Hindistonda musulmonlar deportatsiya va hibs xavfiga duç kelmoqda
Hindistonda saylovçilar röyxatini qayta körib çiqiş jarayonida 130 million kişining nomi öçirilgan.
Jahon
16.11.2026, 11:02
Ulashish:

Mohammad Ponir Hossain/ Reuters
Hindistonda saylovçilar röyxatini keng kölamda qayta körib çiqiş natijasida röyxatdan çiqarilgan ayrim musulmonlar hibsga oliniş va mamlakatdan deportatsiya qilinişi xavfiga duç kelmoqda. Bu haqda Reuters agentligi 16 noyabr kuni e’lon qilgan suriştiruvida ma’lum qildi.
Reuters ma’lumotlariga köra, Hindiston böylab saylovçilar röyxatidan 130 million kişining nomi çiqarilgan. Bu mamlakat tarixidagi eng yirik bunday jarayon hisoblanadi. Tahlillardan birida musulmonlar mazkur özgarişlardan nomutanosib darajada köproq zarar körgani qayd etilgan.
Ğarbiy Bengaliyada musulmonlar uluşi yuqori
Jarayon ayniqsa Ğarbiy Bengaliya ştatida keng kölamda amalga oşirilgan. Reuters keltirgan Sabar instituti ma’lumotlariga köra, ştatdagi saylovçilar röyxatidan taxminan 9 million nom çiqarilgan.
Qöşimça tekşiruvdan keyin öçirilgan 2,7 million nomning qariyb 70 foizi musulmonlarga tegişli bölgan. Vaholanki, ular ştat aholisining 27 foizini taşkil etadi.
Bu jarayon saylovlar arafasida siyosiy bahslarga ham sabab bölgan. Hindiston Xalq partiyasi (BJP) saylovçilar röyxatidan qonuniy fuqarolarni maqsadli ravişda çiqariş ayblovlarini rad etgan.
Saylovçilar röyxatidan çiqariş deportatsiya jarayoni bilan boğlanmoqda
Hindiston içki işlar vaziri Amit Şoh 5 noyabr kuni Haryana ştatidagi mitingda noqonuniy migrantlarni aniqlaş, ularni saylovçilar röyxatidan çiqariş va mamlakatdan deportatsiya qiliş haqida gapirgan.
Reuters ta’kidlaşiça, saylovçilar röyxatidan çiqarilişning özi şaxsning xorijiy fuqaro ekanini isbotlamaydi. Biroq agentlik suhbatlaşgan oilalar mazkur ikki jarayon örtasidagi boğliqlikdan xavotir bildirgan.
Bangladeşga çiqarib yuborilgan ayolning işi sudda körilmoqda
Reuters suhbatlaşgan 38 yoşli Sahida Fakirning aytişiça, u 19 iyul kuni uyidan çiqqanida politsiya xodimlari tomonidan uşlangan. Uning telefoni olib qöyilgan, keyin esa Bangladeşga ötkazib yuborilgan.
Ayolning sözlariga köra, telefonida şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarning nusxalari saqlangan. U özini Hindiston fuqarosi deb hisoblaydi va oilasi bir neça avloddan beri şu mamlakatda yaşab kelganini aytgan.
Reuters körib çiqqan sud hujjatlariga köra, mazkur operatsiya davomida 149 kişi Bangladeşga deportatsiya qilingan. Hindiston rasmiylari ularni Bangladeş fuqarolari deb baholagan.
Sahida Fakirning oilasi uning deportatsiya qilinişi ustidan Hindiston Oliy sudiga murojaat qilgan. Arizada saylovçilar röyxatidan çiqariliş fuqarolikni belgilaş uçun yetarli asos böla olmasligi ta’kidlangan.
Ayrim fuqarolar bir neça hafta hibsda saqlangan
Yana bir sud işida savdogar Nasiruddin Şayx va boşqa şaxslar saylovçilar röyxatidan çiqarilganidan keyin hibsga olinganini bildirgan.
Şayxning aytişiça, u va yana 22 kişi Çxattisgarh ştatida işlayotgan paytida politsiya tomonidan uşlangan. Ularning 19 nafari 14 kundan keyin ismlari yangilangan saylovçilar röyxatida borligi aniqlanganidan söng ozod qilingan. Şayx va yana uç kişi esa 32 kun hibsda saqlangan.
Hindiston politsiyasi va davlat yuristlari Ğarbiy Bengaliyada doimiy saqlaş lagerlari mavjud emasligini sudga ma’lum qilgan. Biroq Reuters jurnalistlari Murşidabodda gumon qilingan xorijiy migrantlar uçun taşkil etilgan maxsus saqlaş markazini közdan keçirgan.
Huquq faollari esa saylovçilar röyxatidan çiqarilgan şaxslarning murojaatlari köpligi va maxsus tribunallardagi jarayonlar sekin keçayotganidan xavotir bildirmoqda.
Jahon
16.11.2026, 11:02
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Hindistondagi millatchilik siyosatining hududiy yaxlitlikka taʼsi
Siyosat
30.06.2025, 11:38

AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi
Jahon
13.11.2026, 14:50

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12
So'nggi yangiliklar

Bugundan bank ilovalarida P2P ötkazmalar va biometriya talablari özgardi
Iqtisodiyot
16.11.2026, 10:31

Toşkentda 9 oyda 300 dan ortiq OIV yuqtiriş holati aniqlandi
Oʻzbekiston
16.11.2026, 10:21

Şohrux Ğiyosov lavozimidan ozod etildi
Oʻzbekiston
15.11.2026, 17:09

Yamanda qamal sabab kasalliklar tarqalmoqda
Jahon
14.11.2026, 14:21

Jensen Xuang Nvidia’dan ketdi: kompaniyani endi kim boşqaradi?
Jahon
14.11.2026, 13:19

Uç buyuk davlat rahbari Xitoyda uçraşadi
Jahon
14.11.2026, 10:05

AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi
Jahon
13.11.2026, 14:50

Toşkentda avtomobillarni evakuatsiya qiliş tartibi özgardimi?
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:32

Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasi joriy etildi
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:12

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış
Jahon
22.10.2026, 11:12
