Zohran Mamdani: reperdan Nyu-York merigacha
2025 yil Nyu-York siyosiy tarixida oʻchmas iz qoldirdi. Shahar oʻppa-oʻrtaga kelib, oʻziga xos rekordlar bilan yoʻlboshchi almashtirdi: 34 yoshli Zohran Mamdani bu lavozimga saylanib, birdaniga bir nechta tarixiy marrani zabt etdi.
Jahon
19.11.2025, 18:38
Ulashish:
U Nyu-Yorkning:
- ilk musulmon meri,
- ilk janubiy osiyolik rahbari,
- Afrika qitʼasida tugʻilgan ilk meri,
- AQSh tarixidagi ilk reper-meri,
- va soʻnggi 130 yildagi eng yosh shahar boshqaruvchisiga aylandi.
Zohran Mamdani shaxsiyati — madaniyatlar, gʻoyalar va yangi siyosiy avlod ruhining uygʻun qiyofasidir.
Bolalik: Afrika, Hindiston va Amerika kesishgan nuqta
Zohran Mamdani 1991 yil 18 oktabrda Uganda poytaxti Kampalada tugʻilgan. U oilada kech tugʻilgan yagona farzand edi.
Uning otasi — Mahmud Mamdani, yarim hind, yarim ugandalik taniqli siyosatshunos, postkolonial Afrika haqidagi ilmiy ishlari bilan mashhur.
Onasi — Mira Nair, hind ildizli amerikalik rejissyor, xalqaro mukofotlar sohibasi.
1996 yilda oila Keyptaunga, ikki yil oʻtib esa Nyu-Yorkka koʻchib oʻtdi. Mamdanining bolaligi koʻpmillatli megapolis muhitida, Afrika va Hind madaniyati taʼsirida kechdi. Bu omillar uning ijtimoiy adolatga boʻlgan qiziqishini erta shakllantirdi.
Taʼlim va ilk faollik
Bronksdagi oʻrta maktabni tugatgan Zohran Boudin kollejiga oʻqishga kirdi. U yerda iqtisod va Afrika madaniyatini oʻrganib, afrikanistika boʻyicha bakalavr darajasini oldi.
Talabalik davrida u:
- irqchilikka qarshi aksiyalar,
- Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi talabalar harakatlari,
- taʼlim tizimi islohotlari
kabi tashabbuslarda faol ishtirok etdi. Universitetda «Falastinda adolat uchun talabalar» guruhini tashkil qildi.
Oliy taʼlimdan soʻng Mamdani Nyu-Yorkda ijarachilar huquqlari, muhojirlar masalalari va moliyaviy tenglik yoʻnalishida faoliyat yurituvchi NNOlar bilan ishladi. Keyin ipoteka masalalari boʻyicha maslahatchi sifatida fuqarolarni uylarini yoʻqotmaslikda yordam berdi.
Siyosatga qadam: jamoat bosimi va yangi avlod siyosatchiligi
2015 yilda, 24 yoshida Mamdani saylov kampaniyalari va norozilik harakatlarida volontyorlik asosida ishtirok eta boshladi. U politsiyaning irqchilikka asoslangan amaliyotlariga qarshi chiqdi, ijtimoiy adolatni talab qildi va korporatsiyalar taʼsiriga qarshi kurashdi.
2017 yilda «Amerika Demokratik Sotsialistlari» tashkilotiga aʼzo boʻlib, chap qanot siyosiy harakatining yorqin vakillaridan biriga aylandi.
2018 yilda Mamdani AQSh fuqaroligini oldi. Bu davrda u jamoat nazartida turgan, faol namoyishlarda qatnashgan va oʻz pozitsiyasini oshkora himoya qilgan yosh siyosatchi sifatida tanilgan edi.
Assambleyadagi gʻalaba
2020 yilda Zohran Mamdani Kuins va Long-Aylend-Sitidan iborat 36-okrugdan Nyu-York shtati Assambleyasiga nomzodini qoʻydi va amaldagi deputatni magʻlub etib gʻalaba qozondi.
Assambleyada u:
- kafolatlangan uy-joy,
- ekologik himoya,
- jamoat transportidan bepul foydalanish
tashabbuslarini olgʻa surdi.
U taksichilar qarz yoki litsenziya toʻlovlari tufayli qiynalgan davrda ularni himoya qildi, Gʻazodagi mojarolarga nisbatan adolat talab qildi va 20 dan ortiq qonun loyihasiga muallif boʻldi.
Merlik saylovidagi sensatsiya
2024 yilda Mamdani Nyu-York meri lavozimiga nomzodligini eʼlon qildi. Siyosiy tahlilchilar uning gʻalabasiga shubha bilan qarardi. Uning asosiy raqibi — sobiq gubernator Endryu Kuomo edi.
Biroq 2025 yilga kelib, Mamdani soʻrovnomalarda peshqadamga aylandi. Uning dasturi:
- avtobuslarda bepul qatnov,
- ijara narxlarini cheklash,
- munitsipal oziq-ovqat doʻkonlari,
- korporatsiyalar taʼsiriga qarshi kurash
kabi ijtimoiy yoʻnalishlarga asoslangan edi.
2025 yil 4 noyabrdagi saylovda Mamdani 1 036 051 ovoz bilan gʻalaba qozondi. Bu 1969 yildan beri eng yuqori saylov faolligi kuzatilgan kampaniya boʻldi.
Shaxsiy hayot va qiziqishlar
2025 yil boshida Mamdani suriyalik rassom Rama Duvajiga uylandi. Juftlik Astoriya tumanida yashaydi.
Zohran:
- rep,
- sheʼriyat,
- koʻcha basketboli
ishqibozi.
U 2016 yilda Young Cardamom nomi bilan mini-albom chiqargan, 2019 yilda esa Mr. Cardamom sifatida Nani taronasini taqdim etgan.
U sevgan jamoalar: «Arsenal», «Nyu-York Mets», «Nyu-York Djayents».
Xulosa: yangi avlod siyosatchisining yuzi
Zohran Mamdani — yangi siyosiy avlod, yangi dunyoqarash va yangi energiyaning ifodasi.
U:
- birinchi musulmon,
- birinchi janubiy osiyolik,
- Afrikada tugʻilgan ilk mer,
- birinchi reper mer,
- soʻnggi 130 yildagi eng yosh rahbar
sifatida Nyu-York tarixida qoldi.
Uning gʻalabasi Demokratik partiya uchun Donald Tramp davridagi kamyob siyosiy triumflardan biri boʻldi. Mamdanining merlikdagi faoliyati Amerika siyosatining yangi davriga start sifatida koʻrilmoqda.
Muallif: Aziz SOLIYeV
Jahon
19.11.2025, 18:38
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Gutеrrish bilan uchrashdi
Siyosat
22.09.2026, 10:51

Green Card olish uçun 1000 dan ortiq soxta nikoh tuzilgan
Siyosat
13.08.2026, 14:21
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35
So'nggi yangiliklar

Rossiya Ukrainaga zarbalari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi
Jahon
22.09.2026, 14:38

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi
Oʻzbekiston
22.09.2026, 11:18

G7 davlatlari husiylarni Saudiya Arabistoniga hujumlarni tóxtatişga çaqirdi
Jahon
22.09.2026, 11:06

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Gutеrrish bilan uchrashdi
Siyosat
22.09.2026, 10:51

BMT: AQŞning narkokema hujumlari insoniyatga qarşi jinoyat
Jahon
22.09.2026, 09:56

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda
Oʻzbekiston
21.09.2026, 09:42

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

Xitoydagi choʻl ostida ulkan suv manbalari topildi
Jahon
19.09.2026, 11:14

Rossiyada saylovlardan keyin yangi safarbarlik bo‘lishidan xavotir kuchaymoqda
Jahon
19.09.2026, 10:02

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
18.09.2026, 15:25

iPhone 18 Pro Maxning Rossiyada 18 ta funksiyasi çeklangan
Iqtisodiyot
18.09.2026, 15:13

O‘tgan yili 124 nafardan ortiq ekologiya himoyachisi o‘ldirilgan
Jahon
18.09.2026, 15:10

Andijonda ilk bor "Yashil uyim" ekologik festivali ötkaziladi
Oʻzbekiston
17.09.2026, 16:39

Netanyahu G‘azo haqidagi “NAZA” filmi ijodkorlariga qarshi yangi qonunlarni ilgari surmoqda
Jahon
17.09.2026, 16:19

Turkiya 2040-yilgacha tamaki mahsulotlari savdosini taqiqlashni rejalashtirmoqda
Jahon
16.09.2026, 16:46

Trampning boyligi 7 mlrd dollarga yetdi — Forbes
Iqtisodiyot
16.09.2026, 16:16

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?
Fan-texnologiya
16.09.2026, 15:30

Rossiya droni Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga zarba berdi: 5 kishi halok bo‘ldi
Jahon
16.09.2026, 14:20

Tibbiyot xodimlariga 2027 yildan har oy ustamalar tölanadi
Iqtisodiyot
16.09.2026, 14:18
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41

Pokiston shifoxonasida yuzaga kelgan yong'in oqibatida 14 nafar chaqaloq halok bo'ldi
Jahon
26.08.2026, 15:35
