Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbarining farmoyishiga muvofiq, Komil Ismoilovich Allamjonov maslahatchi-vakil — Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimiga tayinlandi.
Siyosat
25.11.2025, 10:19
Ulashish:

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Shu bilan birga, Komil Allamjonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbarining maslahatchisi sifatidagi faoliyatini ham davom ettiradi.
Bundan avval Jorj Vashington universiteti huzuridagi Yevropa, Rossiya va Yevroosiyo tadqiqotlari instituti (IERES)ning Markaziy Osiyo dasturi (CAP) janob Komil Allamjonovning mazkur dasturning maxsus maslahatchisi etib tayinlanganini eʼlon qilgan edi.
Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimi
Tashqi siyosiy va davlat tashabbuslarini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida 2026 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi tuzilmasiga qoʻshimcha maslahatchi-elchi — Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimi kiritilishi haqida xabar berilgan edi. Prezidentning 12 noyabrdagi farmoniga koʻra, maslahatchi-elchini tayinlash va lavozimdan ozod etish, shuningdek uning faoliyati reglamentini tasdiqlash Prezident administratsiyasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Maslahatchi-elchi oʻz faoliyatida Prezident administratsiyasi rahbariga hisobdor va Oʻzbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari faoliyatini ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yoʻnalishida qoʻllab-quvvatlashga masʼul hisoblanadi.
Maslahatchi-elchi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- Oʻzbekiston va AQShda yirik va strategik investitsiya hamda savdo loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha bevosita tashabbus koʻrsatish va muhokama olib borish;
- Oʻzbekiston tomonidan Amerika—Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi ishini kompleks muvofiqlashtirish.
Farmonga koʻra, Tashqi ishlar vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda uch hafta muddatda Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi xodimlari shtat birligini koʻpaytirish toʻgʻrisida taklif kiritishi lozim.
Bir oy muddatda AQSh hududida qoʻshimcha konsulxonalar ochish masalasi ishlab chiqiladi. Bunda geografik qamrovni taʼminlash maqsadida AQShning asosiy transport va iqtisodiy markazlari, shuningdek vatandoshlar diasporasi koʻp joylashgan hududlar (Filadelfiya, Chikago, Orlando va Sietl shaharlari) inobatga olinadi.
Shuningdek, AQShning barcha shtatlarida yashayotgan oʻzbek diasporalari bilan samarali hamkorlik modelini ishlab chiqish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish — AQShda yangidan tashkil etilayotgan konsulxonalarning asosiy vazifalaridan biri etib belgilab qoʻyilgan.
Siyosat
25.11.2025, 10:19
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
