Avgustda oʻzbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Iyul oyining soʻnggi kuni ham oʻtmoqda, yoz faslining oxirgi oyi — avgustning kirib kelishiga ham oz qoldi. Oʻzbekistonda avgust oyining ob-havosi odatda qanday boʻladi? Bu yilgi yozning soʻnggi oyida havo harorati oʻrtacha nechi darajagacha koʻtariladi? Mazkur savollarga Gidrometeorologiya agentligi xizmati javob berdi

Avgustda oʻzbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Avgustda oʻzbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Agentlikka koʻra, avgust issiq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning birinchi besh kunligida kunduz kunlari havo 39-41 darajagacha, janubda 42-44 darajagacha isiydi. Keyinchalik issiq biroz pasayadi va hududning katta qismida birinchi oʻn kunlikning oxirigacha kunduz kuni havo harorati 36-39 daraja atrofida, janubda baʼzi joylarda 40-42 darajagacha boʻladi. 

Ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarda harorat kechalari 22-25 darajadan 17-20 darajagacha, kunduz kunlari 35-38 darajadan 30-33 darajagacha oʻzgarib turadi. Shuningdek, avgust oyi quruq boʻlishi kutilmoqda. Oylik yogʻingarchilik miqdori meʼyor atrofida, baʼzi joylarda meʼyordan kam boʻlishi prognoz qilinmoqda. Oyning uchinchi oʻn kunligining ayrim kunlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. 

Oʻzbekistonda avgust oyi qanday kechgan? 

Maʼlumki, avgust oyida harorat asta-sekin pasaya boshlaydi. Oʻzbekiston hududi boʻyicha avgust oyining oʻrtacha oylik harorati iyul oyiga nisbatan 1,5-2,5 darajaga pastdir. Avgustda haroratning mutlaq maksimumi ham iyulning maksimumidan past boʻladi. 

Toshkentda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng yuqori havo harorati iyul oyida 44,6 darajani (bunday harorat 1997 yilda qayd etilgan), avgust oyida esa 43,1 darajani (1944 yil) tashkil etgan. Soʻnggi 10 yil ichida avgust oyida 41,8 daraja boʻlgan eng yuqori harorat 2019 yilda kuzatilgan. Respublikaning eng chekka janubida, Termiz shahrida eng yuqori harorat iyul oyida 48,6 darajani (1914 yil), avgust oyida esa 46,3 darajani (1947 yil) tashkil qilgan. 

"Avgust iqlim xususiyatlari jihatidan iyul kabi issiq boʻlmasa-da, bu hali ham juda issiq oy deb hisoblanadi. Hududning katta qismida avgust oyida asosan kunduzgi harorat 33-38 darajani, janubda va choʻl hududlarda 37-42 darajani tashkil etadi. Issiq ob-havoning eng yuqori choʻqqilarida ayrim kunlarda havo harorati 40-42 darajaga, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 43-45 darajaga yetadi", 

deyiladi agentlik xabarida. 

Shunga qaramay, avgust oyining ikkinchi yarmida kuz fasli yaqinlashayotgani seziladi. Salqin havoning kirib kelish soni koʻpayadi. Harorat 40 daraja va undan yuqori boʻlgan kunlar soni iyul oyiga nisbatan sezilarli darajada kamayadi. Oʻzbekiston hududining katta qismida avgust oyida havo harorati 40 darajadan yuqori boʻlmagan yillar ham kuzatilgan va faqat shimolda, janubda va choʻl hududlarda ayrim kunlarda havo 41-43 darajagacha isigan. Soʻnggi yillarda bunday avgust oylari 2020, 2021 va 2022 yillarda kuzatildi. 

Togʻ tizmalariga yaqinroq joylashgan hududlarda, koʻp yillik kuzatuv maʼlumotlariga koʻra, avgust oyida harorat deyarli hech qachon 40 darajagacha koʻtarilmagan. Ayrim yillarda avgust oyida salqin havo kirib kelishi Oʻzbekiston hududi boʻyicha kunduzgi haroratni 25-30 darajagacha, baʼzida esa undan ham pastroq 20-25 darajagacha pasaytiradi. 

Avgust — yilning eng quruq oyi 

Avgust oyida yomgʻirlar juda kam yogʻadi, hududning katta qismida oʻrtacha 1 kundan 3 kungacha biroz yomgʻir yogʻishi, oʻrtacha oylik yogʻingarchilik miqdori esa 1-2 millimetrdan, Fargʻona vodiysida 3-5 millimetrdan koʻp boʻlmaydi. Togʻ oldi va togʻli hududlarda yomgʻir tez-tez yogʻadi va oʻrtacha oylik yogʻingarchilik miqdori baʼzi joylarda 12-15 millimetrni, Fargʻona viloyati togʻlarida va Toshkent viloyatining baland togʻlarida esa 20-22 millimetrni tashkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida ushbu eng qurgʻoqchil oyga nisbatan jadallikdagi jala yomgʻirlar kuzatilgan istisno holatlar mavjud. 2020 yil avgust oyi oxirida Oʻzbekistonning Markaziy viloyatlarida yogʻingarchilik miqdori 10-34 mm boʻlgan kuchli jala yomgʻirlar yogʻgan. Shu kuni Toshkentda 17 mm yogʻingarchilik boʻldi (oylik meʼyor 2 mm) — bunday holat avgust oyida bir kecha-kunduzlik yogʻingarchilik miqdori boʻyicha mutlaq rekorddir. 2023 yilning avgust oyi yogʻingarchilik boʻlishi jihatidan gʻayrioddiy yil boʻlgan. 

Uzoq muddatli quruq va biroz issiq ob-havodan soʻng, 2023 yil 27-31 iyul kunlari Oʻzbekistonning deyarli barcha hududi boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻgan. Baʼzi joylarda yomgʻir kuchli yogʻdi — bir kecha-kunduzda, aniqrogʻi bir necha soat ichida yogʻingarchilik miqdori avgust oyidagi oylik meʼyordan bir necha baravar koʻp boʻlgan. Respublikaning ayrim hududlarida bir kecha-kunduzlik yogʻingarchilik miqdorining tarixiy maksimumlari yangilangan edi. 

Eng eʼtiborga loyiq rekordlar Sariosiyo meteostansiyasi (Surxondaryo viloyati togʻ oldida) hududida oʻrnatildi, bunda oylik meʼyor 0,4 mm boʻlganda 3 soat 10 daqiqa ichida 35 mm, Qoʻqon meteostansiyasi (Fargʻona vodiysi) hududida oylik meʼyor 5 mm boʻlganda 20 daqiqa ichida 35 mm yogʻingarchilik boʻlgan edi.

Oʻzbekiston

31.07.2024, 12:00

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Ramazon saxovati: arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yigʻilishda Ramazon oyi arafasida ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlash masalasi muhokama qilindi.

Madaniy

13.02.2026, 17:31

Chiqindi qarzi tufayli elektr cheklovlari qayta koʻrib chiqilishi mumkin

Chiqindi xizmati boʻyicha asossiz qarzlar tufayli elektr cheklovlari qoʻyilmoqda. Raqobat qoʻmitasi korxonalar bilan muzokara boshladi.

Oʻzbekiston

13.02.2026, 14:43

“ALHADAYA” biologik faol qoʻshimchasi reklamasi uchun moliyaviy jarima qoʻllanildi

Reklama materiallarida taʼsirli daʼvolar va mahsulot haqida toʻliq maʼlumot yoʻqligi aniqlandi. Bu esa isteʼmolchilarda mazkur qoʻshimchani dori vositasi sifatida qabul qilish ehtimolini yuzaga keltirgan.

Iqtisodiyot

13.02.2026, 12:39

20 yillik mehnat stajiga ega ayollar uchun pensiya yoshini bir yilga qisqartirish taklif etilmoqda

“Davlat pensiya taʼminotida zamonaviy xizmatlar” loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Muhokama 26 fevralgacha davom etadi. 

Iqtisodiyot

13.02.2026, 11:57

Istanbulda ikki oʻzbekistonlik ayol oʻldirilib, jasadlari boʻlaklangan

Istanbul shahrida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan ikki ayolning oʻlimi yuzasidan tergov davom etmoqda. Yangi maʼlumotlarga koʻra, har ikki jabrlanuvchining jasadi boʻlaklarga ajratilgan.

Oʻzbekiston

13.02.2026, 11:37

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”

Oʻzbekistonlik siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning “Erkin millat poydevori” nomli yangi kitobi nashr etildi.

Madaniy

13.02.2026, 10:18

Senator Mir-Akbar Rahmonqulov 74 yoshida vafot etdi

Taniqli davlat va jamoat arbobi, huquqshunos olim, senatorning hamkasb va shogirdlari uning yuksak insoniy fazilatlari, Vatanga sadoqati va ilmiy merosini alohida taʼkidlamoqda.

Oʻzbekiston

13.02.2026, 09:40

Germaniya Markaziy Osiyo davlatlarini Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qatʼiy rioya etishga chaqirdi

Berlinda Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashib, Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilish va Yevropa Ittifoqini qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.

Siyosat

13.02.2026, 09:08

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026

Forum tadbirkorlar, CEO va top-menejerlar, marketing rahbarlari hamda digital-mutaxassislar uchun yilning asosiy professional voqeasi sifatida tashkil etilmoqda. 

Iqtisodiyot

12.02.2026, 15:31

“"Siyosatda doʻstlik boʻlmaydi. Siyosat — bu shaxsiy sadoqat emas" Sadir Japarov

Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi va Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari Kamchibek Tashiyevni, sobiq doʻsti boʻlishiga qaramay, lavozimidan ozod qildi.

Jahon

12.02.2026, 12:48

Eronda namoyishchilar Isroil ramzlari tushirilgan «Baal» haykalini yoqib yubordi

Eronda norozilik namoyishlari ishtirokchilari Isroilga qarshi oʻzlarining keskin munosabatini ifodalash maqsadida Dovud yulduzi va mamlakat bayrogʻi tasvirlangan, «Baal» deb yozilgan haykalni yoqib yuborishdi.

Jahon

12.02.2026, 12:34

Qirgʻizistonda guruch atrofida bahs: kontrabandami yoki eksport soʻrovi?

Oʻzbekistondan kontrabanda orqali kirgan guruch ichki bozorda narxlarni tushirib yuborgan va mahalliy dehqonlarni qiyin ahvolga solgani aytilmoqda.

Jahon

12.02.2026, 11:45