Jaziramada energiya resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha tavsiyalar
Foydalanilmayotgan qurilmalarni toʻliq tarmoqdan uzib qoʻying. Bu ham yongʻin kelib chiqishining oldini olish va energiya sarfini kamaytirishga xizmat qiladi.
Oʻzbekiston
15.07.2025, 15:00
Ulashish:

Energetika vazirligi jazirama kunlarda yongʻin keltirib chiqaruvchi omillarni oldini olishga qaratilgan va energiya resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha tavsiyalar berdi.
➖ Elektr uskunalarini nazoratsiz qoldirmang. Xonadan uzoq vaqtga chiqishda barcha qurilmalarni tarmoqdan uzib qoʻying.
➖ Eski yoki nosoz simlardan foydalanmang. Ular yongʻin kelib chiqishi va energiya resursini ortiqcha sarflanishiga sabab boʻladi. Simlar izolyatsiyasi buzilgan boʻlsa, yangisiga almashtiring.
➖ Bitta rozetka (pilot)ga koʻp elektr jihozlarini ulamang. Yuklama ortishi simlarni qizitib, yongʻinga sabab boʻlishi mumkin.
➖ Quritgich, dazmol, mikrotoʻlqinli pech, ventilyator kabi qurilmalardan foydalanayotganda ularni nazoratsiz qoldirmang. Qizib ketgan qurilma yongʻin kelib chiqish xavfini tugʻdirishi mumkin.
➖ Konditsionerni 20–25°S oraligʻida ishlating. Haddan tashqari past haroratga qoʻyish nafaqat elektr energiyasi sarfini oshiradi, balki inson sogʻligi uchun ham zararli hisoblanadi.
➖ Foydalanilmayotgan qurilmalarni toʻliq tarmoqdan uzib qoʻying. Bu ham yongʻin kelib chiqishining oldini olish va energiya sarfini kamaytirishga xizmat qiladi.
➖ Konditsioner filtrlarini tozalab turing. Bu ham energiya samaradorlikni oshiradi va yongʻin kelib chiqishining oldini oladi.
➖ Oʻt oʻchirgich (ognetushitel) va signalizatsiya vositalarining soz holda ekanligini tekshirib turing. Favqulodda holatlarga tayyor boʻlish muhim.
➖ Elektr qurilmalari va jihozlarini muntazam texnik koʻrikdan oʻtkazing.
➖ Elektr ustunlari yoki simlar yaqinida olov yoqmang. Elektr tarmoqlariga yaqin hududlarda quruq oʻtin, qamish yoki xas-xashak yoqish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qatʼiyan man etiladi.
➖ Ishxona va ofislarda xodimlarga yongʻin xavfsizligi boʻyicha muntazam oʻquvlar tashkil qiling.
➖ Muqobil energiya manbalari, yaʼni quyosh panellaridan foydalanish choralarini koʻrish tavsiya etiladi.
➖ Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari neft mahsulotlari toʻldirilgan sisternalarning xavfsizligini nazorat qilish, «metan zapravkalar»da esa gaz sizib chiqish va portlash xavfini keltirib chiqaruvchi omillarga yoʻl qoʻymaslik talab etiladi.
➖ Tez alanga oluvchi narsalarni elektr qurilmalari yaqinida saqlamang. Qamish, qurigan oʻt, mato va shunga oʻxshash tez yonuvchi buyumlar shamolda uchib borib uskunalarga tushishi va yongʻin keltirib chiqarishi mumkin.
➖ Elektr taʼminotidagi qisqa muddatli oʻchish holatlari xavfsizlik uchun qilinadi. Noqulay ob-havo sharoitlari va texnogen vaziyatlarda yuqori koʻlamli avariyaviy hamda yongʻin chiqishi holatlarining oldini olish, elektr qurilmalari sozligini taʼminlash maqsadida ayrim havo uzatish tarmoqlari yoki transformatorlar avtomatik ravishda yoxud qoʻlda oʻchiriladi. Bu noxushlik emas, balki ehtiyot chorasidir.
➖ Elektr tarmoqlarida nosozliklar yoki uzilishlar yuzaga kelsa, darhol 1154 qisqa raqamiga xabar bering.
Unutmang, vaqtida koʻrilgan ehtiyot chorasi – koʻngil xotirjamligi hamda xavfsizlik kafolatidir.
Oʻzbekiston
15.07.2025, 15:00
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Fuqarolarga energiya samarador qurilmalarni xarid qilish va oʻrnatish uchun subsidiya ajratiladi
Iqtisodiyot
28.10.2025, 18:17

Avgust oyida noqonuniy energiya isteʼmoli tufayli tizimga 86,5 milliard soʻm zarar yetdi
Oʻzbekiston
08.09.2025, 12:05

Qarshi, Margʻilon va Nukusda energiya oʻgʻirliklari aniqlandi
Oʻzbekiston
04.09.2025, 18:26

Bir oyda 135,6 milliard soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan
Oʻzbekiston
03.07.2025, 15:24
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
