Prison (Suriya) — qiynoq va ommaviy jazolar markazi

Tadmor qamoqxonasi dunyodagi eng shafqatsiz qamoqxonalardan biri sifatida tarixga kirgan.

“Dulob” deb ataluvchi jazo turi — mahkumni avtomobil shinasi ichiga solib kaltaklash, ovqat va suvdan mahrum qilish, uzoq muddat advokat bilan aloqani cheklash kabi holatlar keng tarqalgan. 1980 yillardagi ommaviy oʻldirishlar uning qora tarixini yanada chuqurlashtirgan.

 

8. Guantanamo Bay (AQSh) — huquqiy noaniqlik oroli

2002 yildan buyon terrorizm gumondorlari saqlanadigan ushbu harbiy baza hanuz dunyodagi eng bahsli qamoqxonalardan biri.

Koʻplab mahkumlar rasmiy ayblovsiz uzoq muddat saqlangan. Waterboarding (suvga botirish), uyqudan mahrum qilish, shovqinli kameralarda saqlash kabi qiynoq va ruhiy bosim usullari huquq himoyachilari tomonidan koʻp bor fosh qilingan.

 

9. Evin Prison (Eron) — siyosiy mahkumlar markazi

Tehrondagi Yevin qamoqxonasi Eronda siyosiy faollar, jurnalistlar va huquq himoyachilari saqlanadigan asosiy muassasa hisoblanadi.

Tor kameralar, havo yetishmasligi, uzoq izolyatsiya, advokat bilan aloqani cheklash va “oq qiynoq” deb ataluvchi ruhiy izolyatsiya — bu qamoqxonaning asosiy xususiyatlaridandir.

 

10. Chikurubi Maximum Prison (Zimbabve) — Afrikaning eng ogʻir muhiti

Chikurubida sanitariya juda past, oziq-ovqat yetishmaydi, tibbiy xizmat esa deyarli mavjud emas. Kameralarda odamlar meʼyordan ortiq saqlanadi. Bu yerdagi hayot koʻplab hisobotlarda “jismoniy emas, balki ruhiy qulash maydoni” sifatida tasvirlangan.

Nega Jasliq (Oʻzbekiston) bu roʻyxatda yoʻq?

Haqiqat shundaki, biz foydalangan xalqaro manbalarda Jasliq alohida qayd etilgan boʻlsa-da, u haqida keng tahlil va batafsil bayon talab etiladi. Shu bois unga maxsus maqola bagʻishlash maqsadga muvofiq.

Eslatib oʻtamiz, Jasliq — 71-sonli maxsus tartibli koloniya — 2019 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan rasman yopilgan.

Xulosa

Dunyodagi eng qattiq rejimli qamoqxonalar bir qarashda jamiyat xavfsizligi uchun moʻljallangan tuzilma boʻlib koʻrinadi. Lekin ularning devorlari orasida inson irodasi, ruhiyati va qadriyatlarini sinovdan oʻtkazuvchi juda ogʻir hayot kechadi.

Har bir qulflangan eshik, har bir kamera ortida — oʻtmish, xatolar, afsuslar va ayrim hollarda hech qachon eshitilmaydigan qichqiriqlar bor. Devorlar bir kuni qulash mumkin, ammo ular orasida kechgan inson fojealari haqidagi xotiralar abadiy qoladi.

Muallif: Sarvar Xurramov

Jahon

09.12.2025, 19:00

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi

Nega?

Oʻzbekiston

21.09.2026, 10:02

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda

Mintaqa kuzatuvlar tarixidagi eng katta yöqotishlar qayd etilgan dunyoning uçta hududi qatoriga kirgan.

Oʻzbekiston

21.09.2026, 09:42

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi

Ma’lum qilinishicha, guruh a’zolarining aksariyati Yevropadagi nufuzli universitetning Toshkent shahridagi filiali talabalari bo‘lgan.

Ta'lim

19.09.2026, 11:24

Xitoydagi choʻl ostida ulkan suv manbalari topildi

Olimlar ushbu loyiha doirasida shoʻrxok suvlardan foydalanish boʻyicha maxsus sinov stansiyasini tashkil etishdi.

Jahon

19.09.2026, 11:14

Rossiyada saylovlardan keyin yangi safarbarlik bo‘lishidan xavotir kuchaymoqda

Urushga qarshi nomzodlar saylovdan chetlatilmoqda, ayrimlari qamoqqa olingan. 

Jahon

19.09.2026, 10:02

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuv bölgan "Vraç doimo haq" e'loni yuzasidan Surxondaryo viloyati soğliqni saqlash boşqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Oʻzbekiston

18.09.2026, 15:25

iPhone 18 Pro Maxning Rossiyada 18 ta funksiyasi çeklangan

Rossiyada iPhone 18 Pro Max foydalanuvçilari smartfonning ayrim funksiyalaridan töliq foydalana olmaydi. Asosiy çeklovlar Apple Intelligence tizimi va rus tili qöllab-quvvatlanmasligi bilan boğliq.

