Mirziyoyev Germaniya kansleri bilan nimalarni kelishib oldi?

Kecha, 15 sentabr kuni Germaniya kansleri Olaf Shols Oʻzbekistonga yetib keldi. Kansler shu kunning oʻzidayoq mamlakat Prezidenti Mirziyoyev bilan koʻrishib, bir qator masalalarda muzokaralarni olib bordi. Xoʻsh, amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turgan kansler Olaf Shols mamlakat rahbari bilan nimalarni kelishib oldi? Quyidagi maqola orqali batafsil bilib oling.

Ulashish:

Mirziyoyev Germaniya kansleri bilan nimalarni kelishib oldi?

Mirziyoyev Germaniya kansleri bilan nimalarni kelishib oldi?

Kecha, 15 sentabr kuni Mirziyoyev taklifiga binoan Germaniya kansleri, aniqrogʻi davlatning bosh vaziri Samarqand shahriga yetib keldi. Davlat rahbari Germaniya kansleri Olaf Sholsni Registon maydonida kutib oldi. Dastlab, Mirziyoyev Shols bilan shahar aylandi hamda Registon maydonini tomosha qildi. 

Soʻng Samarqand shahrida Germaniya kansleri Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni shohsupaga taklif etdi. Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi. Yetakchilar esa faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiya aʼzolarini qutladi va birgalikda rasmga tushib muzokaralarni boshlab yubordi.

 Muzokara davlat rahbari Germaniya kanslerning Oʻzbekistonga tashrifi tarixiy ahamiyatga ega ekanini bildirish bilan boshlandi.

"Buni koʻp qirrali Oʻzbekiston-Germaniya munosabatlarini yanada rivojlantirishga alohida eʼtiboringiz va Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni qoʻllab-quvvatlashingizning dalolati sifatida qabul qilamiz", deydi Mirziyoyev.

Tadbir davomida Prezident 2023 yilning oʻzida Oʻzbekiston Germaniya bilan tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard yevrodan oshganini ochiqladi hamda joriy yil boshidan buyon mamlakat iqtisodiyotiga Germaniya kompaniyalarining 800 million yevrolik sarmoyalari kiritilganini maʼlum qildi. Shuningdek, iyun oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Germaniya Ishbilarmonlar kengashining sakkizinchi yigʻilishi muvaffaqiyatli oʻtkazilganligiga ham alohida taʼkidladi. 

Yigʻilish davomida tomonlar parlamentlar, hukumatlar, tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi faol aloqalarni davom ettirish tarafdori ekanliklarini bildirdi. Tashqi siyosatda Oʻzbekiston-Germaniya munosabatlari darajasini oshirish masalasini koʻrib chiqish, xalqaro va mintaqaviy muammolar, jumladan, Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan muntazam maslahatlashuvlar oʻtkazish belgilandi. Birlashgan millatlar tashkiloti, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevropa Ittifoqi institutlari va boshqa koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi faol hamkorlik davom ettirilishi haqida ham fikr almashilgan. 

Bundan tashqari, sammitda sanoat va texnologiyalar boʻyicha strategik sheriklik dasturi tayyorlangani qayd etilgan. Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan umumiy qiymati qariyb 9 milliard yevro boʻlgan hamkorlik loyihalari ishlab chiqilayotgani borasida ham fikr almashilgan. 

Shuningdek, Germaniyaning "Siemens Energy" kompaniyasi bilan mamlakat hududlarida bugʻ-gaz elektr stansiyalarini qurish, "Linde Group" kompaniyasi bilan "metanol oroli" barpo etish va "yashil" ammiak ishlab chiqarish, "KfW Ipex-Bank" ishtirokida yirik mis konini oʻzlashtirish, "Giga Fiber" bilan mis qazib olish va kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish, "AMK Global" bilan uglerod tolasi, "Guesscon" bilan qora qurum va vodorod ishlab chiqarish boʻyicha amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalarga ham toʻxtab oʻtilgan. 

Tashrif davomida oʻta muhim xomashyo resurslari va iqlim oʻzgarishi sohasidagi hamkorlik boʻyicha imzolanadigan bitimlarning ahamiyatiga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Muzokara davomida Oʻzbekiston Prezidenti Germaniya hukumati tashabbusi bilan tuzilgan Iqlim klubida ishtirok etishdan manfaatdor ekanini bildirgan. Shuningdek, transport va logistika, samarali quruqlik va havo yoʻlaklarini rivojlantirish, transport xarajatlarini kamaytirish masalalariga koʻproq eʼtibor qaratishga kelishilgan. 

Bundan tashqari, Oʻzbekiston rahbari "Lufthansa" aviakompaniyasining mamlakatga toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarini qayta yoʻlga qoʻyish masalasini koʻrib chiqishni taklif etgan. Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev hamda Germaniya kansleri Olaf Shols mehnat migratsiyasi sohasida shaffof va tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan bitim imzolangani tilga olingan. Masʼul idoralar darajasida talab yuqori boʻlgan oʻzbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash va Germaniyaga yuborish boʻyicha amaliy hamkorlik "yoʻl xaritasi"ni ishlab chiqish taklif etilgan. 

Shu jumladan, Germaniyaning dual taʼlim tizimini Oʻzbekiston hududlarida keng joriy etishga qiziqish bildirilgan. Yetakchi universitetlar oʻrtasida taʼlim va ilmiy aloqalarni rivojlantirish uchun ikki mamlakat oliy oʻquv yurtlari forumini tashkil etish tashabbusi ilgari surilgan. Davlat rahbari qoʻshma dasturlarni amalga oshirish, Germaniya oliy taʼlim muassasalarining fakultetlari va filiallarini ochish uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyorligini bildirgan. Tashrif doirasida Boshqaruv kadrlarini tayyorlash qoʻshma maktabi ishga tushirilishi haqida ham soʻz borgan. 

Oʻzbekiston Prezidenti yoshlarda nemis tiliga qiziqishi yuqori ekanini, bu tilni 300 mingga yaqin yigit-qiz oʻrganayotganini bildirgan. Yaqinda andijonlik maktab oʻquvchisi Rayyona Ibrohimova nemis tili boʻyicha Jahon olimpiadasida gʻolib boʻlganini fikriga isbot sifatida keltirgan. Suhbat chogʻida Germaniya tomoni Oʻzbekiston hududida til oʻrganish va oʻqituvchilar tayyorlash dasturlarini kengaytirishga koʻmaklashishga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, madaniy hamkorlik boʻyicha aralash komissiya faoliyatini qayta tiklash ham taklif etilgan. 

Shu tariqa muzokaralar yakuniga yetib, ikki tomonlama qoʻshma deklaratsiyalar qabul qilingan. Unda 8 ta hujjat imzolangan, jumladan, Migratsiya va mobillik sohasida har tomonlama sheriklik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim, Veterinariya va chorvachilik sohasida hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo deklaratsiya, "Yashil Markaziy Osiyo" tashabbusi doirasida suv resurslaridan barqaror foydalanish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo deklaratsiya, Oʻta muhim minerallar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiya, Transport sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim hamda Parij bitimi doirasida iqlim oʻzgarishi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolangan. Bundan tashqari, 2024-2026 yillarga moʻljallangan Texnologik sheriklik va sanoat kooperatsiyasi dasturi qabul qilingan. Oʻzbekiston va Germaniyaning yetakchi korxonalari darajasida bir qator bitim va shartnomalar tuzilgan.

Siyosat

16.09.2024, 10:26

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Mers: «Qoidalarga asoslangan dunyo tartibi endi mavjud emas»

Har yili oʻtkaziladigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida nutq soʻzlagan Germaniya kansleri yirik davlatlar oʻrtasidagi raqobat kuchaygan bir sharoitda «erkinlik kafolatlanmagani»ni taʼkidladi. 

Jahon

14.02.2026, 13:47

Germaniya Markaziy Osiyo davlatlarini Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qatʼiy rioya etishga chaqirdi

Berlinda Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashib, Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilish va Yevropa Ittifoqini qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.

Siyosat

13.02.2026, 09:08

Germaniya sovet davridagi koʻcha nomlaridan voz kechadi

Mamlakatning sharqiy hududlarida hali ham Vladimir Lenin, GDR rahbarlari Otto Grotevol va Vilgelm Pik nomidagi koʻchalar uchraydi. Taʼkidlanishicha, Germaniya birlashganiga 35 yil boʻlgan bir paytda repressiyalar va totalitar tuzum bilan bogʻliq shaxslar nomlari koʻchalarda qolmasligi kerak.

