«Uyda yolg'iz 2» yulduzi Tim Karri 80 yoşida vafot etdi
Britaniyalik aktyor va xonanda Tim Karri 80 yoşida vafot etdi. U "The Rocky Horror Picture Show", Stiven Kingning "U" asari asosidagi 1990-yilgi mini-serial va "Uyda yolg'iz 2" filmlaridagi rollari bilan maşhur edi.
Madaniy
27.08.2026, 11:02
Ulashish:

Aktyorning vafoti haqida dastlab TMZ xabar berdi. Keyinçalik uning menejeri ham bu ma'lumotni tasdiqladi.
Tim Karri 1946-yil 19-aprelda Angliyaning Çeşir grafligida tug'ilgan. U professional faoliyatini teatr sahnasida boşlagan va 1968-yilda Londondagi «Hair» myuzikli postanovkasida iştirok etgan.
Karriga katta şuhratni 1973-yilda sahnalaştirilgan «The Rocky Horror Show» myuziklidagi doktor Frenk-en-Fyorter roli olib kelgan. U 1975-yilda mazkur asarning film versiyasida ham şu obrazni ijro etgan. «The Rocky Horror Picture Show» keyinçalik kult filmga aylanib, Karrining eng maşhur rollaridan biri bo'lib qoldi.
Pennivayz obrazi bilan ham maşhur bo'lgan
Karri 1990-yilda Stiven Kingning "U" romani asosida işlangan televizion mini-serialda Pennivayz obrazini ijro etgan. Uning qo'rqinçli masxaraboz talqini uşbu qahramonning ekrandagi eng maşhur obrazlaridan biriga aylandi.
Aktyorning filmografiyasida «Legend», «Clue», «Home Alone 2: Lost in New York», «Annie» va boşqa maşhur filmlar ham bor.
«Home Alone 2» filmida Karri mehmonxona konserji mister Xektor rolini ijro qilgan.
Karri kino va teatrdan taşqari, ovoz beriş sohasida ham faol işlagan. U «Star Wars: The Clone Wars», «The Wild Thornberrys» kabi animatsion loyihalarda va videoo'yinlarda qahramonlarga ovoz bergan. Uning faoliyati davomida bir neçta «Toni» mukofoti nominatsiyalari va «Emmi» mukofotiga ega bo'lgan.
Insultdan keyin ham ijodini davom ettirdi
2012-yilda Tim Karri og'ir insultni boşdan keçirdi. Şundan keyin uning harakatlaniş̈i çeklandi va u nogironlar aravaçasidan foydalana boşladi. Şunga qaramay, aktyor ijodiy faoliyatini to'xtatmadi va asosan ovoz beriş̈ işlarida iştirok etdi.
Karri 2025-yilda o'z xotiralarini qamrab olgan «Vagabond» nomli memuarini ham naşr etgan. O'şa yili u «The Rocky Horror Picture Show» filmining 50-yilligiga bag'işlangan hujjatli loyihada iştirok etgan.
Aktyor 2026-yil 25-avgust kuni Los-Anjelesdagi Toluka-Leykda joylaşgan uyida vafot etgan. Uning o'lim sababi hozircha ma'lum qilinmagan.
Madaniy
27.08.2026, 11:02
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin
Oʻzbekiston
27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi
Oʻzbekiston
26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi
Oʻzbekiston
24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Siyosat
24.10.2026, 11:06

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?
Iqtisodiyot
24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi
Madaniy
23.10.2026, 18:12
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12

