DXX hududlarda giyohvandlik hamda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan Respublikaning turli nuqtalarida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida bir qancha qonunbuzarlik holatlari ochiqlandi

Ulashish:

DXX hududlarda giyohvandlik hamda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi

DXX hududlarda giyohvandlik hamda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi

Maʼlum boʻlishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Oqoltin tumanidagi “Sardoba” YPX maskanida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda “Toshkent-Jizzax” yoʻnalishida harakatlanayotgan Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirilgan. 

Natijada, avtomashina yukxonasiga 3080 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari yashirib qoʻyilganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Mazkur shaxsning jinoiy sherigi boʻlgan – Baxmal tumanida yashovchi fuqaro ham qoʻlga olingan. Aniqlanishicha, ushbu dori vositalari Qirgʻiziston Respublikasidan olib kelingan. 

Shuningdek, DXX xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda Fargʻona shahrida ham tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Fargʻona tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs Qirgʻizistondan keltirilgan 2799 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 65 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlangan. 

Fargʻona viloyatida kuzatilgan yana bir holatda, Fargʻona tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs “oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegarasida belgilangan tartibni qoʻpol ravishda buzib, Qirgʻizistondan 5600 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini olib oʻtgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan. 

Bundan tashqari, bu yoʻnalishda DXX Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari ham bojxona idoralari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazgan. 

Unda “Toshkent-Xorazm” yoʻnalishida harakatlanayotgan yuk mashinasi Hazorasp tumanida toʻxtatilib koʻzdan kechirilganida, uning yukxonasidan 1 kg 814 gr “opiy” moddasi topilgan. Ushbu qonunbuzarlik Hazorasp tumanida tugʻilgan fuqaro tomonidan sodir etilganligi aniqlangan. Uning yashash xonadonida ham 158 gr “opiy” va 1 kg 988 gr “gashish” moddalari borligi aniqlangan.

 
“Mazkur shaxsni giyohvandlik vositalari bilan taʼminlab kelgan, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi, 1989 va 1991 yillarda tugʻilgan 2 nafar fuqaro ham ushlanib, ulardan birining yashash xonadonidan 424 gr “opiy” moddasi olindi. Ushbu holatda narkotik moddalar Tojikiston Respublikasidan olib kelinganligi aniqlandi”, 

deyiladi DXX tomonidan ochiqlangan maʼlumotlarda. 

DXX Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Qoʻrgʻontepa tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Andijon shahri tomon harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan. 

Natijada unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan 2 nafar fuqaroga tegishli boʻlgan va Qirgʻizistondan keltirilgan 4 kg 861 gr “Pregabalin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi modda borligi maʼlum boʻlgan. Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni qabul qilib olgan vaqtida Andijon shahrida yashovchi shaxs ushlandi. 

Shuningdek, uning tanishlari boʻlgan Shahrixon tumanida istiqomat qiluvchi 2 nafar ayol ham protsessual tartibda ushlanib, ulardan 1 kg 987 gr “Pregabalin” moddasi hamda 1342 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvi dori vositalari olingan. 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Mavzuga oid yangiliklar

Oʻrmon xoʻjaligining ijaradagi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi boʻlganlar ushlandi

Oʻrmon xoʻjaligining ijaradagi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi boʻlganlar ushlandi

Oʻzbekistonning turli viloyatlarida yer maydonlarini olib berishni vaʼda qilgan bir guruh qonunbuzarlar qoʻlga tushdi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentini axborot xizmati xabar berdi. 

Oʻzbekiston

17.09.2024, 11:22

60 kilogrammdan ziyod giyohvandlik moddasining savdosiga chek qoʻyildi

60 kilogrammdan ziyod giyohvandlik moddasining savdosiga chek qoʻyildi

Davlat xavfsizlik xizmati joylarda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi.

Oʻzbekiston

09.08.2024, 10:23

Odamlarning “Amerika orzusi”ni amalga oshirmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Odamlarning “Amerika orzusi”ni amalga oshirmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda bir qator tashkilotlar bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolarni noqonuniy yoʻllar bilan Amerikaga joʻnatmoqchi boʻlgan bir guruh qonunbuzarlar qoʻlga olindi. 

Oʻzbekiston

27.07.2024, 11:39

Tojikistondan olib kelingan 66 kg narkotik moddalar toʻxtatib qolindi

Giyohvandlik vositalarining xorijdan mamlakatimizga kontrabanda qilinishi va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan katta miqdordagi narkotik moddalar toʻxtatib qolindi.

Oʻzbekiston

24.09.2025, 11:01

Samarqand viloyatida narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

Giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bir nechta tezkor tadbirlar oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

10.09.2025, 10:02

Qirgʻizistondan narkotik moddalar olib kelib, sotish bilan shugʻullangan jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olindi

Qoʻrgʻontepalik ogʻufurushlardan biri giyohvand moddani oʻzining avtomashinasida olib ketayotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

05.09.2025, 19:34

So‘nggi yangiliklar

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?

Eron Ekspertlar kengashi 8 mart kuni Seyid Mojtabo Husayniy Xomanaiyni mamlakatning yangi Oliy rahnamosi etib sayladi.

Jahon

12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda

BAAning Masdar kompaniyasi 2026 yil yanvar oyida Oʻzbekistonda quvvati 1 GVt boʻlgan uzluksiz (24/7) toza energiya loyihasini oʻrganish boʻyicha memorandum imzoladi.

Iqtisodiyot

12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg

Maʼlum qilinishicha, mojaroning dastlabki bosqichida AQSh qanotli raketalar orqali tezkor zarbalar bergan. Biroq ikki haftadan soʻng vaziyat murakkablasha boshlagan.

Jahon

11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi

Tadqiqotchilar NASAning Jeyms Uebb kosmik teleskopi maʼlumotlaridan foydalanib, hozirgacha kuzatilgan eng olis “meduza galaktikalaridan” biri boʻlishi mumkin boʻlgan obʼektni aniqladilar.

Fan-texnologiya

11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi

Tramp maʼmuriyati sunʼiy intellekt dasturlari uchun yangi va qatʼiy qoidalar ishlab chiqdi. Unga koʻra, kompaniyalar oʻz modellaridan “har qanday holatda qonuniy” foydalanishga ruxsat berishi kerak.

Jahon

11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

Jahon

11.03.2026, 11:48

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi

10 martdan boshlab Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga ikki tomonlama yoʻlovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. 

Oʻzbekiston

11.03.2026, 11:16

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi

Qirgʻizistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti 20 mart, juma kuniga belgilandi.

Jahon

11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi

Maʼlum qilinishicha, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev 7 mart kuni Chexiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Oʻzbekiston

10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abduraxmon Tashanov oʻz Feysbuk sahifasida post joylab, 2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori qarori bilan u maʼmuriy javobgarlikka tortilayotganini maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

10.03.2026, 14:35