updated: 22.03.2026, 13:59

Meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 3,5 milliard dollarga yetkaziladi

Prezidentning 2025 yil 8 oktabrdagi farmoniga muvofiq, issiqxona xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Ulashish:

Meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 3,5 milliard dollarga yetkaziladi

Farmonga koʻra, 2025–2027 yillarda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini jadal rivojlantirish hamda qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish maqsad qilingan.

Asosiy koʻrsatkichlar:

2026 yilda eksport hajmi 3,5 mlrd dollarga, 2027 yilda esa 4 mlrd dollarga yetkaziladi;

Tabiiy gaz bilan taʼminlangan issiqxonalarda mahsulot yetishtirish hajmi 2026 yilda 620 ming tonna, 2027 yilda 670 ming tonna boʻladi;

Issiqxona mahsulotlari eksporti ulushi 30 foizdan 70 foizgacha oshiriladi;

2026 yilda 20 ming gektar, 2027 yilda 15 ming gektar maydonga meva va sabzavot koʻchatlari ekiladi.

Beriladigan imtiyozlar:

2026 yil 1 yanvardan 2028 yil yakunigacha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi;

2025 yil 1 oktabr holatigacha boʻlgan soliq qarzlari foizsiz 2028 yil oxirigacha uzaytiriladi;

Maʼmuriy va moliyaviy jarimalar hamda hisoblangan penyalar bekor qilinadi;

Inkasso topshiriqnomalari qaytarib olinadi;

Issiqxona yerlari uchun soliq qishloq xoʻjaligi yerlari stavkalari boʻyicha hisoblanadi;

Yer fondi toifasini oʻzgartirmasdan issiqxona infratuzilmasi obʼektlarini qurishga ruxsat beriladi (qozonxona, qadoqlash sexi va boshqalar).

Qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlov:

Issiqlik va sovitish xizmatlari uchun xarajatlarning 50 foizi miqdorida imtiyozli kreditlar (yillik 14%) ajratiladi;

Energiya samaradorligi uskunalari oʻrnatish xarajatlarining 20 foizi davlat jamgʻarmasi hisobidan qoplab beriladi.

Iqtisodiyot

14.10.2025, 18:50

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45