Iqtisodiyot

18.09.2026, 15:13

O‘tgan yili 124 nafardan ortiq ekologiya himoyachisi o‘ldirilgan

2025-yilda ekologiya himoyachilariga qarshi zo'ravonlik yana kuchaygan, qotilliklarning asosiy qismi Lotin Amerikasida sodir bo'lgan.

Jahon

18.09.2026, 15:10

Andijonda ilk bor "Yashil uyim" ekologik festivali ötkaziladi

26 sentyabr kuni Andijon şahrida ilk bor «Yashil uyim» ekologik festivali bölib ötadi. Yevropa Ittifoqining moliyaviy kömagida tashkil etilayotgan tadbirda ekologik turmuş tarzi, çiqindilarni saralaş va qayta işlaş hamda zamonaviy ilmiy-ekologik yeçimlar haqida oçiq muloqotlar va amaliy maşğulotlar ötkaziladi.

Oʻzbekiston

17.09.2026, 16:39

Netanyahu G‘azo haqidagi “NAZA” filmi ijodkorlariga qarshi yangi qonunlarni ilgari surmoqda

“NAZA” hujjatli filmi atrofidagi keskin bahslar fonida Binyamin Netanyahu askarlarni tanqid qilgan shaxslarni fuqarolikdan mahrum qilish loyihasini taklif qilmoqda.

Jahon

17.09.2026, 16:19

Turkiya 2040-yilgacha tamaki mahsulotlari savdosini taqiqlashni rejalashtirmoqda

Turkiya Sog'liqni saqlash vazirligi tamaki mahsulotlari iste'molini kamaytirishga qaratilgan keng qamrovli qonun loyihasi ustida ishlamoqda. 

Jahon

16.09.2026, 16:46

Trampning boyligi 7 mlrd dollarga yetdi — Forbes

Forbes hisob-kitobiga köra, Donald Trampning boyligi 2024 yilgi prezidentlik saylovidagi ğalabasidan keyin $2,7 mlrdga oşgan.

Iqtisodiyot

16.09.2026, 16:16

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?

Jahon hamjamiyatining sun'iy intellekt (SI) tahdidlari borasidagi xavotirlari mutlaqo asosli. Bu haqda OpenAI kompaniyasi bosh direktori Sem Altman bayonot berdi.

Fan-texnologiya

16.09.2026, 15:30

Rossiya droni Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga zarba berdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Ukraina tomoni Nikopol shahrida yo‘lovchi avtobusi nishonga olinganini bildirdi, Rossiya esa hodisaga izoh bermadi.

Jahon

16.09.2026, 14:20

Tibbiyot xodimlariga 2027 yildan har oy ustamalar tölanadi

Ayrim tibbiyot xodimlarining bazaviy tarif stavkasi yoki lavozim maoşiga har oy qöşimça ustamalar belgilandi.

Iqtisodiyot

16.09.2026, 14:18

Chempionlar ligasida oʻzbek klublari uchun necha million dollar tikilgan?

"Paxtakor", "Neftchi" va "Nasaf" klublari 2026/2027 yilgi mavsumda Osiyo klublar musobaqalarida yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Sport

16.09.2026, 12:07

Islom Karimov shaxsi va Yelizaveta II bilan uchrashuv | Beruniy Alimov

Jurnalist va diplomat Beruniy Alimov bilan uning faoliyati,  Yelizaveta II bilan uchrashuvi va Islom Karimov bilan ishlagan yillari haqida suhbatlashdik. 

Madaniy

16.09.2026, 11:29

Bahsli xarita: Xitoyning qo‘shnilariga hududiy da’volari

Xitoy o‘zi uchun yaratgan yangi xaritada qo‘shni davlatlarning bir qismi, butun Tayvan, hatto Rossiyaga tegishli hududni ham o‘ziniki sifatida tasvirlagan. Bu oddiy xaritami yoki Pekinning kelajakdagi strategik maqsadi?

Jahon

15.09.2026, 17:16

Qamashida 2 ming yildan ortiq tarixga ega mehrob va ostodon topildi

Miloddan avvalgi III asr va milodiy III asrlar oralig‘iga oid Odirmon yodgorligidan topilgan altar (mehrob) va noyob ostodon diniy marosimlarda foydalanilgani aytilmoqda.

Madaniy

15.09.2026, 12:32

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi shaharsozlik va ekologik muammolarni muhokama qildi

Uchrashuvda muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlarga tushayotgan yuk, shuningdek, elektr va suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar muhokama qilingan.

Oʻzbekiston

15.09.2026, 11:46

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →