"Kelishuv buzildi". “Oʻtkan kunlar” tarjimoni nimadan norozi?
Amerikalik tarjimon Mark Ris (Mark Reese) Abdulla Qodiriyning "Oʻtkan kunlar" asari inglizcha tarjimasi atrofida kelib chiqqan bahslarga munosabat bildirdi.
Madaniy
25.12.2025, 10:55
Ulashish:

U ayrim doiralarda bildirilayotgan “asar milliy meros boʻlgani uchun tarjima barcha uchun bepul boʻlishi kerak” degan fikrga qoʻshilmasligini taʼkidladi.
Risning aytishicha, u kitob ustida 15 yil davomida ishlagan va shu vaqt ichida koʻplab universitetlarga, talabalar va ilmiy tadqiqotlar uchun minglab nusxalarni bepul taqdim etgan. Xususan, dissertatsiya yozishda foydalanish uchun kitoblar tarqatilgan, Samarqand turizm universitetiga esa tarjima asosida sahna asari qoʻyish uchun nusxalar berilgan.
Shu bilan birga, tarjimon Jahon tillari universitetini oʻz tarjimasini ruxsatsiz koʻchirish va tarqatishda aybladi. Uning soʻzlariga koʻra, hatto kitobni bepul tarqatishga qaror qilingan taqdirda ham, bu faqat muallif roziligi va rasmiy shartnoma asosida amalga oshirilishi kerak edi. Universitet esa bunday tartibga amal qilmagan.
Mark Ris, shuningdek, Abdulla Qodiriy oilasi bilan tuzilgan kelishuvga muvofiq, tarjima daromadining 20–25 foizi merosxoʻrlarga toʻlanishi shart ekanini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, ruxsatsiz koʻchirish orqali Qodiriy oilasining ham huquqlari buzilgan.
Tarjimon intellektual mulk huquqlari masalasida Oʻzbekistonda tizimli muammolar mavjudligini aytdi va bu holat davlat muassasalari faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatayotganini taʼkidladi. U bu voqeani intellektual mulkni himoya qilish boʻyicha xalqaro majburiyatlarga zid holat sifatida baholadi.
Mark Risning fikricha, intellektual mulk qonunlari xalqaro miqyosda amal qiladi va bu kabi holatlar Oʻzbekistonning xalqaro nufuziga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. U adolatli yechim va rasmiy huquqiy tartibga amal qilinishi zarurligini taʼkidladi.
Madaniy
25.12.2025, 10:55
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 10:01

Somali Abu-Dabi bilan aloqalarni keskin uzdi
Jahon
13.01.2026, 15:46

Tramp vositachiligida Ozarbayjon va Armaniston tarixiy tinchlik kelishuviga erishdi
Jahon
09.08.2025, 12:41
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi
Madaniy
17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
