Oʻzbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026-yilgi Nobel mukofotining nomzodlar roʻyxatiga kirdi
Roʻyxatda Ismoilovdan tashqari, Haruki Murakami, Margaret Etvud, Salmon Rushdi, Devid Grossman, Joan Rouling, Stiven King kabi jahonga mashhur mualliflar ham bor.
Jahon
30.09.2026, 17:22
Ulashish:

Oʻzbekistonlik yozuvchi Nobel mukofotiga ega boʻlishi mumkinmi? Rasman buni hech kim tasdiqlay olmaydi — chunki sir 50 yil saqlanadi. Lekin bir roʻyxatda uning ismi Haruki Murakami va Joan Rouling bilan yonma-yon turibdi.
Roʻyxatda Ismoilovdan tashqari, Haruki Murakami, Margaret Etvud, Salmon Rushdi, Devid Grossman, Joan Rouling, Stiven King kabi jahonga mashhur mualliflar ham bor.
Nobel mukofotining oʻziga xos jihatlaridan biri shundaki, adabiyot boʻyicha nomzodlar va ularni koʻrsatgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar 50 yil davomida maxfiy saqlanadi. Nobel mukofotining rasmiy bazasida ham yangi nomzodlar haqidagi maʼlumotlar shu muddat oʻtgachgina ochiqlanishi qayd etilgan. Shu bois hozirgi paytda Hamid Ismoilovning 2026-yilgi mukofot uchun rasman koʻrsatilganini tasdiqlashning imkoni yoʻq.
Hamid Ismoilov oʻzbek va rus tillarida ijod qiladi, asarlari ingliz, turk, nemis, fransuz tillariga tarjima qilingan. U 2019-yilda «The Devil's Dance» («Jinlar bazmi») romani uchun EBRD adabiyot mukofotiga sazovor boʻlgan. Uning «We Computers» asari esa 2026-yilgi EBRD adabiyot mukofoti qisqa roʻyxatiga kiritilgan.
Taniqli oʻzbek shoiri, yozuvchisi va jurnalisti Hamid Ismoilov 1954-yil 5-mayda Qirgʻizistonning Frunze (hozirgi Chuy) viloyati Toʻqmoq shahrida tugʻilgan. Ismoilov harbiy aloqa bilim yurtini, keyinchalik Toshkent davlat universitetining (hozirgi OʻzMU) bir nechta fakultetlarini (biologiya, huquq, menejment) tamomlagan.
1992-yilda Ismoilov Oʻzbekistondan chiqib ketgan, shundan beri u Londonda yashab keladi. 2006-yilda uning «Temir yoʻl» romani taniqli yozuvchi Robert Chandler tomonidan ingliz tiliga tarjima qilinib, Londonda nashr etildi. Hamid Ismoilov sheʼrlari Ingeborga Baldauf va Zigrid Kleynmixel tomonidan nemis tiliga tarjima qilingan.
2026-yilgi adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti 8-oktyabr kuni Stokgolmda eʼlon qilinadi. Gʻolibga 12,0 million shved kronasi (taxminan, 1,2 million dollar) topshiriladi.
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59

