Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 07:32

Oʻzbekistonda taksi haydovchilarining daromadi yiliga 1 mln soʻmdan ham oshmadi — DSQ

2025 yil yakuniga koʻra taksi agregatorlari faoliyati boʻyicha eʼlon qilingan maʼlumotlarda haydovchilar daromadi, toʻlov usullari, yosh tarkibi va yoʻlovchi tashish bozorining asosiy koʻrsatkichlari keltirilgan.

Ulashish:

Oʻzbekistonda taksi haydovchilarining daromadi yiliga 1 mln soʻmdan ham oshmadi — DSQ

Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, 2025 yil davomida 224 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Ushbu agregatorlar orqali jami 479 millionta safar amalga oshirilgan.

Taksi xizmatlari koʻrsatishdan tushgan umumiy aylanma 9,6 trillion soʻmdan oshgan. Shundan 6,7 trillion soʻm (70,2 foiz) naqd pul, 2,8 trillion soʻm (29,8 foiz) esa naqdsiz shaklda toʻlangan. Oʻrtacha bir safar qiymati 20,1 ming soʻmni tashkil etgan.

Yil davomida 100 million soʻmdan ortiq daromad olgan haydovchilar soni 15,5 ming nafardan oshgan. Biroq haydovchilarning aksariyati — 159,7 ming nafari yiliga 1 million soʻmdan kam daromad topgan.

Daromadlar quyidagicha taqsimlangan:

  • 50–100 mln soʻm — 36,9 ming haydovchi;
  • 10–50 mln soʻm — 143,8 ming haydovchi;
  • 5–10 mln soʻm — 71,8 ming haydovchi;
  • 1–5 mln soʻm — 146,7 ming haydovchi.

Taksi agregatorlari orqali yoʻlovchi tashish bilan 574,6 ming nafar oʻzini oʻzi band qilgan haydovchi shugʻullanadi. Ularning 59,1 foizi (339 681 nafar) 30–50 yosh oraligʻidagi fuqarolar, 33 foizi (189 547 nafar) 30 yoshgacha boʻlganlar, 7,9 foizi (45 398 nafar) esa 50 yoshdan oshganlardir. Shuningdek, agregatorlar orqali 4 726 nafar ayol haydovchi faoliyat yuritmoqda.

Taksillarda eng koʻp foydalanilayotgan avtomobillar — Cobalt (23,7%), Nexia (20,7%) va Lacetti (16,9%). Elektromobillar ulushi 1,9 foizni tashkil etadi.

Aksariyat taksi avtomobillari 3–5 yillik boʻlib, 5–10 yillik mashinalar eng kam ulushga ega.

2025 yilda taksi agregatorlari tomonidan jami 128,2 milliard soʻm soliq toʻlangan boʻlib, shundan 63,6 milliard soʻmi qoʻshilgan qiymat soligʻiga toʻgʻri keladi.

Iqtisodiyot

10.02.2026, 13:21

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Toshkent shahar IIBB boshligʻi va prokuroriga «hayfsan» berildi: poytaxtda 800 dan ortiq jinoyat hisobdan yashirilgan

Toshkent shahrida jinoyatchilikka qarshi kurashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar sabab shahar IIBB boshligʻi Ravshan Sultonxoʻjayev va shahar prokurori vazifasini bajaruvchi Anvar Oʻrmonovga nisbatan intizomiy jazo — «hayfsan» qoʻllanildi.

Oʻzbekiston

27.01.2026, 17:00

Xitoyda prezervativlar uchun soliq oshirildi

Xitoy aholisi soʻnggi uch yil davomida muntazam kamayib bormoqda. 2024 yilda mamlakatda atigi 9,54 million chaqaloq tugʻilgan boʻlib bu koʻrsatkich oʻn yil oldingi darajaning taxminan yarmiga teng.

Jahon

03.01.2026, 14:55

Soliqdan qarzi borlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi

2026 yildan Namangan viloyatida yangi soliq boshqaruvi modeli boʻyicha eksperiment boshlanadi. Mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha qarzi 1 million soʻmdan yuqori boʻlgan jismoniy shaxslar aniqlanib, qarzni undirishda elektr energiyasining billing tizimi qoʻllaniladi. Soliq qoʻmitasi 2026 yil 1 oktabrga qadar eksperiment natijalari boʻyicha uni boshqa hududlarda joriy etish haqida taklif tayyorlaydi.

Iqtisodiyot

02.12.2025, 12:32

Sankt-Peterburgda migrantlarga taqiq ortidan taksi narxlari oshdi

Muhojirlarning taksichilik faoliyati bilan shugʻullanishiga taqiq kuchga kirgan kuniyoq shaharda taksi narxlari 30 foizgacha oshgani xabar qilindi. Tahlilchilarga koʻra, bu holat shundoq ham kadrlar yetishmovchiligi bor boʻlgan taksi va kurerlik sohasidagi vaziyatni yanada ogʻirlashtirdi.

Jahon

10.11.2025, 17:53

Soliq qarzi eng yuqori boʻlgan korxonalar aniqlandi

2025 yil 15 oktabr holatiga koʻra, mamlakat boʻyicha 173 mingdan ortiq tashkilotning 747 mingga yaqin xodimi mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha jami 831,5 milliard soʻmlik qarzdorlikka ega.

Iqtisodiyot

21.10.2025, 19:43

Damas va Cobalt yangi qiyofada: “UzAuto Motors” modellar qatorini kengaytirmoqda

“UzAuto Motors” AJ avtomobil modellar qatorini kengaytirish va mavjud modellarni modernizatsiya qilish boʻyicha strategiyasini amalga oshirmoqda.

Iqtisodiyot

14.10.2025, 10:03

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Nemis “gepard”lari Ukrainada ishonchni oqladi

Bir paytlar Germaniya armiyasi tarkibidan chetlashtirilgan “Gepard” o‘ziyurar zenit qurollari bugun Ukrainada eng yaxshi dronlar kushandasiga aylandi.

Jahon

17.04.2026, 15:49

Rossiya 200 nafar tojikistonlik mahkumani vataniga qaytaradi

Moskva 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mahkumni ham jazoni o‘z yurtida davom ettirish uchun topshirishga tayyorligini bildirgan, ammo jarayon huquqiy to‘siqlarga uchramoqda.

Jahon

17.04.2026, 12:19

9 viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Joriy yilning 18-23-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi haqida ogohlantirish berildi.

Oʻzbekiston

17.04.2026, 11:12

Isroil Livanga yana zarbalar berdi

Isroil va Livan o‘rtasida 10 kunlik sulh rasman kuchga kirgan. Donald Tramp payshanba kuni o‘t ochish to‘xtatilganini e’lon qilib, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Hizbulloh” ham otashkesimga rozi bo‘lganini tasdiqlagan edi.

Jahon

17.04.2026, 10:29

Qamchibek Tashiyev yana bir lavozimni tark etdi

Tashiyevning Qirg‘iz futbol ittifoqi prezidenti sifatidagi vakolat muddati tugadi va o‘z ixtiyori bilan lavozimini topshirdi. U “O‘z vazifamni bajarib bo‘ldim” dedi.

Jahon

16.04.2026, 17:27

Buxoroda “Leapmotor” avtomobillari ishlab chiqariladi

Botir Zaripov “Leapmotor” kompaniyasi vitse-prezidenti Ley Ming boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Viloyatda 2026-yilda Leapmotor avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Oʻzbekiston

16.04.2026, 16:23

Eronga muzlatilgan 100 milliard dollarlik aktivlari zarur

Eron bugungi muzokaralar fonida kamida 6 milliard dollarini qaytarishni talab qilmoqda, umumiy muzlatilgan aktivlar esa 100 milliarddan oshadi.

Jahon

16.04.2026, 14:58

BBC 2000 tagacha ish o‘rnini qisqartiradi

575 million yevrolik keskin tejamkorlik, 2000 tagacha ish o‘rni qisqarishi va Trampning 10 milliard dollarlik sud da’vosi — BBCning turli muammolari bir nuqtada jamlanmoqda. 

Jahon

16.04.2026, 10:14

“Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi noqonuniy bannerlar olib tashlandi

Madaniy meros agentligi va uning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan 2026-yil 14-aprelda “Xalqlar do‘stligi saroyi” hududida davlat nazorati (monitoring) ishlari olib borildi.

Oʻzbekiston

15.04.2026, 17:16

“Ular iqtisodiyotimizni yuksaltiradi” — Ispaniya immigratsiya siyosatini yumshatmoqda

Butun G‘arb migrantlarga eshigini yopayotgan bir paytda Ispaniya yarim million muhojirga qonuniy maqom bermoqchi.

Jahon

15.04.2026, 16:29

Markaziy Osiyo davlatlari YaIMining 130 foizini iqlim xavflari tufayli yo‘qotishi mumkin

Iqlim o‘zgarishi shunchaki ekologik masala emas, balki jiddiy iqtisodiy xavfdir. Uning natijasidagi yo‘qotishlar Markaziy Osiyoda allaqachon boshlangan.

Iqtisodiyot

15.04.2026, 11:46

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring

Endilikda avtomobilingizning davlat raqami belgisi (nomer) yaroqsiz holga kelgan yoki shikastlangan bo‘lsa, uni almashtirish uchun navbatlarda turish shart emas. 

Oʻzbekiston

14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida

OpenAI’ning 852 milliard dollarlik bahosi uning ayrim investorlari tomonidan shubha ostiga olinmoqda, chunki kompaniya Anthropic bilan raqobatni kuchaytirish maqsadida e’tiborini korporativ bozorga qaratmoqda.

Iqtisodiyot

14.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida

Sudanda har daqiqada uchta chaqaloq bolalar uchun mos bo‘lmagan sharoitlarda dunyoga kelmoqda. 

Jahon

14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi

BMTning Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan e’lon qilingan prognozlarga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi urush tufayli 162 mamlakatda o‘n millionlab odamlarni qashshoqlikka yuz tutishi mumkin.

Jahon

13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi

Qirg‘iziston parlamenti qo‘mitalar faoliyatini elektron shaklga o‘tkazish hamda qonun loyihalarini tahlil qilishda sun’iy intellektdan foydalanishga mo‘ljallangan “e-Kenesh” raqamli platformasini joriy qilmoqda. 

Jahon

13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi

Birgina ilmiy ixtiro Yevropani ocharchilikdan qutqardi, shu bilan birga urush maydonida halokat quroliga aylandi. Klara va Gaber hikoyasi ilmning ikki jihatini ochib beradi. Bu — fan va axloq to‘qnashuvi.

Fan-texnologiya

11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda

Lotereyada 100 yevrolik chipta evaziga million dollarlik Pikasso asari taklif etilmoqda. Bu orqali Altsgeymer tadqiqoti uchun mablag‘ yig‘ish maqsad qilingan.

Madaniy

11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti

Mamlakat rasmiylari Rossiya-Ukraina urushini misol keltirib, MDHning asosiy qadriyatlariga, xususan, hududiy yaxlitlikni tan olish va chegaralar daxlsizligiga ortiq amal qilinmayotganini ta’kidlashmoqda. Moldovaning MDHdan chiqishi sobiq sovet davlatlari endilikda yagona markaz atrofida birlashmayotganidan dalolat beradi.

Siyosat

11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz

Ukraina frontda orttirgan tajribasini Yaqin Sharqqa taqdim etmoqda — dronlarga qarshi texnologiyalar bo‘yicha uch davlat bilan muzokaralar ketyapti.

Jahon

10.04.2026, 12:32

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →