Odamlarning “Amerika orzusi”ni amalga oshirmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda bir qator tashkilotlar bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolarni noqonuniy yoʻllar bilan Amerikaga joʻnatmoqchi boʻlgan bir guruh qonunbuzarlar qoʻlga olindi

Ulashish:

Odamlarning “Amerika orzusi”ni amalga oshirmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Odamlarning “Amerika orzusi”ni amalga oshirmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Maʼlum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Toshkent shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Namangan shahrida yashovchi shaxs Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “Toshkent-Istanbul-Madrid-Tixuana” yoʻnalishida Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborishni vaʼda bergan. Buning uchun zarur boʻladigan viza hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 334 mln soʻm olayotgan vaqtida ushlangan. 
 
DXX xodimlari tomonidan prokuratura hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida aniqlanishicha, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi shaxs oʻzining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 3 nafar fuqaroni AQShga borishlari uchun ularning hujjatlarini rasmiylashtirish berishini aytgan. Viza olib berish berish evaziga 42 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 28 800 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 
 
Yana bir holatda esa Samarqand shahrida yashovchi shaxs Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning aldov yoʻli bilan ishonchiga kirib, uning nomiga viza va boshqa tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, “Turkiya-Yevropa davlatlari-Meksika” yoʻnalishida aylanma yoʻllar orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborish evaziga 17 500 AQSh dollari talab qiladi. Ammo, u oldindan 6 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXXning Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlanadi. 
 
Bundan tashqari, Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi shaxsga Uchquduq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Turkiya va Meksika davlatlari orqali Qoʻshma Shtatlarga yuborishni vaʼda bergan va u yerda ishga joylashtirish evaziga 19 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 6200 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 
 
Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi shaxs Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Qoʻshma Shtatlarga ishga yuborishni vaʼda qilib, bu kabi ishlarni qilishga vakolati boʻlmasada, dastlab, 2023 yilning aprel-may oylarida 14 300 AQSh dollarini oladi. Shundan keyin uni aylanma yoʻllar bilan Janubiy Afrika Respublikasiga yuborib, uni boshqa davlatda chorasiz holatda qoldiradi va vaziyatni oʻnglash, yaʼni uni Amerikaga oʻtkazish uchun uning otasidan qoʻshimcha 6700 AQSh dollari talab qiladi. DXX Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda u soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi. 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid yangiliklar

Oʻrmon xoʻjaligining ijaradagi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi boʻlganlar ushlandi

Oʻrmon xoʻjaligining ijaradagi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi boʻlganlar ushlandi

Oʻzbekistonning turli viloyatlarida yer maydonlarini olib berishni vaʼda qilgan bir guruh qonunbuzarlar qoʻlga tushdi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentini axborot xizmati xabar berdi. 

Oʻzbekiston

17.09.2024, 11:22

DXX hududlarda giyohvandlik hamda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi

DXX hududlarda giyohvandlik hamda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan Respublikaning turli nuqtalarida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida bir qancha qonunbuzarlik holatlari ochiqlandi. 

Oʻzbekiston

26.07.2024, 16:49

Janubiy Koreyaga ishga yubormoqchi boʻlgan Migratsiya agentligi xodimlari pora qoʻlga tushdi

Janubiy Koreyaga ishga yubormoqchi boʻlgan Migratsiya agentligi xodimlari pora qoʻlga tushdi

Migratsiya agentligining Namangan viloyati filiali bosh mutaxassisi bir guruh fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni Janubiy Koreyaga ishga yuborish evaziga 41 ming AQHS dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston

27.08.2025, 17:28

Soxta DXX xodimi qoʻlga olindi

Soxta DXX xodimi qoʻlga olindi

Toshkentda oʻzini DXX xodimi sifatida tanishtirib,  Namangandagi xususiy korxona nomiga olib kelingan tovarlarni Bojxona qoʻmitasidagi tanishlari orqali bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazib berishni aytgan shaxs ushlandi.

Oʻzbekiston

05.08.2025, 15:34

Toshkent, Namangan va Qashqadaryoda poraxoʻrlar qoʻlga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan korrupsiyaga oid bir qator noqonuniy holatlar aniqlandi.

Oʻzbekiston

29.07.2025, 14:02

Toshkent va Fargʻona shaharlarida OTMga noqonuniy oʻqishga kiritish holatlari aniqlandi

Toshkent va Fargʻona shaharlarida OTMga noqonuniy oʻqishga kiritish holatlari aniqlandi

Oʻqishga kiritib qoʻyish uchun 4000 va 3800 AQSh dollari olgan shaxslar qoʻlga olindi.Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazdilar.

Oʻzbekiston

12.07.2025, 11:57

So‘nggi yangiliklar

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?

Eron Ekspertlar kengashi 8 mart kuni Seyid Mojtabo Husayniy Xomanaiyni mamlakatning yangi Oliy rahnamosi etib sayladi.

Jahon

12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda

BAAning Masdar kompaniyasi 2026 yil yanvar oyida Oʻzbekistonda quvvati 1 GVt boʻlgan uzluksiz (24/7) toza energiya loyihasini oʻrganish boʻyicha memorandum imzoladi.

Iqtisodiyot

12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg

Maʼlum qilinishicha, mojaroning dastlabki bosqichida AQSh qanotli raketalar orqali tezkor zarbalar bergan. Biroq ikki haftadan soʻng vaziyat murakkablasha boshlagan.

Jahon

11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi

Tadqiqotchilar NASAning Jeyms Uebb kosmik teleskopi maʼlumotlaridan foydalanib, hozirgacha kuzatilgan eng olis “meduza galaktikalaridan” biri boʻlishi mumkin boʻlgan obʼektni aniqladilar.

Fan-texnologiya

11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi

Tramp maʼmuriyati sunʼiy intellekt dasturlari uchun yangi va qatʼiy qoidalar ishlab chiqdi. Unga koʻra, kompaniyalar oʻz modellaridan “har qanday holatda qonuniy” foydalanishga ruxsat berishi kerak.

Jahon

11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

Jahon

11.03.2026, 11:48

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi

10 martdan boshlab Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga ikki tomonlama yoʻlovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. 

Oʻzbekiston

11.03.2026, 11:16

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi

Qirgʻizistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti 20 mart, juma kuniga belgilandi.

Jahon

11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi

Maʼlum qilinishicha, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev 7 mart kuni Chexiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Oʻzbekiston

10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abduraxmon Tashanov oʻz Feysbuk sahifasida post joylab, 2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori qarori bilan u maʼmuriy javobgarlikka tortilayotganini maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

10.03.2026, 14:35