Litva hukumati Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlardan xavotirga tushmoqda

Litva hukumati mamlakatda 2021 yildan buyon Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar soni keskin ravishda oshgani sababli baʼzi muammolar yuzaga kelishidan xavotirda ekanini aytdi. Bu haqda mamlakatning LNK telekanalida maʼlum qilindi. 

Ulashish:

Литва ҳукумати Марказий Осиёдан келган муҳожирлардан хавотирга тушмоқда

Литва ҳукумати Марказий Осиёдан келган муҳожирлардан хавотирга тушмоқда

Davlat xavfsizlik departamenti rahbari Daryus Yaunishkisga koʻra, 2021 yildan beri Litvada Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar soni 14 baravarga koʻpaygan. Bu esa odamlarning radikallashishga moyilligi bilan bogʻliq xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.

"Departament mamlakatga kelgan barcha muhojirlarni tekshirishga ulgurmayapti, bu esa kontrrazvedka va terrorizmga qarshi kurash sohasida katta xavf tugʻdirmoqda. Ayni paytda biz migrantlarda oʻzini namoyon qilishi mumkin boʻlgan tahdidni koʻrmayapmiz, ammo antisemitizm va gʻarbga qarshi kayfiyatlar bilan birga radikallashuv tendensiyasi ularda mavjud", dedi u.

Mamlakat Bosh vaziri Ingrida Shimonite ham "Ziniu radijas" radiosida bergan intervyusida Rossiya – Ukraina urushi boshlanishidan avval mamlakat mehnat bozorini Ukraina hamda Belorusdan kelgan erkak migrantlar egallaganini, ammo urushda ularning jalb qilinishi ortidan mehnat bozori boʻshab qolganini, shundan soʻng Markaziy Osiyodan kelganlar bu bozorni toʻldirganini aytgan. 

Litva Migratsiya departamenti maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 1 oktabr holati boʻyicha, Litvada 10,6 ming nafar Oʻzbekiston fuqarosi istiqomat qiladi (bu raqamlar Litvada yil boshida 8,2 ming, 2022 yil boshida esa, 998 nafar boʻlgan). 

Litvadagi eng katta xorijiy diaspora sifatida ukrainlar (77,5 ming kishi), ikkinchi oʻrinda beloruslar (61,3 ming kishi) va uchinchi oʻrinda ruslar (15,3 ming kishi) qayd etilgan. Toʻrtinchi oʻrinni esa oʻzbeklar egallagan. Shuningdek, mamlakatda tojik diasporasi ham toʻqqiz oy ichida 5,7 mingdan 7,2 ming nafarga koʻpaygan.

Daryus Yaunishkis mamlakat fuqarolariga bu raqamlarlardan qoʻrqmaslik kerakligini, bunga sabab sifatida migrantlar sonining oʻsishiga qaramay muhojirlarning umumiy soni hali ham kam foizni tashkil qilayotganligini aytib oʻtgan. U telekanalda bergan intervyusi davomida joriy yil boshidan 1 oktabrga qadar Litvada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olgan muhojirlarning soni bor-yoʻgʻI bir necha yuz kishini tashkil qilishini taʼkidlagan.

Jahon

17.10.2024, 17:38

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Wolt kompaniyasi Oʻzbekistondagi faoliyatini toʻxtatadi

Kompaniyaning kurerlarga yoʻllagan murojaatida 2026 yil 4 mart, chorshanba kunidan boshlab Oʻzbekistondagi faoliyatini yakunlashi aytilgan.

Oʻzbekiston

25.02.2026, 16:40

Zelenskiy: Putin maqsadiga erisholmadi, biz Ukrainani saqlab qoldik

Volodimir Zelenskiy urushning toʻrt yilligi munosabati bilan murojaat qilib, Ukraina Rossiya bosqinidan buyon mustaqilligini himoya qilayotganini va tinchlik yoʻlida xalq qurbonliklariga xiyonat qilmasligini bildirdi.

Jahon

25.02.2026, 13:51

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi

Hind Al-Ovays BAAning Inson huquqlari boʻyicha doimiy qoʻmitasi direktori va BMTda faol diplomat. U faylda Epshteynga 14 yoshli singlisini tanishtirish niyatini bildirgan.

Jahon

25.02.2026, 11:56

Oʻzbekiston fuqarosi AQSh sanksiyalariga tushdi

AQSh PAIPA qonuni doirasida sanksiyalar roʻyxatini yangiladi. Oʻzbekiston fuqarosi Azizjon Mamashov va BAAdagi Advanced SecuritySolution kiberhujum va tijorat sirlari oʻgʻirlashda ayblanmoqda.

Oʻzbekiston

25.02.2026, 10:52

Telegram cheklanmoqda, Pavel Durov terrorizmda ayblanmoqda

Durov xavfsizlik kuchlari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani sababli Telegram Rossiyada bloklanishi mumkin. 

Jahon

25.02.2026, 09:48

Rossiya-Ukraina urushi: yoʻqotishlar, zarar va muzokaralar

Rossiyaning Ukrainaga toʻliq masshtabdagi bosqini boshlanganiga bugun, 24 fevralda toʻrt yil toʻldi.

Jahon

24.02.2026, 14:06

Masʼullarning masʼuliyatsizligi bogʻcha bolalarining boshiga bolgʻa boʻlyapti

Fargʻona shahridagi bir nechta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarda isitma, koʻngil aynishi, qayt qilish va ich ketish alomatlari kuzatildi.

Oʻzbekiston

24.02.2026, 12:04

Meksika JCh–2026 oʻyinlarini oʻtkaza olmasligi mumkin

Mamlakatdagi zoʻravonliklar sabab ayrim oʻyinlar taqdiri, jumladan Oʻzbekiston — Kolumbiya uchrashuvi ham xavfsizlik vaziyati tufayli bekor qilinishi mumkin.

Jahon

24.02.2026, 10:39

Rossiyada bolani qutqargan oʻzbek migranti “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida oʻzbekistonlik fuqaro Xayrullo Ibodullayev 7-qavatdan tushib ketgan bolani qutqarib qolgan edi.

Oʻzbekiston

24.02.2026, 09:40

Tehronda talabalar va Xominaiy tarafdorlari oʻrtasida toʻqnashuv yuz berdi

Namoyishchilar Eron bayrogʻini koʻtarib, Oyatulloh Xominaiyni nazarda tutgan holda “Diktatorga oʻlim!” shiori bilan chiqishgan.

Jahon

23.02.2026, 14:41

Meksikada mashhur narkobaronning oʻldirilishi ortidan tartibsizliklar avj oldi

Meksika Qurolli kuchlari mamlakatdagi eng yirik narkokartellardan birining yetakchisi, “El Mencho” nomi bilan tanilgan Nemesio Osegera Servantesni maxsus operatsiya davomida yoʻq qildi. 

Jahon

23.02.2026, 12:28

8 mart yakshanbaga toʻgʻri keladi: dam olish kunlari qanday boʻladi?

2026 yilda 8 mart — Xotin-qizlar kuni yakshanbaga toʻgʻri keladi. Shu sababli qoʻshimcha dam olish kuni 9 mart (dushanba)ga koʻchiriladi.

Oʻzbekiston

23.02.2026, 11:38