Odamizod bu dunyodan o‘tib borar — Ibrohim G‘afurov vafot etdi
Atoqli munaqqid, tarjimon va adib, O‘zbekiston san’at arbobi Ibrohim G‘afurov bugun, 6-iyun kuni 89 yoshida vafot etdi.
Madaniy
06.06.2026, 18:01
Ulashish:

Yozuvchi tarjimon, tanqidchi Ibrohim G‘afurov 1937-yil 27-dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. 1956-1961-yillarda SAGU (hozirgi O‘zMU) ning filologiya fakultetida o‘qigan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi — Ibrohim G‘afurovning ilk hikoya va maqolalari 1957-yilda nashr etila boshlagan.
1961-1982-yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
1995-yilda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasini tashkil etish tashabbuskori bo‘lgan. U mazkur partiyaning raisi (1996-yildan), “Milliy tiklanish” gazetasining bosh muharriri bo‘lgan.
Ibrohim G‘afurov 1980 — 2000 yillar istiqlol madaniyati, ma’naviyati, erkinlik va axloq, yangicha insoniy qarashlarning shakllanishi, onglarning uyg‘onishi haqida yozgan.
Jahon adabiyotini milliy o‘zbek adabiyoti bilan boyitib, unga katta hissa qo‘shgan.
1987 yil I. G‘afurov “O‘ttiz yilning izhori” kitobi uchun Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan.
1996 — 2005 yillar Oliy Majlis deputati.
1995-yil “Do‘stlik”, 2007-yil “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan mukofotlangan.
2017-yil Ibrohim Usmonovich “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” sharafli unvoniga loyiq topilgan va bu uning mehnati va iqtidori oldidagi yana bir iqrordir.
Uning kitoblari:
1. “Go‘zallikning olmos qirralari”. Adabiy o‘ylar, (1964)
2. “Unutilmagan bog‘. Usmon Nosir” (1967)
3. “Ona yurt kuychisi, Mirtemir” (1970)
4. “Joziba”. Adabiy-tanqidiy maqolalar, (1970)
5. “Yonar so‘z”. Adabiy-tanqidiy maqolalar (1973)
6. “Yam-yashil daraxt”. Adabiy-tanqidiy maqolalar (1975)
7. “O‘rtoq shoir”. Maqsud Shayxzoda lirikasi (1976)
8. “Yurak — alanga”. Adabiy-tanqidiy maqolalar (1980)
9. “Prozaning shoiri. Said Ahmad mahorati” (1981)
10. “Lirikaning yuragi”. Adabiy-tanqidiy maqolalar (1982)
11. “So‘zun ishig‘i”. Muosir o‘zbek adabiyoti haqinda. Baki (1979)
12. “She’riyat — izlanish demak”. Adabiy-tanqidiy ocherk (1984)
13. “O‘ttiz yilning izhori”. Ilmiy-tanqidiy risolalar (1987)
14. “Iltijo”. Mansuralar (1991)
15. “Dil erkinligi”. Mansuralar, badialar, hikoyalar (1998)
16. “Hayo — xaloskor”. Saylanma, mansuralar, risolalar (2006)
17. “Mangu latofat”. Saylanma, badialar (esselar), risolalar (2008)
18. “Tarjimonlik mutaxassisligiga kirish”. O‘quv qo‘llanma (2008)
19. “Tarjima nazariyasi” (O.Mo‘minov, N.Qambarov bilan hamkorlikda)
20. “Qur’on tarjimalari: Tajribalar”. Risola (2009)
21. “Hayot — xayol — xiyoboni” (Ibrohim G‘afurov safdoshlar va zamondoshlari zikrida) (2007)
Tarjimalari:
1. Ernst Xeminguey. “Chol va dengiz”, qissa.
2. Ernst Xeminguey. “Alvido, qurol”, roman.
3. Konst. Paustovskiy. “Olis yillar”, roman.
4. Vadim Kojevnikov. “Qilich va qalqon”, roman.
5. Mirzo Ibrohimov. “Bo‘ron qushi”, qissa.
6. Sulaymon Rahimov. “Mohitobon”, roman.
7. Mirzo Ibrohimov. “Parvona”, roman.
8. Gi de Mopassan. “Azizim”», roman.
9. Fedor Dostoyevskiy. “Jinoyat va jazo”, roman.
10. Fedor Dostoyevskiy. “Telba”, roman.
11. Fedor Dostoyevskiy. “Qimorboz”, roman.
12. Nozim Hikmat. “Surur”, roman.
13. Chingiz Aytmatov. “Qiyomat”, roman.
14. Chingiz Aytmatov. “Chingizxonning oq buluti”, qissa.
15. Hind eposi “Panchatantra”. Besh muqaddas kitob.
16. Konfutsiy. Hikmatlar.
17. A.Soljenitsin. Hikoyalar.
18. V.Rasputin. “Yong‘in”, qissa.
19. Edgar Po. Hikoyalar.
20. Folkner. Hikoyalar.
21. F.Nitshe. “Zardo‘sht tavallosi”, nasriy doston.
22. G.G.Markes. “Buzrukning kuzi”, roman.
23. Jeym Joys. “Uliss”, roman.
24. Ch.Aytmatov. “Qulayotgan tog‘lar”, roman.
25. F. Dostoyevskiy. “Iblislar”, roman.
Hujjatli badiiy filmlar senariylari:
1. “G‘afur G‘ulom”.
2. “Maqsud Shayxzoda”.
3. “Zulfiya”.
4. “Boborahim Mashrab”.
TVda turkumiy mualliflik ko‘rsatuvlari:
“Tafakkur yolqinlari”.
Paradigma tahririyati marhumning oila a’zolari, yaqinlari va jamiki muxlislariga hamdardlik bildiradi.
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59

