Rossiya neft ishlab chiqarish hajmi yanvardan beri 940 ming barrelga kamayib ketdi
Rossiyaning 2026-yildagi o‘rtacha neft qazib olishi kuniga 8,7 mln barrel deb baholanmoqda.
Jahon
14.09.2026, 15:54
Ulashish:

Xalqaro energetika agentligi (IEA) Rossiyaning 2026-yil uchun neft qazib olish prognozini yana 125 ming barrelga qisqartirib, kuniga 8,7 mln barrelga tushirdi. Agentlikning yangi tahlili Rossiya energetika infratuzilmasiga, ayniqsa neftni qayta ishlash obyektlariga berilayotgan Ukraina dron hujumlari kuchayib borayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.
Rossiyaning xom neft ishlab chiqarishi avgust oyida kuniga 8,36 mln barrelni tashkil qilgan. Bu iyul oyidagi ko‘rsatkichdan 200 ming barrelga, yanvar oyidagidan esa 940 ming barrelga kam. Avgustdagi ko‘rsatkich 2025-yilning shu oyiga nisbatan ham 695 ming barrelga past bo‘lgan.
Bosim kuchaymoqda
Ukraina Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlari, yoqilg‘i terminallari va boshqa energetika obyektlariga muntazam ravishda dron hujumlarini amalga oshirmoqda. Bunday zarbalar nafaqat alohida zavodlarning faoliyatini vaqtincha to‘xtatishi, balki mamlakatdagi umumiy qayta ishlash quvvatlarini ham qisqartirishi shubhasiz.
IEA ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada neft mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish ham og‘ir bosimga duch kelmoqda. Rossiyaning ayrim hududlarida avvalroq kuzatilgan benzin tanqisligini hisobga olsak, neftni qayta ishlashdagi uzilishlar ichki yoqilg‘i bozoriga katta ta’sir o‘tkazadi.
Rossiya uchun muammo faqat ishlab chiqarish hajmining kamayishida emas. Neft – mamlakat budjeti va eksport daromadlarining yirik manbalaridan biri. Shu sababli qazib olish va qayta ishlashdagi uzoq uzilishlar davlat daromadlarini keskin tushiradi.
“Reuters” agentligi qo‘lga kiritgan hukumat prognozi loyihasiga ko‘ra, Rossiya Ukraina bilan ziddiyat sababli bu yilgi neft qazib olish ko‘rsatkichini so‘nggi 17 yildagi eng past darajaga tushirgan. Shuningdek, 2026–2027-yillar uchun yoqilg‘i eksporti rejasini qayta ko‘rib chiqqan. Bu shundan darak beradiki, Ukraina zarbalarining Rossiya energetika sektoriga ta’siri tobora kengaymoqda.
Jahon
14.09.2026, 15:54
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor
Siyosat
22.10.2026, 17:53

Vashington Moskvaga javob berdi: diplomatlar Kiyevda qoladi
Siyosat
06.10.2026, 18:02

Rossiya Dnepr ustidagi ko‘prikka zarba berdi: besh kishi yaralandi
Jahon
06.10.2026, 16:14

Neftni qayta ishlash zavodlariga berilgan zarbalar oqibatida Rossiya YaIMining 1 foizini yo‘qotdi – Putin
Iqtisodiyot
02.10.2026, 12:46

Neft narxining $100 dan oshishi Markaziy Osiyo davlatlariga turlicha ta’sir qiladi
Jahon
14.09.2026, 16:56
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04
So'nggi yangiliklar

AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi
Jahon
13.11.2026, 14:50

Toşkentda avtomobillarni evakuatsiya qiliş tartibi özgardimi?
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:32

Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasi joriy etildi
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:12

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04
