Oʻzbekiston aholisining daromadlari oshgani eʼlon qilindi

Statistika qoʻmitasiga koʻra, 2025 yil yanvar-iyun holatida aholi jon boshiga umumiy daromadlar 13,7 mln soʻmdan toʻgʻri kelgan.

Dastlabki maʼlumotlar boʻyicha mazkur davrda aholi umumiy daromadlari 525,9 trln soʻmni tashkil qilgan. Bunda 2024 yil mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlari real oʻsish surʼati 9,5 foiz boʻlgan.

Ulashish:

Oʻzbekiston aholisining daromadlari oshgani eʼlon qilindi

Statistika qoʻmitasi taqdim qilgan 7 oylik hisobotga koʻra, isteʼmol narxlarining oʻzgarishi sababli oʻtgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real oʻsish surʼati 109,5 % ni tashkil etgan.

 

Oʻtgan yilning mos davrida mazkur koʻrsatkich 111,9 %  ni tashkil etgan. Oʻsish surʼatining sekinlashishiga valyuta kursining moʻtadillashishi hamda shaxsiy isteʼmol uchun oʻzida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar, yaʼni “MHT – 2008” xalqaro standarti asosida oʻz uyida yashash boʻyicha xizmatlar (shartli uy-joy rentasi)ni baholash boʻyicha respublika boʻylab ijara toʻlovlari oʻsish surʼatlari past boʻlganligi tufayli qoʻshilgan qiymatning asosiy komponenti boʻlgan, operatsion foyda koʻrsatkichining oʻsish surʼatlari sekinlashishi kabi omillar taʼsir koʻrsatgan.

 

Shuningdek, yanvar-iyun holatiga koʻra, aholi jon boshiga umumiy daromadlar 13,7 mln soʻmni, aholi jon boshiga umumiy daromadlarning nominal oʻsish surʼati 117,7 % ni va real oʻsish surʼati 107,4 % ni tashkil etgan.

 

Mazkur oylarda aholi jon boshiga oʻrtacha umumiy daromadlar boʻyicha Toshkent shahri (35 079,6 ming soʻm), Navoiy (20 048,7 ming soʻm), Buxoro (15 883,9 ming soʻm) va Toshkent (13 740,5 ming soʻm) viloyatlarida oʻrtacha respublika darajasidan yuqori koʻrsatkichlar qayd etilgan.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi (9 198,0 ming soʻm), Namangan (9 457,0 ming soʻm), Jizzax (10 220,2 ming soʻm), Surxondaryo (10 396,4 ming soʻm), Sirdaryo (10 451,8 ming soʻm), Qashqadaryo (10 563,3 ming soʻm), Samarqand (11 131,3 ming soʻm), Fargʻona (11 427,2 ming soʻm), Andijon (11 983,1 ming soʻm) va Xorazm (13 454,6 ming soʻm) viloyatlarida aholi jon boshiga umumiy daromadlar oʻrtacha respublika darajasidan past koʻrsatkichlar qayd etilgan.

 

Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real oʻsishi yuqori darajasi Fargʻona viloyati (15,5 %) hamda Toshkent shahrida (12,8 %) kuzatilgan. Qolgan viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholi jon boshiga umumiy daromadlarning oʻsishi past koʻrsatkichni tashkil qilgan.

 

Hisobotda yozilishicha, mazkur oylarda aholi umumiy daromadlarning katta qismi yuridik tashkilotlarda ishlovchi yollanma ishchilarning daromadlari aholi umumiy daromadlarning 60,6 %ini tashkil qiladi.

 

Shuningdek, aholi umumiy daromadlari tarkibida shaxsiy isteʼmol uchun oʻzida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi 6,6 %, mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 3,4 %, transfertlardan olingan daromadlar ulushi 29,4 % ni tashkil qildi.

 

Transfertlardan olingan daromadlarning ulushi Fargʻona, Andijon, Samarqand, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Buxoro viloyatida aholi umumiy daromadlariga nisbatan 30 % dan yuqori koʻrsatkichni tashkil etgan boʻlsa, Navoiy viloyatida mazkur daromad turining ulushi eng past yaʼni, 13,9 % ni tashkil etdi.

So‘nggi yangiliklar

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi

JIB Mirobod tumani sudi sudyasi M. Axmedov Abduraxmon Tashanovga nisbatan Respublika Harbiy prokurori tomonidan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish materiallarini rad etdi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 16:56

“Crocus City Hall” terakti: sud 15 nafar ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi

Moskvadagi “Crocus City Hall” konsert zalida sodir etilgan terakt boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi. Jinoyat ishi sudda yetti oy davomida koʻrib chiqildi. 

Jahon

12.03.2026, 15:15

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan yangi yoʻl oʻtkazgichning bir qismi oʻpirilib tushdi. Hodisa kuchli yomgʻirdan soʻng sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 14:48

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi

Eron tomonidan Isroildagi qurilish obʼektiga berilgan raketa zarbasi oqibatida ikki ishchi - 62 yoshli oʻzbekistonlik Rustam Gʻulomov va 40 yoshli ozarbayjonlik Amid Murtuzov halok boʻldi. 

Jahon

12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?

Eron Ekspertlar kengashi 8 mart kuni Seyid Mojtabo Husayniy Xomanaiyni mamlakatning yangi Oliy rahnamosi etib sayladi.

Jahon

12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda

BAAning Masdar kompaniyasi 2026 yil yanvar oyida Oʻzbekistonda quvvati 1 GVt boʻlgan uzluksiz (24/7) toza energiya loyihasini oʻrganish boʻyicha memorandum imzoladi.

Iqtisodiyot

12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg

Maʼlum qilinishicha, mojaroning dastlabki bosqichida AQSh qanotli raketalar orqali tezkor zarbalar bergan. Biroq ikki haftadan soʻng vaziyat murakkablasha boshlagan.

Jahon

11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi

Tadqiqotchilar NASAning Jeyms Uebb kosmik teleskopi maʼlumotlaridan foydalanib, hozirgacha kuzatilgan eng olis “meduza galaktikalaridan” biri boʻlishi mumkin boʻlgan obʼektni aniqladilar.

Fan-texnologiya

11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi

Tramp maʼmuriyati sunʼiy intellekt dasturlari uchun yangi va qatʼiy qoidalar ishlab chiqdi. Unga koʻra, kompaniyalar oʻz modellaridan “har qanday holatda qonuniy” foydalanishga ruxsat berishi kerak.

Jahon

11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi

15 yil muqaddam Yaponiyada kuzatilgan zilzila oqibatida 130000 ta bino vayron boʻlgan. Iqtisodiy zarar esa 360 mlrd dollarga yetgan.

Jahon

11.03.2026, 11:48