Jahon

10.12.2025, 16:41

Toshkentda Germaniya tibbiyot akademiyasi ochildi

Kecha poytaxtdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi 1-son Respublika jamoat salomatligi texnikumi bazasida Germaniya tibbiyot akademiyasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 20:42

Oʻzbekiston va Germaniya hukumatlararo maslahatlashuvlari Toshkentda boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston elchisi Dilshod Axatov Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi davlat kotibi Nils Annen bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Siyosat

17.09.2025, 19:32

Germaniya OTMda oʻzbekistonlik yoshlarga grantlar ajratiladi

Oʻzbekiston elchisi Dilshod Axatov Germaniyaning Konrad Adenauer jamgʻarmasining Yevropa va xalqaro aloqalar boʻyicha bosh kotibi oʻrinbosari Gerxard Vallers bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Ta'lim

09.09.2025, 18:28

So‘nggi yangiliklar

Rossiya-Ukraina urushi: yoʻqotishlar, zarar va muzokaralar

Rossiyaning Ukrainaga toʻliq masshtabdagi bosqini boshlanganiga bugun, 24 fevralda toʻrt yil toʻldi.

Jahon

24.02.2026, 14:06

Masʼullarning masʼuliyatsizligi bogʻcha bolalarining boshiga bolgʻa boʻlyapti

Fargʻona shahridagi bir nechta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarda isitma, koʻngil aynishi, qayt qilish va ich ketish alomatlari kuzatildi.

Oʻzbekiston

24.02.2026, 12:04

Meksika JCh–2026 oʻyinlarini oʻtkaza olmasligi mumkin

Mamlakatdagi zoʻravonliklar sabab ayrim oʻyinlar taqdiri, jumladan Oʻzbekiston — Kolumbiya uchrashuvi ham xavfsizlik vaziyati tufayli bekor qilinishi mumkin.

Jahon

24.02.2026, 10:39

Rossiyada bolani qutqargan oʻzbek migranti “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida oʻzbekistonlik fuqaro Xayrullo Ibodullayev 7-qavatdan tushib ketgan bolani qutqarib qolgan edi.

Oʻzbekiston

24.02.2026, 09:40

Tehronda talabalar va Xominaiy tarafdorlari oʻrtasida toʻqnashuv yuz berdi

Namoyishchilar Eron bayrogʻini koʻtarib, Oyatulloh Xominaiyni nazarda tutgan holda “Diktatorga oʻlim!” shiori bilan chiqishgan.

Jahon

23.02.2026, 14:41

Meksikada mashhur narkobaronning oʻldirilishi ortidan tartibsizliklar avj oldi

Meksika Qurolli kuchlari mamlakatdagi eng yirik narkokartellardan birining yetakchisi, “El Mencho” nomi bilan tanilgan Nemesio Osegera Servantesni maxsus operatsiya davomida yoʻq qildi. 

Jahon

23.02.2026, 12:28

8 mart yakshanbaga toʻgʻri keladi: dam olish kunlari qanday boʻladi?

2026 yilda 8 mart — Xotin-qizlar kuni yakshanbaga toʻgʻri keladi. Shu sababli qoʻshimcha dam olish kuni 9 mart (dushanba)ga koʻchiriladi.

Oʻzbekiston

23.02.2026, 11:38

Gʻazodagi urushda 500 dan ortiq Markaziy Osiyo fuqarolari ishtirok etgan

Gʻazo sektoridagi urushda 50 mingdan ortiq xorijlik ishtirok etgan. Ularning 500 dan ortigʻini Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari tashkil etadi. 

Jahon

23.02.2026, 09:15

Oʻzbekistonning davlat qarzi 46,85 mlrd dollarni tashkil etdi

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, davlat qarzining asosiy qismi — 39,82 mlrd dollari yoki 85 foizi tashqi qarz hissasiga toʻgʻri keladi. Tashqi qarzning YaIMga nisbati 27,1 foizni tashkil etmoqda.

Iqtisodiyot

23.02.2026, 08:10

Chiqindilarni olib ketish xizmatida yangi toʻlov tizimi joriy etildi

Endi isteʼmolchilar faqat amalda koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlov qiladi, barcha hisob-kitoblar esa onlayn tizim orqali yuritiladi.

Iqtisodiyot

22.02.2026, 14:36

Mubashshir Ahmad «Sangorod»ga oʻtkazildi

Navoiy viloyatida jazo muddatini oʻtayotgan Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov 20 fevral kuni Toshkent shahriga olib kelindi.

Oʻzbekiston

22.02.2026, 11:17

Xitoyning sunʼiy intellekt dasturlari senzura bosimi ostidami?

Xitoyning sunʼiy intellekt (SI) chat-botlari koʻpincha siyosiy savollarga javob berishdan bosh tortadi yoki rasmiy davlat pozitsiyasini takrorlaydi.

Fan-texnologiya

22.02.2026, 09:08